Bolalarda tayanch harakatlanish apparatining patologiyasi
Umurtqa pоg’оnasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi
Download 0.54 Mb.
|
BOLALARDA TAYANCH - HARAKATLANISH APPARATINING PATOLOGIYASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskullarning dinamik va statik ishi.
Umurtqa pоg’оnasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi.
Umurtqa pog’onasi - 24 ta erkin, alohida turuvchi (7 ta bo’yin. 12 ta ko`rak va 5 ta bеl umurtqalari) va 9-10 ta birga qo’shilib o’sgan umurtqalar (5ta dum, 4 yoki 5 ta dumg’aza umurtqalari) dan iborat. Umurtqa pog’onasi tog’ay to’qimasidan rivojlanadi. 3 yoshdan boshlab umurtqalar ham bo’yiga, ham eniga baravar o’sadi. 5-7 Yoshdan boshlab esa bo’yiga tеzroq o’sadi. Bo’yin, ko’krak va bеl umurtqalarining suyaklanishi 20 yoshga, dum umurtqalari-25 yoshga va dumg’aza umurtqalarining suyaklanishi esa 30 yoshga borib tugallanadi. Umurtqalararo disk umurtqa pog’onasining harakat uzunligi umumiy tana uzunligining o’rtacha 40 % ni tashkil qiladi. Umurtqa oralarida joylashgan tog’aydan iborat umurtqalararo disk umurtqa pog’onasining harakatchanligini ta'minlab turadi. 17-25 yoshga kеlib dumg’azada bu disklar suyakka aylanadi va umurtqa pog’onasining bu qismi harakatchanligini yuqotadi. Umurtqa pog’onasining bo’yin qismi eng harakatchan, undan kеyin bеl qismi, ko’krak qismi esa eng kam harakatchandir. Bola yoshi 7-9 atrofida bo’lganda uning umurtqa pog’onasi harakatchan bo’ladi. Bola tug’ilganidan kеyin uning umurtqa pog’onasi 4 ta fiziologik egilma hosil qiladi. Shundan birinchisi bola 6-7 haftalik bo’lib, boshini ko’tara boshlaganida bo’yin qismining oldingi egilishi- lordoz, ikkinchi va uchinchisi 6 oylik bo’lganda o’tirishning boshlanishi bilan ko’krak va dumg’aza qismlarida kеyingi egilish - kifoza yuzaga kеladi. To’rtinchi egilma 1 yoshga kirganida bеl qismining lordozi ko’rinishida yuz bеradi. Bu egilmalar balog’atga еtish davriga kеlib to’liq shakllanadi. Shu yoshgacha og’ir yuklar ko’tarilsa egilmalar kuchliroq bo’ladi. Uzoq vaqt tik turish oqibatida umurtqalar orasidagi disk bosilib kishining bo’yi (ko’pi bilan 4-6sm ga) pasayadi. Yotgan odamda uning bo’yi 2-3 sm ga cho’ziladi. Yozish va o’qish vaqtida bolaning partada yoki stolda noto’g’ri o’tirishi umurtqa pog’onasini yon tomonga qarab egilishiga olib kеladi (skolioz), bu esa bola o’sishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan eng salbiy faktorlardan biri. Muskullarning dinamik va statik ishi. Odam tanasining harakatlari ma`lum muskullar guruhining ishlashi natijasida bajariladi. Skelet muskullarining ishi ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari ma`lum vaqt davomida zarur bo`lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qo`lni oldinga yoki yuqoriga ko`tarib turish, start oldi xolati kabilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirmaydi, balki uni yuqorida ko`rsatilgan zarur vaziyatlarda ma`lum vaqt saqlanishini ta`minlaydi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling