MAVZU : JAMOA BO’LIB YASHOVCHI HASHAROTLAR
REJA:
KIRISH.
I. BOB
1.1 Jamoa bo’lib yashovchi hasharotlarga umumiy tavsif.
1.2 Jamoa bo’lib yashovchi hasharotlarning vakillari va ularni ko’payishi, rivojlanishi.
1.3 Pardaqanotlilarning tashqi va ichki tuzulishi.
II.BOB
2.1 Arilarning ko’payishi va rivojlanishi.
2.2 Chumolilar oilasini tarqalishi va hayot tarzi
2.3 Termitlarni morfoanatomiyasi
III. BOB
3.1 Termitlarni bioekologiyasi va tarqalishi
3.2 Jamoa bo’lib yashovchi hasharotlarning tabiatda va xalq xo’jaligidagi axamiyati
3.3 Jamoa bo’lib yashashning tabiiy tanlanishdagi axamiyati.
XULOSA
Pardaqanotlilarga asalari, sariq ari, qovog’ari, yaydoqchilar, chumolilar kiradi.
Asalari oilasi. Asalari oilasida 10000 - 50000, ba’zan 100000 gacha ishchi arilar, bitta ona ari, bir necha yuz erkak arilar bo’ladi. Asalarilar yog’ochdan yasalgan maxsus qutilarda boqiladi. Quti ichida ular mumdan old qirrali katakchalarda yashaydi.
Asalarilarning tuzilishi. Ona, ishchi va erkak asalarilar tashqi ko’rinishi bir-biridan farq qiladi. Ona ari va erkak arilar ishchi arilarga nisbatan ancha yirik bo’ladi. Urg’ochi va ishchi arilar qorin bo’limining uchida nashtari bo’ladi. Erkak arilaniing mo’ylovlari va ko’zi yaxshi rivojlangan; nashtari bo’lmaydi.
Ishchi arilar - voyaga yetmagan urg’ochilar. Boshining yon tomonida ikkila murakkab ko’zlari, ularning orasida uchta oddiy ko’zchalar joylashgan. Boshi oldingi tomonida joylashgan ikkita mo’ylovi hid bilish organi hisoblanadi (51-rasm). Arilar gulning nidi va rangini yaxshi farq qiladi. Ularning ko’zi sariq va ko’k ranglarni hamda bizning ko’zimiz ilg’ay olmaydigan ultrabinafsha nurlarni yaxshi farq qiladi, lekin qizil rangni sezmaydi. Ishchi arilar yuqori jag’lari yordamida mumdan kataklar yasaydi va changdonlardan gul changini oladi. Pasrki lab va jag’lari o’zgarib naysimon xartum hosil qiladi. Ari xartumi bilan gul nektarini so’radi. Shu sababli arining og’iz organlari kemiruvchi-so’ruvchi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |