Bolalarga erta tashxis qo’yish, abilitatsiyasi va rivojlanishi reja


Oila va ijtimoiy o’zaro munosabatlar


Download 1.25 Mb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1602891
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЛЕКЦИЯ 3 узб Ранняя абилитация и развитие ребенка

Oila va ijtimoiy o’zaro munosabatlar
Empatiya (rahmdillik) va boshqa insonni o’rniga o’zini qo’yib ko’rish qobiliyatini rivojlantirish.
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi insonlar bilan mustahkam va his-tuyg’uli o’zaro munosabatlar, aka-uka/opa-singillar bilan yaxshi munosabatlarni, tengdoshlari hamda bola hayotida muhim o’rin tutuvchi boshqa insonlar bilan yoshiga mos o’rtoqlik munosabatlari, oiladagilarning bu munosabatlarga bo’lgan fikrini o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy prezentatsiya
Bolaning tashqi ko’rinish, hatti-harakatlar yoki kamchiliklar tashqi dunyoda qanday qabul qilinishi hamda qanday taassurot uyg’otishi haqidagi masalalarni tushunib borishini e’tiborga oladi.
Kiyimning bolani yoshiga, jinsiga, madaniyat va dinga mosligi, tozalik hamda shaxsiy gigiyenaga e’tibori, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi insonlardan turli sharoitlarda prezentatsiya haqida maslahat olish imkoniyatini o’z ichiga oladi.


O’ziga-o’zi xizmat qilish qobiliyati
Bolaning tobora mustaqil bo’la borishi uchun talab etiladigan amaliy, hissiy va kommunikatsiya qobiliyatlarini e’tiborga oladi.
Kiyinish hamda taom qabul qilishda erta amaliy qobiliyatlar, oiladan tashqarida yashash uchun ishonch his qilish va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish imkoniyati, katta yoshli bolalar uchun mustaqil yashash qobiliyatlari.
Ijtimoiy muammolarni hal qilish qobiliyatini orttirgani uchun mukofotlashni o’z ichiga oladi. Bolaga uning imkoniyatlari cheklanganligi yoki o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy holatlarning ta’siriga alohida e’tibor qaratish zarur.


Ota-onalarning qobiliyatlarini baholash ko’rsatkichlari
Bolaning salomatligi va rivojlanishi uchun ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi insonlarning, bola rivojlanishida ehtiyojlarni monand va mos ravishda qondirilishini ta’minlash, shuningdek bola o’sgani sayin o’zgarib boruvchi ehtiyojlariga moslashish qobiliyatiga ega bo’lishi o’ta muhim hisoblanadi. Ota-onalarni qobiliyatlarini baholash ko’rsatkichlari quyida keltirilgan. Bu yerda ham, ushbu ta’riflar namuna tariqasida keltirilgan va ota-onalarning barcha vazifalarini batafsil ro’yxati bo’la olmaydi.
Ota-onalarning qobiliyatlarini oilaning tuzilishi va faoliyatiga, shuningdek bolani tarbiyalashda kim asosiy o’rin tutishiga bog’liq ravishda ko’rib chiqish muhim hisoblanadi («Oila va o’rab turgan olam omillari» bo’limiga qarang).
Bolada nimalar sodir bo’layotganligi yuzasidan xavotirlanishga sabab bo’lgan holatlarda, mazkur vazifalarni har bir ota-ona yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs qanday darajada bajarayotganligi to’g’risidagi ma’lumotni to’plash yanada muhim vazifaga aylanadi:



  • Ularning bolaga, uning hatti-harakatlari yoki yuzaga kelgan holatga reaksiyasi;

  • Ular bolaning ehtiyojlariga javoban bajaruvchi hatti-harakatlar (ota-onalarda qiyinchiliklarga olib keluvchi bola ehtiyojlari; ota-onalar qondira olmaydigan ehtiyojlar);

  • Bolaning ularga ta’sir qilishi;

  • Ota-ona va bola munosabatlarining sifati;

  • Ularning bola va uning rivojlanish ehtiyojlarini tushunishi;

  • Ota-onalik vazifalarini anglashi hamda ularning bolani rivojlanish ehtiyojlariga mosligi;

  • O’zlari his etishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar bilan birga, ota-onalik vazifalari va majburiyatlarini bajarishlariga bo’ladigan ta’sir (intilishlarni amalga oshirishdan farqlash);

  • Oldingi tajribasining hozirgi ota-onalik qobiliyatlariga ta’siri;

  • O’zlarida bo’ladigan qiyinchiliklarni yengish va qabul qilish qobiliyati;

  • Ularning qo’llab-quvvatlashdan foydalanish va yordam qabul qilish qobiliyati;

  • Ota-onalik e’tiborini namoyon qilish harakatlarini moslashtirish va o’zgartirish qobiliyati.





  1. Download 1.25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling