Sitomegalovirus davosi
Virus tashuvchilik va mononukleozsimon sindromda agar odamda immunitet me’yorda bo‘lsa davo qilish shart emas. Virusga qarshi preparatlarni interferonlar bilan birgalikda buyuriladi. Bunda davo samarasi ortadi va preparatlar toksikligi pasayadi.
Profilaktikasi
Sitomegalovirus infeksiyasining maxsus profilaktikasi yo‘q. Sog‘lom immunitetli odamlarni sitomegalovirus infeksiyasining davosi yoki profilaktikasi uchun ehtiyojlari yo‘q. Infeksiya oldini olish uchun bemor bilan yaqin kontaktda bo‘lmaslik va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish kerak.
Homilaga infeksiya yuqtirmaslikning asosiy usuli homiladorlikdan avval sitomegalovirus infeksiya bor yo‘qligini aniqlash. Homiladorlikda virusga qarshi davo qilinmaydi. Chunki bu preparatlar toksik zaharli ta’sirga ega va homila sog‘ligiga xavf bor. Sitomegalovirus infeksiya laborator tasdiqlangan ayollarda homiladorlik faqatgina infeksiya turg‘un uyqu holatida bo‘lishiga erishilgandagina ruxsat beriladi. Ko‘krak sutini 72 C da, 10 C termik ishlov berilganda virus aktivligi yo‘qoladi, ammo sutning foydali xislatlari saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |