Bolalarga erta tashxis qo’yish, abilitatsiyasi va rivojlanishi reja


BOLANI RIVOJLANISHIDA EHTIYOJLARNI BAHOLASH KO’RSATKICHLARI


Download 1.25 Mb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1602891
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЛЕКЦИЯ 3 узб Ранняя абилитация и развитие ребенка

BOLANI RIVOJLANISHIDA EHTIYOJLARNI BAHOLASH KO’RSATKICHLARI


Salomatlik
O’sish va rivojlanish, jismoniy va aqliy holatni o’z ichiga oladi. Irsiy yoki istalgan boshqa jarohat omillarini ta’siri e’tiborga olinishi lozim. Agar bola kasal bo’lsa, loyiq tibbiy xizmat olishi, to’g’ri va to’laqonli ovqatlanishi, jismoniy yuklanishlar, zaruriyat bo’lganida vaksinatsiya, o’sishiga qarab tekshiruvdan o’tkazish, okulist va dantist kuzatuvini o’z ichiga oladi. Katta yoshli bolalar uchun, shuningdek salomatlikka ta’sir qiluvchi, shu jumladan jinsiy ta’lim va xilma-xil moddalarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish masalalari bo’yicha to’g’ri maslahat va axborot berish.


Ta’lim
Bola tug’ilgan vaqtdan boshlanadigan, uni aqliy rivojlanishing barcha sohalarini o’z ichiga oladi. Boshqa bolalar bilan o’ynash va muloqot qilish imkoniyati, kitoblardan foydalanish, bir qator malaka va qiziqishlar orttirish, muvaffaqiyat va yutuqqa erishish hissini tuyish imkoniyatlari mavjudligini ko’zda tutadi. Shuningdek kattalarning o’rgatish faoliyati, bolaning rivojlanishi va yutuqlariga qiziqishini o’z ichiga oladi. Bola rivojlanishining dastlabki bosqichini hamda ta’lim olishda har qanday ehtiyojlairni e’tiborga oluvchi katta yoshli inson zarur.


Hissiy rivojlanish va hatti-harakatlar rivojlanishi
Bola hissiyot va harakatlar ko’rinishida namoyon qiluvchi reaksiyalarning monandligini ko’rib chiqadi, dastlab – ota-onalari yoki yaqin katta yoshli insonlar ishtirokida, keyin, bola o’sib borgani sari, oila tarkibiga kirmaydigan, begona odamlar ishtirokida.
Erta bog’lanish tabiati va sifatini, temperamentining o’ziga xos qirralarini, o’zgarishlarga moslashishni, stressga javob reaksiyani hamda o’zini-o’zi nazorat qilish darajasini o’z ichiga oladi.


Identifikatsiya
Bolada o’sib borayotgan shaxsiy individuallik, alohida va qimmatli shaxs hissini o’z ichiga oladi.
Bolaning o’ziga hamda o’zining qobiliyatlariga munosabati, o’zining obrazi hamda o’ziga baho berishi, o’ziga nisbatan ijobiy munosabat mavjudligi kabilarni o’z ichiga oladi. Bu yerda uning irqi, diniy qarashlari, yoshi, jinsi va jinsiy jozibasi, cheklangan imkoniyatlarini ham keltirish mumkin. Oilaga tegishlilik hissi, oila, tengdoshlari hamda jamiyatning, shu jumladan madaniy guruhlarning qabul qilishi.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling