Bolalarga qaratilgan ijtimoiy ishning etik tamoyillari


Bolalar: Bolalar bilan ishlashda bolalar manfaatiga yo’naltirilgan prinsip asosida ishlash. Kasbiy to’g’rilik


Download 40.27 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi40.27 Kb.
#1602774
1   2   3
Bolalar: Bolalar bilan ishlashda bolalar manfaatiga yo’naltirilgan prinsip asosida ishlash.

  • Kasbiy to’g’rilik: Jamoa vakillari, boshqa mutaxassislar, mijoz bilan bog’liq barcha ishlarda ochiqlik va javobgarlik, xalollik.

  • Qo’llab-quvvatlash: Muhtoj oilalarga emosional qo’llab-quvvatlashni amaliy taklif qilish.

    10.Javobgarlik: Bizga yuklatilgan barcha xizmatlarni taklif etish va mos ravishda mijozlar bilan suhbatlashish va yordam berish uchun murojaat etish.
    11.Hamkorlik: Samarali xizmatni ta’minlash uchun turli tashkilotlar bilan hamkorlik o’rnatish.
    12.Himoya: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga va bolalarga zarur ximoyani taklif etish.
    13.Teng xuquqli himoya: Teng xuquqlikni yoritish va imkon qadar balansni tiklash.
    14.Eshita olish: Guruh oila, bolalarni tinglay olish va ularni tinglayotganlarni tushuntirish.
    15.Targ’ibot: Zaif oila va jamoa guruhlari tarafdori sifatida harakat qilish,
    16. Ishtirok etish: Bolalar bilan bog’liq qarorlarni qabul qilishda faol ishtirok etish.
    17.Xodimlarni qo’llab-quvvatlash: Ijtimoiy ishchi tamoyilni doimiy qo’l
    lab-quvvatlash tan olish va materialni taqsimlash imkoniyatiga og’ir hamda murakkab vaziyatlarda ular muhtoj va himoyalanish xuquqiga ega.
    Xulosa
    Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab u farovon jamiyatni orzu qilib kelgan. Bunday jamiyatga erishish odamlar ongiga, madaniyatiga bog’liq bo’lib kelgan. Odamlarning ongi, madaniyati qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyatning rivojlanishi shunchalik tez bo’lgan. Jamiyatning rivojlanishi ayniqsa, odamlarning siyosiy ongiga bog’liq bo’lib kelgan. Siyosiy ongning darajasi esa, odamlar ongiga demokratik qadriyatlarni singdirish bilan bog’liqdir.
    Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishi chinakam demokratik tamoyillar negizida olib borilmasa, jamiyat taraqqiyotini ta’minlab bo’lmaydi.
    Dunyoning hamma davlatlari rivojlanishining turli darajasi va turli ijtimoiy tuzumda bo’lishiga qaramasdan o’z taraqqiyotini demokratik tamoyillar asosida qurilishi zarur. Boshqa davlatlar kabi O’zbekiston ham hozirgi zamon jamiyat tizimiga demokratik tamoyillarga tayangan holda kirib bordi.
    Mamlakatimizda XX asrdagi eng muhim siyosiy voqyealardan biri bu ittifoqdosh respublikalrning mustaqil davlatlarga aylanishi hisoblandi. O’zbekiston Respublikasi 1991 yil 1 sentyabrda suveren davlatga aylandi. Bu esa o’lkaning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Demokratik jarayonlarning kengayishi, sog’lom iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi yakka xokimlikning tugatilishi O’zbekistonda haqiqiy kuchli ijtimoiy siyosat olib borish uchun real sharoit yaratdi. Bu kuchli ijtimoiy siyosat insonning ijtimoiy, milliy va diniy kelib chiqishidan qat’iy nazar uning e’htiyojlarini qondirishga qaratilgan. Shunday qilib insoniyat tarixiga ijtimoiy siyosat prizmasi orqali retrospektiv nazar solish bizga quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
    1.Insoniyat jamiyat paydo bo’lgandan boshlab sotsial muammolar mavjud bo’lgan va bu muammolarni hal qilish uchun ijtimoiy siyosatga ehtiyoj paydo bo’lgan.
    2.Insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida odamlarni sotsial ehtiyojlari ularning o’zlari tomonidan qondirilishi kerak edi, faqat ba’zi sotsial muammolar insoniyatning dastlabki uyushmasi ibtidoiy to’da, jamoa tomonidan qondirilar edi.
    3.Sotsial muammolarni hal qilish davlat tashkil topgandan keyingina ma’lum tizimga solina boshlandi. Davlatning yuzaga kelishi sabablaridan biri aholining sosial ehtiyojlarini qondirish zarurati hisoblanadi.
    4.Sotsial muammolarning hal qilinishi darajasi davlatning kuch-qudratiga bog’liq, Davlat mustahkam, mamlakat boy bo’lsa, sotsial muammolar o’z vaqtida hal qilinadi. Jamiyatning rivojlanish darajasi sotsial muammolarni hal qilinishiga qarab belgilanadi.
    5.Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida davlatning boshqaruvchanlik roli, ayniqsa, sotsial sohada ortib borishi kerak.
    6.Sotsial sohaning o’sish darajasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni va ishlab chiqarishni o’sish darajasiga to’g’ri kelishi kerak. Faqat sotsial samara olishga qaratilgan, mehnat unumdorligiga bog’liq bo’lmagan holda ish haqini ko’paytirish metodi og’ir oqibatlarga olib keladi.
    7.Ijtimoiy siyosatga jiddiy e’tibor qilmay, yuzaki qarab jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy muammolarni o’z vaqtida to’g’ri hal qilmaslik xalqni hukumatga bo’lgan ishonchini yo’qotadi va ijtimoiy tanglikni keltirib chiqaradi. Bu esa, har qanday jamiyat uchun halokatlidir. Mustabid tuzumning oxirgi yillari tarixi bu fikrni tasdiqlaydi.
    8.Haqiqiy gumanistik ijtimoiy siyosat faqat mustaqil, kuchli, adolatli davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil O’zbekistonimizning bosib o’tgan qisqa yo’li fikrimizni tasdiqlaydi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ijtimoiy sohaga oid axloqiy tamoyillar faqat shu soha xodimlari uchun emas, balki odamlar bilan doimo o’zaro munosabatda bo’ladigan barcha uchun, ayniqsa, shifokorlar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, savdo, tijorat bilan shug’ullanuvchilar, boshqaruv sohastda faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar, mahalla tizimida xizmat qilayotganlar, ijtimoiy ta’minot, mahalla jamg’armalari xodimlari uchun ham zarurdir.
    Chunki ular aholining imkoniyatlari cheklangan nafaqaho’rlar, nogironlar bilan ko’proq uchrashadilar va ishlaydilar. Yuqorida qayd qilingan ahloqiy normalarni bilish va unga amal qilishsa aholining yordamga muhtoj qismi o’zini kamsitilmayotganligi bilan quvonadi.
    Mamlakatimizda aholini yordamga muhtoj, imkoniyatlari cheklangan qismiga yordam ko’rsatishni prfessional darajaga ko’tarishda mahalliy o’zini-o’zi boshqarish katta rol o’ynaydi. Shuning uchun ham xukumatimiz ijtimoiy himoya tizimini mahallalarga yukladi. Chunki maxalla xalqqa yaqin bo’lgan ijtimoiy institutdir.
    Eng muhimi imkoniyati cheklangan odamlarga g’amho’rlik qilishni oqilona yo’lga qo’yish orqali Inson degan ulug’ nomni baland ko’tarishga ko’maklashgan bo’lamiz. Ma’ruzaning yakunida ijtimoiy ish faoliyatini yanada kuchli qilish uchun quyidagi amaliy tavsiyalarni berish mumkin.
    1.Sotsial sohada faoliyat ko’rsatayotgan qator davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatin muvofiqlashtiruvchi markaz tuzish maqsadga muvofiqdir.
    2.Insoniyat jamiyatining hamma bosqichlaridagi ijtimoiy siyosat tarixini chuqur ilmiy tadqiq qilish va oliy o’quv yurtlarida ijtimoiy siyosat tarixiga doir maxsus kurslar joriy qilinishi muhim ahamiyatga ega.



    Download 40.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling