Mavzu : jamoa bo’lib yashovchi


-rasm. Asalarining tuzilishi


Download 0.66 Mb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279230
1   2   3   4
Bog'liq
KURS ISHI

51-rasm. Asalarining tuzilishi:
1 - mo’ylovlar; 2 - murakkab ko’z; 3 - oddiy ko’zchalar; 4 - bosh; 5 - ko’krak; 6 - lab; 7 - so’ruvchi xartum; 8 - 9 - 10 - oyoqlar; 11 - savatcha; 12 - cho’tkacha; 13 - nashtar; 14 - qorin; 15 – oldingi qanotlar; 16 – keyingi qanotlar.

Ishchi ari orqa oyoqlaridagi maxsus savatcha va tukchalar yordamida gul changini yig’ib oladi. Ari chaqqanda uning nashtari teri ichida uzilib qoladi; mayib bo’lgan ari esa halok bo’ladi.
Asalarilar oilasining hayoti. Erkak va ona arilar og’iz organlari yaxshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlanolmaydi. Ishchi arilar uyani tozalash, qo’riqlash, ona va erkak arilar hamda qurtlarni oziqlantirish, gul changi va nektar yig’ish kabi uyadagi va undan tashqaridagi hamma ishlarni bajaradi. Arilar yig’gan nektar ularning jig’ildonida so’lak bilan aralashib, katakchalarda asalga aylanadi. Ishchi arilar tuxumdan chiqqan qurtlarni gul changi va asal bilan boqadi.
Yangi asalari oilasi may - iyun oylarida g’ujlanish, ya’ni ko’chib chiqish orqali paydo bo’ladi. Oziq mo’l bo’lganida ona ari urug’langan va biroz urug’lanmagan tuxum qo’yadi. Urug’lanmagan tuxumlardan erkak arilar. urug’langan tuxumlardan esa ishchi arilar rivojlanib chiqadi. Qurtlardan birini ishchi arilar alohida yirik katakda tarbiyalab, undan ona ari yetishtiradi. Yosh ona ari rivojlanib chiqishidan oldin eski ona ari bir to’da ishchi arilar bilan birga uyadan chiqadi va biron daraxt shoxiga g’uj bo’lib o’tiradi. Ularni olib boshqa qutilarga joylanadi. Sovuq kunlar tushishi bilan ishchi arilar erkaklarini uyadan quvib chiqaradi va tuynuklarni mum bilan suvab tashlaydi.
Asalarilar «tili». Uyadagi ishchi arilar turli harakatlar yordamida o’zaro axborot almashinishi «asalarilar till» deb ataladi. Ishchi ari nektarga boy gulni topganda katakchalar ustida qornini likillatib aylanib, go’yo raqsga tushayotgandek harakatlar qiladi. Bunday harakatlar ishchi arilarga nektar yig’ish uchun qaysi tomonga va qancha masofaga uchib borish kerakligini bildiradi.
Asalarilar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik o’simliklar asalarilar yordamida changlanadi. Asalarilar changlatgan o’simliklar mo’l hosil beradi. Asal qimmatbaho va shifobaxsh oziq hisoblanadi. Uning tarkibida oson hazm bo’ladigan shakar moddalar, organizm uchun juda zarur bo’lgan har xil minerallar mavjud. Shifokorlar darmonsiz kishilar uchun asal iste’mol qilishni tavsiya etishadi. Asalari zaharidan tibbiyotda dorivor moddalar tayyorlanadi, mumi esa texnikada ishlatiladi.
Asalarilar bolari (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. A. vatani Jan. Osiyo hisoblanadi. Hoz.davrda jan. kengliklardan Chekka Shimolgacha tarkal-gan. A.lar, asosan, oila bo‘lib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida "podsho-si" deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak A.dan iborat. Ona A. tanasi uz. 20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg , bahordan kuzga kadar tuxum qo‘yish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yig‘uvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona A.ning jinsiy a’zolari rivojlan-gan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asala-richilar ona Ani har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 ming-tagacha tuxum qo‘yadi. Otalangan tuxum-lardan 21 kunda ishchi A., otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak A. chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi A.lar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona A. chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona A. 7 — 8 kunda jinsiy balog‘atta yetadi. Er-kak A. tanasi uz. 15 — 17 mm, vazni 200 mg , qorin qismi to‘mtoq bo‘lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yi-guvchi apparati, nayzasi yo‘q, ko‘kragi keng , hartumi qisqa. Bir oilada 80 — 100 tagacha erkak A. bo‘ladi. Asosiy va-zifasi ona A.ni urug‘lantirish (asosan, havoda juftlashadi, urug‘lantirganidan keyin halok bo‘ladi). Ular uyada faqat yozda bo‘ladi, kuzda oilada urchish ish-lari to‘xtashi bilan ularni ishchi A.lar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi A. tana-si uz. 11 — 15 mm, vazni o‘rtacha 100 mg , jinsiy a’zolari rivojlanmagan, urgo-chi asalarilar bo‘lib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming , qishda 10—15 ming ishchi A. bo‘ladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 — 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul chan-gini yig‘ish, nektarni asalga aylanti-rish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qo‘riqlash kabi ish-larni bajaradi. A qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va b.ni olish, shuningdek q.x. ekinlarini mevali bog‘larni changlatish uchun boqiladi (q. Asalarichilik). A. oilasi bir mavsumda 683140 — 150 kg asal to‘playdi, bundan 100 kg A. ta’minotiga sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib olinadi. A. oila a’zo-larining xizmat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lganidan ularning birortasi ham o‘zicha mustaqil hayot kechira olmaydi.Zotlari: O‘rta Rossiya o‘rmon (qoramtir) A. zoti (A.m. millifera) — eng ko‘p tarqalgan zotlarga kiradi. Arila-ri yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) tog‘-qo‘ng‘ir A. zoti (A. m. cavcasica) — aso-san, Zakavkaze, O‘rta Osiyoda tarkal-gan. Karpat A. zoti — G‘arbiy Ukrai-naning tog‘li r-nlari va Karpat ortida ko‘p uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq A. zoti (A.m. ligustuca)ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSH, Av-straliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xi-toy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964 — 70 y.larda O‘zbekistonga kelti-rib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlar-da yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq A. zoti — Uzoq Sharq (Pri-more, Xabarovsk)da ko‘p tarqalgan. Zot Ukraina, O‘rta Rossiya, Italiya va Kav-kaz A.lari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi o‘rtacha. Kraina kulrang A. zoti (A.m. carnica) — Yugoslaviya, Av-striya tog‘larida keng tarqalgan. Tashqi ko‘rinishdan Kavkaz tog‘-qo‘ng‘ir A.siga o‘xshaydi, mahsuldorligi o‘rtacha.O‘zbekiston chorvachilik i.t. institu-tida A.lar bo‘yicha i.t. ishlari olib bo-riladi. Asalari qishda dam olib ko'klamda ochiqlikka chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan asosan qishloq ho'jaligida keng foydalaniladi va natijasi o'laroq juda shirin va foydali bo'lgan asal moddasi olinadi.
Asalni xush ko‘rmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Bu ajoyib mahsulot asalari uyasidagi mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi. Uyaga esa asalni asalari olib keladi.
Asalni xush ko‘rmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Bu ajoyib mahsulot asalari uyasidagi mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi. Uyaga esa asalni asalari olib keladi. Asalarini bolari deb ham atashadi. Asalari qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va boshqalarni olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini changlatish uchun boqiladi.
Asalarilar oila bo‘lib yashaydi. Bir oilada bir ona asalari bir necha ming ishchi asalari va bir necha yuz erkak asalari bo‘ladi.
Bitta mitti asalari qancha ham asal olib kelishi mumkin? Axir bitta asalari uyasidan o‘nlab kilogramm asal olinadi-ku! Mevali daraxt va turli-tuman o‘simlik gullaridan shira — nektar va gul changini yig‘ib, keyin u bir kilogramm asalga aylanishi uchun asalari 300 ming kilometrga yaqin masofaga uchib (bu Oy­gacha bo‘lgan masofaning 3/4 qismini tashkil etadi), 19 million gulga qo‘nishi lo­zim bo‘ladi. Bir necha kilogramm asal olish uchun esa asalari millionlab kilometr masofani uchib o‘tishi
ke­rak.
Albatta, bitta ishchi asalari butun hayoti davomida bu ishlarni bir o‘zi bajara olmaydi. U faqat 30—35 kun yashaydi. Xalqimizda asalarining mehnatsevarligi maqolga aylanganligi bejiz emas. U soatiga 60 kilometr tezlikda uchib, kuniga taxminan 7 ming gulga qo‘nadi. Uning barcha a’zolari mevali daraxt va o‘simlik gullaridan nektar yig‘ishga moslashgan: orqa panjalaridagi maxsus tuklari va savatchalari yordamida gul changini yig‘adi va tashiydi, uzun xartumchasi va buqog‘ida gul changini asalga aylantiradi. Bulardan tashqari asalarida asalbop o‘simlik haqida bir-biriga xabar beruvchi murakkab signal sistemasi ham bor.
Qiziq, asalarilarga shuncha ko‘p asal nimaga kerak? Bu shuning uchunki,asalarilar qishda uxlashmaydi, asal esa ularning qishki ovqatidir.
Ma’lumki, qish oylarida o‘simlik gullamaydi. Shu boisdan asalarilar yoz bo‘yi tinmay mehnat qilib, o‘zlariga ham, odamlarga ham bemalol yetadigan asal to‘plashadi. Bundan tashqari, uyadagi mumda bo‘lajak asalari lichinkalari ham bo‘ladi. Katta asalarilar ularni asal va gul changi bilan boqishadi.
Asalarilar mehnati qat’iy taqsimlangan: ba’zilari ovqat topadi va uni uyaga tashib keladi, ikkinchilari ularni qabul qilib oladi va uya­lardagi mum kataklarga taqsimlab chiqadi, uchinchilari katak ichini tozalaydi, to‘rtinchilari qanotlarini qoqib, uyalarini muntazam shamollatib turadi. Beshinchilari eshik oldida “qo‘riqchilik” qilib, ya’ni dushmandan muhofaza qilishadi, oltinchilari esa qurtchalarni boqadi. Bularning hammasini ishchi asalarilar bajaradi.
Ishchi asalarilar oilada 60—80 mingta bo‘lib, uyadan 2-3 kilometr va undan ham uzoqroq masofaga uchib borib, shira olib kelish va gul changini yig‘ish, nektarni asalga aylantirish, katak qurish kabi ishlar bilan ham shug‘ullanadi.
5 yilgacha yashaydigan ona asalari bunday ishlarda qatnashmaydi, uning atrofida hamisha erkak asalarilar parvona bo‘lishadi. Ona asalari uyada bir o‘zi tuxum qo‘yadi va kelajakda ulardan yosh asalarilar yetishib chiqadi.
Odamlar juda qadim zamonlardan beri asal iste’mol qilib kelishadi. Ilgari yovvoyi asalari asalini yig‘uvchi maxsus ovchilar bo‘lgan. Kishi­lar asalarini “qo‘l”ga o‘rgatishganiga ham ko‘p yillar bo‘ldi, shundan beri ular maxsus qutilar qo‘yilgan joylarda boqiladi. Uning bir necha mahsuldor zotlari yaratilgan.
Odamlar asalari ne’matidan qadim-qadim zamonlardan beri foydalanib kelishayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha uning fe’l-atvori haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Masalan, asalarilar o‘rtasidagi o‘zaro signal, ya’ni xabar berish usulini olib ko‘raylik. Bu vosi­ta orqali ular qayerda ko‘proq gul changi yoki ko‘proq nektar yig‘ish mumkinligi to‘g‘risida bir-biriga xabar yetkazadi. Ko‘pincha odamlar asalari uyasiga qaytib kelgach, uning atrofida raqs tushgandek aylanaverishini kuzatishgan. Buning siri yaqinda oshkora bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, razvedkachi asalarilarning raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligi va oz-ko‘pligini bilib olishar ekan!
Asalarilarning g‘uvillashida ham ma’lum ma’no bo‘lishi kerak. Olimlar hozir mana shu sirni topish ustida tadqiqot olib borishmoqda.
Asalarilar ajoyib shifokor hamdirlar.
Asalning shifobaxsh ekanini odamlar qadimdanoq bilishgan. Hatto hadisda ham uning shifobaxshligi ta’kidlangan. Abu Ali ibn Sino esa o‘zining “Tib qonunlari”da: “Asal a’zolarimizdagi suyuqlik o‘tkazuvchi tomirlarni kengaytirish va tozalash xususiyatiga ega. U ichki a’zolardagi fasodni haydab chiqaradigan narsa ... Asal ko‘z xiralashishiga ham dori... Tomoq og‘riq (angina)ni ham davolaydi...” deb yozgan va asaldan o‘nlab dorilar tayyorlash mumkinligini aytgan edi. Darhaqiqat, asal faqat to‘yimli oziqgina bo‘lib qolmasdan, balki ba’zi zararli mikroorganizmlarni halok etadi, bundan tashqari uning tarkibida odam organizmi uchun juda zarur bo‘lgan A provitamini ko‘p.
Asalarilar bo‘lajak ona-asalarini boqadigan maxsus aralashma – asalari suti ham qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi, ishtahani ochadi va organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi.
Ammo asalarining eng qimmatbaho dorisi uning zaharidir. Asalari chaqishi, albatta, noxush, bordi-yu bir yo‘la 400 asalari chaqsa, odam halok bo‘lishi ham hech gap emas. Biroq asalari zaharidan to‘g‘ri foydalanilsa, u odamni ko‘pgina kasalliklardan xalos etadi.
Ekinlarni changlatishi asalarining yana bir ajoyib xususiyatidir. G‘o‘za, mahsar, beda kabi ekinlar asalarilar yordamida changlangan­da hosildorligi 20—25% ortadi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling