Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin
Muntazam bo‘lmagan qo‘l ishлари
Download 401.74 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muntazam aqliy faoliyat
- Muntazam bo‘lmagan analitik faoliyat va shaxslararo ko‘nikmalar
Muntazam bo‘lmagan qo‘l ishлари — bu butun xizmat ko‘rsatish sohasi, masalan, manikyur ustasi, hamshira, oshpazning ishi. U turli xil taomlarni tayyorlaydi: hozir borsh, keyin tiramisu buyurtma qilishadi. Muntazam bo‘lmagan qo‘l ishlari — bu umumiy xizmat ko‘rsatish sohasi. Biz bu ishni robotlarga berishga tayyor emasmiz — uni odamlar qilishini xohlaymiz. Inson mahorati sababli bu kabi sohalar hali hanuz qadrli. Xudo yuqtirgan iste’dod sohibi har doim kasbi bilan qoladi.
Muntazam aqliy faoliyat — masalan, buxgalter, yuridik maslahatchi mehnati. Muntazam aqliy faoliyatni maktabga kelgan, o‘tirgan, o‘qituvchining mavzuni tushuntirishini kutgan, hamma narsani o‘rgangan, hamma narsani eslab qolgan bolalar amalga oshiradilar. Bu “yodlandi — amalga oshirildi” formatida o‘qiydigan bolalar. Ular buning chegarasidan o‘tmaydilar. “Nima uchun hech narsa qilmay o‘ritibsan?” — “Siz menga nima qilishimni aytmadingiz”. Biz bolani ma’lumot bilan oziqlantirdik, u uning boshida “turdi” va ketdi, bu qisqa muddatli xotira. Nima uchun bola maktabda nimanidir qilishni unutdi? Chunki miya butun kuchini eslab qolishga sarfladi. O‘z ustida ishlash emas, tushunish emas, anglash emas, o‘zi uchun rejalashtirish emas, faqat eslab qolish kerak. Axborot qancha tez takrorlansa, uni eslab qolish istagi shunchalik pasayadi. Biz 30-marta “To‘shagingni to‘g‘irla”, “Bajar” deganimizda, miya “Men buni oldinroq eshitganman”, deb javob beradi. Gap shundaki, biz birinchi urinishdayoq kerakli harakatlarni ko‘nikmaga aylantirmadik. Agar ong uyda rivojlanmasa, keyinchalik u ishni qanday qilish kerakligini aytishlarini kutadigan xodimlarga aylanadi. Agar ularga buni qanday qilish kerakligi aytilsa, ular buni qilishadi. Agar aksi bo‘lsa — “Axir siz aytmadingizku” deyiladi. Robot darslikdagi hamma narsani boladan ko‘ra yaxshiroq amalga oshirishi mumkin, tag‘in bola hammasini eslab qolmaydi ham. Shuning uchun, asosiy e’tiborni ko‘nikmalarga qaratish kerak. Muntazam bo‘lmagan analitik faoliyat va shaxslararo ko‘nikmalar — bu turdagi malakalar, hozir ham, kelajakda ham kerak bo‘ladi. Vaziyatga qarab o‘zgarib turadigan fikrlashni tasavvur qilamiz. Bola ma’lum bir vaziyatga tushib qoladi va u darhol kuzatishga, tahlil qilishga, ma’lumotlarni qayta ishlashga kirishadi, xulosalar chiqaradi, qarorlar qabul qiladi, mas’ulitga ega bo‘ladi. Bu tanqidiy fikrlash. O‘sha muntazam bo‘lmagan analitik faoliyat, shuningdek, odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish. Yakkalangan kasblar yo‘q, yoki ular albatta yo‘q bo‘lib ketadi. Dastgohdagi bitta odamning, call-markazidagi operatorning o‘rni har doim bosilishi mumkin. Boshqalar bilan aloqaga kirisha oladigan va ishlay oladigan odamlarning o‘rnini bosib bo‘lmaydi. Farzandlarimizga yetkazishimiz kerak bo‘lgan eng muhim tushuncha — ish joyiga odam qiymat keltirishi kerak; shundagina odam nafaqat daromad olishni, balki qiymat keltirishni ham boshlaydi. Asosiysi, odamning bu o‘rni qayerda ekanligini tushunishga yordam berish. Download 401.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling