Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin


Farzandlarimizni mehnat bozorida nima kutmoqda?


Download 401.74 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi401.74 Kb.
#1473507
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Farzandlarimizni mehnat bozorida nima kutmoqda?
Yaqin o‘n yilliklarda ko‘plab ijodiy bo‘lmagan kasblar — kassir, buxgalter, rieltor, sayohat agenti va boshqalar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Ish o‘rni uchun ishga yollashda raqobat kuchaymoqda. Biz doim yurist — bu zo‘r kasb deb bilganmiz. Yaqinda “Sberbank"da (Rossiya) 3000 ta yuridik maslahatchi ish o‘rinlari robotlar bilan almashtirilishi haqida yangiliklar paydo bo‘ldi. Juda zo‘r yurist bo‘lish va har doim bozorda talabgir bo‘lish mumkin. Ammo standartlashtirilgan maslahatlar beradigan yuristlar o‘rnini robotlar egallaydi.
Keyingi 10 yil ichida dunyoda ko‘plab kasblarda ish bilan band bo‘lganlar soni 35% dan 90% gacha kamayadi. Masalan, taksi haydovchisining ishiga — karshering rivojlanishi va kelajakda haydovchisiz transport vositalarining joriy etilishi bilan — bo‘lgan talab pasayadi, xuddi kurerning mehnati kabi, chunki postamatlarning paydo bo‘lishi bilan uy ostonasigacha yetkazib berish sezilarli darajada kamaydi.
Kotiblar funksiyalarining o‘rnini dasturlar, aqlli onlayn taqvimlar va ilovalar, pochta saralash vositalari muvaffaqiyatli ravishda egallaydi. Konchilar, yuk tashuvchilar, qadoqlovchilar, kassirlar, dispetcherlar, yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari, kutubxonachilar, call-markazlari operatorlari, kopirayterlar, soqchilar, qo‘riqchilar, muzey zali nazoratchilari, gidlar — bu odamlarning mehnati mashinalar, dasturlar, kataloglar va ma’lumotlar bazalari, nazorat qilish tizimlari bilan almashtiriladi. Bu kasblar butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, lekin taxminan 30−90% gacha qisqaradi. Shu bilan birga, sayyoramizdagi odamlar soni ko‘payib bormoqda va tobora ko‘proq odamlar ish o‘rniga muhtoj. Inson uchun yangi kasbni o‘rganish va o‘zini topishdan boshqa yo‘l qolmaydi.
Talab qilinadigan malakalarning xilma xilligi tendentsiyasi
Mehnat bozorida qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lgan bitiruvchilarga talab kuchli? Kim qo‘llari bilan ishlab, har kuni bir xil ishni takrorlaydi? Bu qadoqlovchilar. Ularning ish kuni 8 soat, kun davomida 1500 ta keksni qadoqlash kerak. Muntazam qo‘l ishlarida ishchi bitta aniq harakatni amalga oshiradi, bir maket asosida har kuni nimadir ishlab chiqaradi.

Download 401.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling