Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin


Ijodiy fikrlashni rivojlantirish usuli


Download 401.74 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi401.74 Kb.
#1473507
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Ijodiy fikrlashni rivojlantirish usuli
[Oddiy plastik shisha]ni tavsiflovchi uch xil so‘z / iborani ayting. Aniq so‘zlarni ishlatmang: suv, shisha idish, yozuv, plastmassa, ko‘k, oq.

Har safar topshiriq berganingizda, darhol hamma biladigan, ijodiy bo‘lmagan so‘zlar va nomlarni chiqarib tashlang. Bola boshqalar ko‘rgan va boshqalar ko‘rmaydigan narsalarni ko‘rishni o‘rganishi kerak.
“Nima sovg‘a qilamiz?”, “Qanday tabriklaymiz?”, “Qayerga boramiz?”, “Matematikadan bahoni qanday tuzatamiz?”, “Qaysi kitobni o‘qiymiz?” (“Kuloyim”, “Alisa mo‘'jizalar mamlakatida"ni aytma, uni bir necha bor o‘qiganmiz”).
“Plastik idishdan buyum yasash kerak (vaza, qalam qutisi, raketa dema, o‘tgan gal yasaganmiz)”.
“Kun qanday o‘tdi?” (Yaxshi, yomon, o‘rtacha, dahshatli, odatiy degan javoblarni chiqarib tashlang).
Men ilgari shunday deb o‘ylar edim … Endi esa … deb o‘ylayman” usuli
Bunda biz refleksiyaga e’tibor qaratamiz. Tafakkur qilishni bilmagan bola maktabda ham, uyda ham o‘qimaydi. Uning miyasi yangi bilimlarni, taraqqiyotni, fikrlash o‘zgarishini muhrlashga o‘rganmagan.
Biz maktabdan qaytyapmiz, yoki toqqa boryapmiz yoki vrachlik punktidan chiqdik. “Aytchi, nima o‘zgardi”.
“Men ilgari piyozli bo‘g‘irsoqlar mazali emas deb o‘ylardim. Bugun esa buvimnikida mehmonda men ularni yedim va ular juda mazali edi. Mana, ularni qanday pishirish kerak”.
“Ilgari men yo‘lbarslar faqat sariq qora chiziqli bo‘lishadi deb o‘ylardim. Endi men ularning oq rangli va qora chiziqlar bilan ham bo‘lishini bilaman”.
Kommunikatsiya va hamkorlik
Ota-onalar uchun bolaning ko‘p do‘stlari bor-yo‘qligini, ular bilan qanchalik tez-tez uchrashib turishini, ular bilan yurishini, tinglashni bilishini, muzokara olib borishini, tashabbus ko‘rsatishini, murosaga kelishga tayyorligini kuzatish muhimdir.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Besh “P” konsepsiyasi mavjud. Purpose— “maqsad”, passion— “ehtiros”, people-“jamoat”, process — “jarayon”, performance — “natija”. Agar bizda ushbu besh “P” bo‘lsa va biz buni bolalarimizga o‘rgatsak, ularda hammasi yaxshi bo‘ladi.
Download 401.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling