Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin


Вақт sarmoyalari va vaqtning xarajatlari


Download 401.74 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi401.74 Kb.
#1473507
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Вақт sarmoyalari va vaqtning xarajatlari

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Vaqt sarmoyalari yoki vaqtning xarajatlari — biz nimaiki qilsak hamma narsada mavjud. Bola chizgan surat yoki o‘ynagan o‘yini vaqt sarmoyasi bo‘lishi mumkin. Bola qabul qilayotgan ma’lumotni qayta ishlamasa, hatto o‘qish ham vaqtni yo‘qotish bo‘lishi mumkin.
Bolalar faqat bizdan o‘rnak olib o‘rganishadi. Bola kelajagining muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u qanday qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak? Biz ko‘p javob olamiz: “tanqidiy fikrlash”, “muloqotga kirishuvchanlik”, “moslashuvchanlik”, “qiziquvchanlik”, “mas'uliyatlilik”, “stressga chidamlilik” va boshqalar.
Ushbu barcha ko‘nikmalarni “To‘rt „K“” orqali aniqlash mumkin:
Kommunikatsiya, kollaboratsiya (hamkorlik), tanqidiy fikrlash (kriticheskoye мышлеniе), ijodiy fikrlash (kreativnoye mыshleniye) — har kuni ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirish ustida ishlansa, yaxshi bo‘lar edi. Quyidagi usullar ularni rivojlantirishga yordam beradi.
Qarang — fikrlang — o‘ylaning” usuli
Uni maktabda emas, balki kundalik oilaviy muhitda ishlatish yaxshiroqdir, chunki o‘rganishdagi eng yaxshi narsalar tabiiy sharoitda sodir bo‘ladi. Bu qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
Agar siz hayvonot bog‘iga borib, bolangizdan: “Senga nima yoqdi, nimani ko‘rding?” deb so‘rasangiz va u sizga batafsil javob bera olmasa, demak, uning miyasi siz istagan yangi holatlarni eslab qolmagan. Xulosa chiqarish qobiliyati rivojlanmagan kattalar ham bor. Jamoa, rahbar, turmush o‘rtoq, pul bilan bo‘lgan munosabatlarda biz bir xil narsani boshdan kechiramiz. Bir xil vaziyatlar takrorlanaveradi va biz nimani o‘zgartirish kerakligini tushunolmaymiz.
Navbatda kutib turgan joyda bolangizga savollar bering:

  1. Nimani ko‘ryapsan?

  2. Bu haqda nima deb o‘ylaysan?

  3. Bu seni nima haqida o‘ylashga majbur qilyapti?

Ko‘rayotgan tafsilotlarni muhokama qilishni davom eting. Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantira turib, “Yana nima?” deb so‘rang.
“Bu haqida nima deb o‘ylaysan?”, “Qanday xulosa chiqarish mumkin?”. Miya xulosalarni ishlab chiqarishi kerak. “Demak, … qilish kerakmas”, “Demak, shunday… yo‘l tutish kerak”.
Bolada qanday savollar tug‘iladi? “Nega???”, “Bularning barchasi qancha davom etadi?”, “Agar qoidalar buzilsa, nima bo‘ladi?”, “Buni qanday qilib yaxshiroq qilish mumkin?”.
Bu taksida yurganda, ekskursiyalarda, mehmonga borganda, fotosuratlarni tomosha qilganda o‘ynash mumkin bo‘lgan o‘yin. Bolalar kam savol berishsa, bu ongning qiziquvchanligi u qadar rivojlanmaganligini anglatadi, buning ustida ko‘proq ishlash kerak. Bolalar bilan bu kabi suhbatlar tez-tez bo‘lib tursa, shuncha yaxshi bo‘ladi.

Download 401.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling