Mavzu : jamoa bo’lib yashovchi
Download 0.66 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O ‘ zbekiston Fanlar akademiyasi O ‘ simlik va hayvonot olami genofondi ins tituti huzuridagi
- Respublikamiz hududlarida termitlar qachon aniqlangan
- Respublika termitlarga qarshi kurash markazi oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan
- Termitlarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan vositalar haqida to‘xtalsangiz
- Jamoa bo’lib yashovchi xashorotlarni tabiatda va xalq xo’jaligidagi axamiyati
- Foydalanilgan adabiyotlar
G‘AVVOS CHUMOLILAR
Suv ostida yashay oladigan chumolilar topildi... Avstraliyalik entomologlar hasharotlarning yangi — suv ostida yashovchi chumolilar turini kashf etdi. Olimlarning aytishicha, ular fanga ma’lum bo‘lgan chumolilarning suvda ham yashay oladigan yagona turi. U suvda suza oladi, qolaversa, yirtqichlardan himoyalanish uchun suv ostida uzoq vaqt turishga ham qodir. Yangi turdagi chumolilar gavdasining uzunligi bor-yo‘g‘i bir santimetr. Ta’kidlash joizki, avstraliyalik olimlarning kashfiyotini uzoq muddatli izlanishlar natijasi, deyish qiyin. Chunki u mutlaqo tasodifiy tarzda topilgan. Gap shundaki, ilmiy-ommabop filmni suratga tushirish mobaynida olimlar kutilmagan tarzda suvda bemalol suzib yurgan, hattoki, uzoq vaqt ma’lum chuqurlikda harakatsiz turgan chumolilarni ko‘rib qolgan. Ularni o‘rganish esa ajoyib ilmiy kashfiyotga asos bo‘lgan Entomologlar chumolilardagi bu qobiliyatni o‘z dushmanlaridan himoyalanish natijasi o‘laroq orttirilgan evolyutsion o‘zgari deb baholamoqdalar.
Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar (Isoptera) — hasharotlarning bir turkumi. 2600 turi ma’lum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Chumolilarga o’xshab (bir necha yuzdan milliongacha individi birga) jamoa bo’lib uya (in)larda yashaydi. Jamoada ona, ota, ishchi va qo’riqchi individlar bor. Ona T. (tanasi 140 mm cha; boshqalarniki 2—20 mm) 10 yilgacha yashab, umr bo’yi (115 mln.gacha) tuxum qo’yadi. Ma’lum davrlarda uzun, teng qanoatli erkak va urg’ochi T. (keyinchalik kanotini tashlab yuboradi; fasetkali ko’zlari bor. Boshqalarida ko’z rivojlanmagan yoki yo’q) paydo bo’lib turadi. Bular yangi koloniya asoschilaridir. Ko’pchilikni qanotsiz ishchi T. (asosan, urgochisi) tashkil qiladi. Ular uya qurish, oilaning boshqa a’zolarini ovqatlantirish vazifasini bajaradi. Uyasini yer ustiga (15 m balandlikda, aylanasi 20—30 m) yoki tagiga, shuningdek, daraxtlarga yasashi mumkin. O’simlikning yog’och qismi bilan ovqatlanadi. Ular ichagida yogoch kletchatkasini hazm qila oladigan ferment ajratuvchi xivchinlilar simbioz yashaydi. Qo’riqchilarning bosh kismi jag’lari juda rivojlangan bo’lib, uyaga begona hasharotlarni kiritmaydi. 8 turi, jumladan, O’rta Osiyoda turkiston termiti uchraydi. T. inshootlarning yog’och qismini buzadi, tropik mamlakatlarda esa ekinlarga ham zarar keltiradi. TERMO... (yun. therme — issiq, harorat) — qo’shma so’bo’lagi. Issiklikka oidlikni bildiradi (mas., termometr, termodinamika). Termitlar ziyonini bartaraf etish — 2012 yil 2 fevralda Vazirlar Mahkamasining «Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi — deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti huzuridagi termitlarga qarshi kurash markazi direktori, biologiya fanlari doktori, professor Oloviddin Hamroev. — O‘tgan vaqt mobaynida bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. Termitlar xavfini kamaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. Lekin bu borada xotirjamlikka berilmaslik kerakligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shuni afsus bilan qayd etish kerakki, bu ko‘zga tashlanmayotgan hasharotlarning zarari yildan-yilga ortib bormoqda. — Respublikamiz hududlarida termitlar qachon aniqlangan? — 1875 yil Termiz shahri atrofida termitlar bo‘lgani ilmiy manbalarda qayd etilgan. Shundan so‘ng mutaxassislar 1903 yil Mirzacho‘l hududida termitlarni 16 metr chuqurlikkacha tarqalganini aniqlab, ularning yashash tarzini o‘rganishni boshlaganlar. So‘nggi tadqiqotlarda termitlar bir uyada 25 mingdan 5 milliontagacha yashashi, guruhlariga qarab, 6 yildan 30 yilgacha umr ko‘rishi mumkinligi, ona termit bir sutkada esa 43 mingtagacha tuxum qo‘yishi aniqlandi. Bu hasharotlarning yashash tarzi ma’lum bir qonuniyatlar asosiga qurilganki, termitlarning hammasi unga amal qiladi. Ona termit tuxum qo‘yadi, enagalar uni parvarishlaydi, ishchilar suv, ozuqa tashiydi, qo‘riqchilar esa uni qo‘riqlaydi, ruxsat berilmagan termitlarni uning yoniga o‘tkazmaydi, mabodo birontasi kasallansa, o‘sha zahoti o‘ldiriladi. Ularning ish faoliyati bir-biriga bog‘liq, bir guruhi ozuqa yig‘ish bilan band bo‘lganda, boshqalari ularga suv yetkazib beradi. Termitlar suvni yer ostidan olib chiqishadi. Afrikada termitlar suv olib chiqish uchun hatto 115 metr chuqurlikkacha tushishi aniqlangan. Jahonda termitlarning 2860 ta turi yashasa, shulardan bizda ikki turi — katta Kasbiy orti, Turkiston termitlari uchraydi. Malayziyada 1 gektar yerda 52 turdagi termitlar borligi qayd etilgan. O‘rtacha hisobda bir kvadrat metrga 4000 ta termit to‘g‘ri keladi. AQShda esa 18 ta turi yashaydi. Kaliforniya shtatida termitlarga qarshi kurashadigan 4 mingga yaqin tashkilotlar bor. Amerika davlati iqtisodiyoti bir yilda termitlardan 1,5 milliard dollar zarar ko‘rmoqda. Termitlarni turlarga ajratadigan bo‘lsak, bizda asosan yog‘ochlarga zarar keltiradigan, Xitoy va Yaponiyada esa to‘g‘onlarni kemiradigan xili uchraydi. Angliyada laboratoriya sharoitida termitlarni sinashganda ular hatto cho‘yanni teshishga uringani o‘rganilgan. Ozuqa to‘plash jarayonida uning turiga qarab termitlar o‘zidan parchalovchi kislotalar ishlab chiqaradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bilvosita yer ostidan o‘tgan har qanday jismni zararlaydi. Undan tashqari biron-bir ishlab turgan uskunani ayrim qismlari oralarini loy bilan to‘ldirishi natijasida ishdan chiqishiga olib keladi. — Respublika termitlarga qarshi kurash markazi oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan? — Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari hamda o‘simliklarni himoya qilish markazlari respublika termitlarga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Dezinfeksiya stansiyalari tomonidan aholi punktlarida, ijtimoiy soha ob’ektlarida, korxona va tashkilotlarda hamda madaniy-tarixiy obidalarda bir qator ishlar qilinmoqda. O‘simliklarni himoya qilish markazlari tabiiy sharoitda termitlar tarqalgan hududlarda (dalalarda, cho‘l zonalarida va boshqa ochiq joylarda) ularga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi zimmasiga yangi qurilishlar uchun ajratilayotgan yerlarda termitlar bor-yo‘qligini aniqlash hamda dunyo amaliyotida tan olingan termitlarga chidamli bino va inshootlar qurish tajribasini o‘rganib, belgilangan tartibda joriy qilish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga respublika oliy ta’lim muassasalarida biologiya, tabiatshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlar o‘quv dasturlariga «Biozararlanish asoslari», «Hasharotlar ekologiyasi» kabi maxsus kurslarni kiritish va tegishli darsliklar bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Hozir respublikamizda bir-necha mingta uy-joy termitlar bilan zararlangani aniqlangan. Shuni hisobga olgan holda birinchi navbatda aholi yashash joylarini termitlar bilan zararlanish darajasini aniqlash hamda zudlik bilan kerakli choralarni ko‘rish zarur. Biz bir qancha qidiruv-tekshiruv ishlarini olib bordik va tegishli tashkilotlarga o‘z xulosalarimizni yubordik. — Termitlarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan vositalar haqida to‘xtalsangiz? — Ko‘pgina davlatlarda bu hasharotlarga qarshi preparatlar yaratilgan. Lekin chet elda ishlab chiqarilgan bu vositalar bizda natija bermaydi. Shuning uchun olimlarimiz tomonidan mahalliy termitlarga qarshi qo‘llaniladigan preparat ishlab chiqarildi. Termitlar bilan zararlanishning oldini olish hamda yo‘q qilishda, qurilish materiallariga, hasharotlar tarqalgan hududlarga septor-2 mahalliy preparatini purkash usulidan foydalanmoqdamiz. Undan tashqari aholi turar-joylari va boshqa termitlar bilan zararlangan ob’ektlarni tozalashda, markazimizda tayyorlanayotgan yemxo‘rakdan foydalanmoqdamiz. Dala va cho‘llarda xodimlarimiz tomonidan termitlar uyasi og‘ziga kerakli miqdorda zaharli preparat quyilishi natijasida hasharotlar yo‘q qilinmoqda. Hozirda esa yangi texnologiya yaratyapmiz. Oldin 150 litr atrofida zaharli preparat uyaga quyilgan bo‘lsa, endilikda 5 litri bilan butun uyadagi hasharotlarni yo‘q qilish mumkin bo‘ladi. Shu o‘rinda yana bir gapni alohida ta’kidlashni istardim. Qurilishda termitlarga chidamli yog‘ochlardan foydalanish juda muhimdir. Bizda o‘ttiz ikki xil daraxt turi sinovdan o‘tkazildi. Aniqlanishicha uy-joy qurilishida ishlatiladigan oq tol, mirzaterak, oq terak, sadaqayrag‘och, kashtan va chinor kabi daraxtlar yog‘ochi termitlar hujumiga bardosh bera olmaydi. Oq akas, sariq akas, Zarafshon archasi, qizil archa, virgin archasi, qarag‘ay, yapon saforasi kabi daraxtlardan olingan yog‘och mahsulotlariga esa bu hasharotlar umuman zarar yetkaza olmaydi. Hayotning o‘zi, tabiat odamzot oldiga juda ko‘p muammolarni qo‘ymoqda. Ularni bartaraf etish uchun esa inson aql zakovati, bilimi yanada rivojlanishi, taraqqiy etishi zarur. Chumoli kattaligidagi bu hasharot uyasining balandligi Jirafa bo'yiga teng Chumoliga o'xshash bu hasharotning nomi Termit deyiladi. Asosan Afrika va Janubiy Amerikada uchraydi. Termit loydan uya quradi, uyasining balandligi hatto jirafaning bo'yiga ham teng kelganlari ham topilgan. Agar o'sha hasharotning gavdasini inson gavdasi bilan qiyoslasak uning qurgan uyi balandligi Empire state building binosidan 4 marta katta bo'lardi. Olimlarning aniqlashicha, Termitlarning uyasi muhandislik qoidalariga asoslanib qurilar ekan. Masalan uya ichida havo almashuvining bir me'yorda bo'lishi, uydagi yo'laklar va boshqalar... Jamoa bo’lib yashovchi xashorotlarni tabiatda va xalq xo’jaligidagi axamiyati: Asalarilar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik o’simliklar asalarilar yordamida changlanadi. Asalarilar changlatgan o’simliklar mo’l hosil beradi. Asal qimmatbaho va shifobaxsh oziq hisoblanadi. Uning tarkibida oson hazm bo’ladigan shakar moddalar, organizm uchun juda zarur bo’lgan har xil minerallar mavjud. Shifokorlar darmonsiz kishilar uchun asal iste’mol qilishni tavsiya etishadi. Asalari zaharidan tibbiyotda dorivor moddalar tayyorlanadi, mumi esa texnikada ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1) “Umurtqasizlar zoologiyasi” Natali. V.F Toshkent 2000 2) “Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi” Muhammadiyev.A.V Toshkent 1999 3. “Umurtqasiz parazit hayvonlar” Lukin.E.I Toshkent 2002 4)”Umurtqasizlar zoologiyasi” O. Mavlonov , Sh. Xurramov Toshkent 2002 5)”зоология для учителя” Yaxontov.A .A Moskva 1997 6)www.ziyonet. uz 7)www.kitob.uz 8)www.refaratlar.uz Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling