Mavzu : jamoa bo’lib yashovchi
Download 0.66 Mb.
|
KURS ISHI
Chumolilar (lot. Formicidae) pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi hasharotlar oilasidir. Eng ko’p tarqalgan hasharotlardan hisoblanishadi. Yaxshi uyushgan jamoa bo’lib yashashadi. Jamoada milliongacha chumoli bo’lishi mumkin. Ishchi, navkar, erkak va ona chumolilar ajratiladi. Ona chumolining qorin qismi juda katta bo’lib uyasidan chiqmaydi.U tuxum qo’yib nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar parvarish qilib boqadi. Navkar chumolilar uyani dushmandan himoya qiladi. Ular uyaga kiradigan teshikni boshlari bilan yopib oladi. Uyaga kiradigan ishchi chumolilar mo’ylovlarini navkarlar boshiga tekkazadilar. Shundan keyinga navkar chumolilar ularga uyaga kirish uchun ruxsat beradilar.Ishchi chumolilar oziq yig’ish, qurtlarni parvarish qilish va ko’chirib yurish, uani toza saqlash vazifasini bajaradi. Shuningdek, ular jig’ildonida chala hazm bo’lgan oziq bilan qurtlari, navkarlari, lichinkalari va ona chumolini oziqlantiradi.Chumolilar tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan to’nkalarning ichiga juda ko’p xona va yo’laklardan iborat uya quradi. Sariq o’rmon chumolisi uyasining yuqori qismi gumbazga o’xshaydi. Uning balandligi 2 metrgacha yetadi. Qishda chumolilar uyasining yer ostki qismida g’uj bo’lib qishlaydi. Bahorda qanotli yosh ona erkaka chumolilar uyasidan uchib chiqadi. Erkaka chumoli urg’ochisini urug’lantirgach halok bo’ladi. Yosh ona chumoli esa qanotlarini tashlab o’ziga kichikroq uya qurib oladi.Chumolilarning juda ko’pchiligi foydali hisoblanadi. Sariq o’rmon chumolilari daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha o’rmonni zararkunandalardan himoya qiladi. O’rta Osiyo cho’llarida yirtqich chopqir ot chumoli va o’roqchi chumoli keng tarqalgan. Ular har xil o’simliklarning urug’i va doni bilan oziqlanib, birmuncha ziyon yetkazadi. Xonadonlarda uchraydigan sariq fir'avn chumoli shirinlik va yog’lik oziq-ovqat mahsulotlariga juda o’ch bo’ladi Qora bog’ chumolisi shaftoli, olma, o’rik va boshqa o’simliklarga zarar keltiradigan shira bitlari ajratadigan shirani yalab oziqlanadi. Ular shira bitlarini qo’riqlash bilan ancha ziyon yetkazadi. Chumolilar nashtarli hasharotlardir (lekin nashtarlari juda kalta, sut emizuvchi terisidan o’ta olmaydi shuning hisobiga ular chaqa olmaydi.).
CHUMOLILAR (Formicidae) — pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2qorin bo’g’imlari ingichkalashib, ko’krak bilan qo’shiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi katta, jag’lari kuchli rivojlangan (kemiruvchi og’iz organlari). Ch. jamoa (oila) bo’lib yashaydi. Ch. oilasi bir necha ming , hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada ko’p minglab ishchi Ch., qanotli o’nlab erkaklari va bir necha ona chumoli bo’ladi. Erkak Ch. faqat ko’payish davrida paydo bo’lib, urug’lanishdan so’ng o’lib ketadi. Ishchi Ch. jinsiy organlari rivojlanmagan urg’ochilardan iborat. Ona Ch. urchish davrida paydo bo’ladi; urchishdan so’ng qanotini tashlab, tuxum qo’ya boshlaydi, 20 y.gacha yashaydi. Ishchi Ch. oilani oziq bilan taminlaydi, uyani qo’riqlaydi (navkarlar) yoki suyuq zaxira oziqni saklaydigan asalli bochkachalar hosil qiladi va b. vazifalarni bajaradi. CH. polimorfizmining boshqarilishi urg’ochilarining har xil kattalikda tuxumlar qo’yishi, lichinkalarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi, lichinkalarni oziqlantiruvchi boshchi Ch.ning fiziologik holati yoki xattiharakati va b. omillar bilan bog’liq. Ch.ning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks), tuxum qo’yuvchi urg’ochisi bilan ishchi Ch. O’rtasida kimyoviy sezgi orqali bog’lanish borligi katta ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning o’zlari oziqlanadigan joylari bo’ladi. Bir qancha Ch. turlari bir necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil qiladi; oilalar o’zaro individlar va oziq moddalar almashinib turishadi; birgalikda o’zlariga tegishli hududni qo’riqlashadi. Ch. tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yog’ochxo’r Ch.) uya quradi. Ba’zan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uyayasaydi. Ch. tuproqdajuda murakkab, ko’p kamerali in quradi. Sariq o’rmon Ch.ining ini yer osti labirint va yer usti gumbazdan iborat. Inning yer osti qismida 1—3 m chuqurlikkacha boradigan murakkab tarmoqdangan yo’laklar bo’ladi; bu yerda ular qishlaydi. Inning yer usti qismida esa qurtlari rivojlanadi. Bir qancha tropik Ch. barglarni tikib uya yasaydi. Tropik mintaqalarda tarqalgan daydi Ch. uyasi bo’lmaydi. Ch. turli xil hasharotlar, o’simliklar urug’i, shuningdek, gul nektari, o’simlik shiralari va koksidlar ajratadigan shira bilan oziqlanadi. Ko’pchilik turlari o’z uyasida oziq bo’ladigan hasharotlar va zamburug’larni ko’paytiradi. Ayrim Ch.ning o’z ishchilari bo’lmaydi. Ular boshka oilaga mansub turdan ishchi Ch.ni o’g’irlab olib kelishadi. Bir qancha turlari (mac, sariq o’rmon chumolisi) zararkunanda hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi. O’rta Osiyo faunasida Ch.ning 100 ga yaqin turi uchraydi. Cho’l zonasida tarqalgan faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, yovvoyi o’simliklar doni, nektar bilan, cho’l va dashtlarda tarqalgan qir chumoli o’simliklar doni bilan oziklanadi; Bog’ qora chumolisi shira bitlari ajratadigan shirin suyuqlikni yalaydi; ularni boshqa yirtqich hasharotlardan himoya qilishi bilan q.x.ga ziyon keltiradi. Xonadonlarda koʻp uchraydigan sariq fir’avn chumolisi shirinlik va yog’li oziq-ovqat mahsulotlarini yeydigan zararkunanda hisoblanadi. Kuznnng so’nggi kunlarida dunyoning ayrim mintaqalarida dengiz bo’ylarida qanotli chumolilar paydo bo’ladi. Bu ularning "juftlashish mavsumi” boshlanganidan dalolat beradi. Mavsum bir necha kun davom etadi va u nihoyasiga yetgach, hasharotlar o’z inlariga kirib ketadi. Bahorda esa dengiz sohillarida chumolilarning yangi avlodi paydo bo’ladi. Chumolilarni o’rganayotgan olimlarning qayd etishlaricha, ular ham xuddi odamlarga o’xshaydi. Masalan, chumolilarni bankaga qamab, yaxshi oziqlantirilsa ham, oradan ma'lum bir vaqt o’tgach, ular nobud bo’ladi. Sababi, ular oila a'zolarini qumsaydi, yolg’izlikka dosh bera olmaydi va o’zlarini keraksiz, deb his etadi. "Chumoli — ijtimoiy mavjudot, jamoadan tashqarida u hayot kechira olmaydi", - deydi rossiyalik entomolog Yuriy Raskevich. O’rmondagi chumoli ini — texnik jihatdan olib qaraganda, mukammal arxitektura inshootidir. Chumolilar ignabargli va aralash o’rmonlarni bekorga xush ko’rmaydi. Chunki ignabarglar mukammal qurilish materialo' bo’la oladi. Yelimlangan tom chirimaydi va hatto seryomg’ir kuz faslida ham nam tortib qolmaydi. Issiqni esa u juda yaxshi saqlaydi. Chumoli inining katta qismi yer ostiga joylashadi. Uning labirintlari -yer ostiga ikki metrgacha kirib boradi. Bu nafaqat havfsizlik vajidan, balki suv manbalariga ega bo’lish jihatidan ham katta ahamiyatga ega. Namlik suv manbai bo’lishidan tashqari, lichinkalarga sepib turish uchun ham zarur. Chumoli inlarida qishning ayozli kunlarida ham mikroiqlim saqlanib qoladi. Umumny maydoni 15 kv metrni tashkil etuvchi inda yuztagacha xona bo’ladi. Xonalarning ayrimlari ombor vazifasini o’taydi va ularda bug’doy, meva urug’lari va quritilgan hasharotlar saqlansa, boshqalarida shishgan buqoqlarida butun oila a'zolari uchun shirin suyuqdikni asraydigan chumolilar turadi. Issiq galereyalarda g’umbak va lichinkalar saqlanadi. Bir kunda 40 mingtagacha tuxum qo’yadngan ona chumoli alohida xonada yashaydi. Katta zallarda esa chumolilar to’planib, dam oladi. Chumoli inida qabriston, hojatxona va hiqindixona vazifasini o’tovchi xonalar ham bor. Chiqindixona vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi. Chumolilar o’z uylarini mog’or bosish va chirishdan juda ehtiyot qiladi. Indagi barcha xonalar butun yoz davomida shamollatib turiladi. In tubidan nam tortib qolgan barglar, chiriy boshlagan ninabarglar chiqarib tashlanadi. Barglar quyoshda quritiladi, yaroqsizlari esa yangisiga almashtiriladi. Namlikka qarshi chumolilarning xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi qismi kurashadi. Ular quyoshli kunlarda "pentxaus" darajasida maxsus joylarda toblanadi va sovib ulgurmasidan pastga tushadi. Bunday chumolilar "isitish moslamalari" vazifasini o’taydi. Bunday tirishqoqlik va g’amxurlik natijasida chumoli ini bir joyda uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Masalan. shveytsariyalik olim Avgust Forel yoshi 90 yildan ortiq bo’lgan chumoli iniga duch kelgani haqida yozgan. Barcha ishchi chumolilar — urg’ochi. Qo’riqlash, qurilish, uylarni ta'mirlash, razvedka, dushmanga qarshi kurashish, yegulik topish ham ularning zimmasida. Lekin hozirgacha chumolilarning muhim axborotni bir-biriga qanday yetkazishi va qanday muloqotda bo’lishi to’liq o’rganilmagan. Ba'zan ular bir - birlarini mo’ylovlari bilan paypaslaydi va yo’llarni hidlaydi. Chunki yo’ldagi ularning sheriklari tomonidan qoldirilgan ferromonlarda muhim ma'lumot bo’ladi. Chumolilar ultratovush vositasida ham bir-biri bilan muloqotda bo’lishi mumkin, deb hisoblanadi. Masalan, chumolilardan bittasi yong’inni ko’rib qoladigan bo’lsa, oradan bir necha soniya o’taboq, butun jamoa himoyaga otlanadi. Ular himoya chizig’ini tashkil etib, alangani o’chirish uchun kislote sepadi. Bir yilda bir marotaba, ma'lum kun va soatda indan minglab qanotln erkak va urg’ochi chumolilar uchib chiqadi. Juftlashish havoda ro’y beradi, qanot ham shuning uchun kerak. Shundan sung qanotlar tashlab yuboriladi. Urg’ochi chumolilar inga qaytadn va nasl paydo bo’lmaguncha hech narsa yemaydn va ichmaydi. Erkak chumolilar esa ochlikdan nobud bo’ladi. Chunki endn ularnnng keragi bo’lmaydi. Ma'lumot o’rnnda aytish joizki, juftlashuvchi chumolilar faqat nasl qoldirish uchun maxsus parvarish qilinadi. Chumolilarning barchasi ham tartib-qoidaga amal qilladi deb bo’lmaydi. Ularning ayrimlari o’zlarn uchun qullarni o’stirish maqsadida begona lichinkalarni o’g’irlaydi. Bunday chumolilar ichkilikka ham ro’ju qo’yadi. Ular o’z uylarida kichkina qo’ng’izlarni boqadi. Bunday qo’ng’izlardan ajraladngan suyuqlik chumolilarni shirakayf qiladi. Tabiiyki, bunday chumolilar majburnyatlarini, ishni va nasl qoldirishni unutadi. Agar ichkilikbozlik butun inni qamrab oladigan bo’lsa, chumoli oilasi nobud bo’ladi. Chumoli iniga qarab qish yaqin yoki yaqin emasligini aniqlash mumkin. Qor uchqunlayotgan bo’lsa-yu chumolilar ivirsib yurishda davom etsa, demak qor yerda uzoq qolib ketmaydi. Mabodo chumoli inida tepasida faqat qo’riqchilar qolgan bo’lsa, unda qish yaqin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling