Bolalarga shavqatsiz munosabatda bo’lishga yordam beradigan va oldini oladigan dasturlar


Download 46.07 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1345495
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BOLALARGA SHAVQATSIZ MUNOSABATDA BO’LISHGA YORDAM BERADIGAN VA OLDINI OLADIGAN DASTURLAR


BOLALARGA SHAVQATSIZ MUNOSABATDA BO’LISHGA YORDAM BERADIGAN VA OLDINI OLADIGAN DASTURLAR

REJA


  1. Oilada bolaga shavqatsiz munosabatda bo`lish

  2. Bolalarni zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha standart operatsion tartib-qoidalari

  3. Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`luvchilarga qarshi kurashadigan baykerlar

Ota-onalar va farzandlarning xuquq va majburiyatlari. Voyaga yetmagan bolalarning oiladagi xuquqlariga bag’ishlangan qoidalar birinchi marta mazkur Oila Kodeksida nazarda tutilmoqda. Avvalgi nikoh va oila kodekida bevosita bolalar xuquqiga bag’ishlangan qoidalar yo’q edi, ularning xuquqlari ota-ona va bolalar o’rtasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatlar orqali belgilanar hamda ular voyaga yetmagan bo’lganlari tufatli aksariyat xollarda mustaqil xuquqqa ega emasdirlar, bundaylar ota-ona qarmog’idagi obyektlar sifatida qabul qilinadilar. Voyaga yetmagan bolalarga bag’ishlangan mustaqil bobning kiritilishi Oila Kodeksiga o’tmishda bolalar xuquqni cheklashga qaratilgan qoidalarni bartaraf qilish qonunchilik tajribasida qo’lga kiritilgan ijobiy yutuq bo’ldi. Bu bilan BMT tomonidan 1989- yil 20-noyabrda qabul qilingan va O’zbekistan Respublikasi Oliy Kengashning 1992-yil 9-dekabrdagi qarori bilan radifikatsiya qilingan “ Bola xuquqlari to’g’risida”gi Konvensiyaga amal qilindi. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi Muqaddimasining 5- bandiga binoan, O’zbekistonda xalqaro xuquqning umumiy e’tirof etilgan qoidalari ustunligining tan olinishi va bu ustunlikning Bolalar xuquqlari Konvensiyasiga qo’shilishi Oila Kodeksi tomondan voyaga yetmagan bolalarni mustaqil shaxs sifatida muayyan xuquqlariga ega qilish, ularni ma’lum darajada amalga oshirish va himoya qila bilish uchun imkoniyat yaratdi.


Bola tushunchasi “Bola xuquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasining 1-moddasida, O’zbekiston Respublikasi Fuqorolar Kodeksining 22, 27, 29-moddalarida, Oila kodekining 71-moddasida ifodalanadi. Umumiy qoidaga ko’ra, o’n sakkiz yoshga to’lmagan bolalar voyaga yetmagan deb hisoblanadi.
Fuqorolar oilaviy munosabatdan kelib chiqadigan xuquqlarni o’z hoxishiga ko’ra tasaruf etadilar. Oila a’zolarini o’z huquqlarini amalga oshirishdagi hamda o’z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolarini va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.
Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning xuquqiy xolatini o’zgartirib yuboradi. Nikoh tufayli er-xotinlik o’rtasigadi munosabatlar axloqiy qoidalar bilan emas, balki xuquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Er-xotin qayd etilgan nikoh munosabati bilan vujudga keladigan xuquq va majburiyatlari ikki xil shaxsiy va mulkiy bo’ladi.
Ota-ona va bolalarning o’zaro munosabatlari oilada alohida o’rin tutadi. Bular shaxsiy (nomulkiy) va mulkiy huquq va majburiyatlardir.
ila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi.
Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi.
Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega.
Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi
Bolalarni zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha standart operatsion tartib-qoidalari
Bolalar huquqlari boʻyicha vakil hamda vazirliklar, yoshlar tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va YUNISEF vakillari hamkorligida ishlab chiqilayotgan standart operatsion tartib-qoidalari bolalarni zoʻravonlik, shavqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.
Oʻzbekistonda bolalarni zoʻrovonlikdan, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarning bosimiga bardosh bera oladigan va bolalarni eng zarur boʻlgan vaqtda yetarli darajada himoya qiladigan yanada kuchliroq milliy va mahalliy tizim yaratish oʻta zarur. Bolalarni himoya qilish gumanitar yordam faoliyatining barcha sohalariga integratsiyalashgan boʻlishi kerak va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish, ularga qarshi chora koʻrish va qayta tiklash harakatlarining markazida bolalar boʻlishi kerak. Mazkur sohadagi faoliyat Surxondaryo viloyatida ilk bor sinovdan oʻtkaziladi. Kelgusida bolalar va oilalarga koʻmak berish uchun 500 ga yaqin mutaxassislar tayyorlanadi. Qayd etish lozimki, bu boradagi ishchi guruhning vazifasi Surxondaryo viloyatida bolalarni, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilish boʻyicha tarmoqlararo standart operatsion tartib-qoidalarni (SOTQ) ishlab chiqishdan iborat. Ishchi guruh tarkibiga Bola huquqlari boʻyicha vakili, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy gvardiya, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis Markazi, Yoshlar ishlari agentligi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi va YUNICEF vakillari kiritilgan.
Surxondaryo viloyatida bolalarni, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilish boʻyicha tarmoqlararo standart operatsion tartib-qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha yakuniy loyihasi joriy yilning mart oyida Surxondaryo viloyatida oʻtkaziladi.
BOLALARGA SHAFQATSIZ MUNOSABATDA BO`LUVCHILARGA QARSHI KURASHADIGAN BAYKERLAR
BOLALARGA ShAFQATSIZ MUNOSABATDA BO`LUVChILARGA QARShI KURAShADIGAN BAYKERLAR
Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`luvchilarga qarshi kurashadigan baykerlar, bu — yana bir notijorat tashkilotdir. Ular 1995 yildan beri bolalarni zo`ravonlikdan himoya qilib keladi. Tashkilotning maqsadi — bolalarni jismoniy va ruhiy zo`ravonlikdan asrashdir. Bundan tashqari, mazkur tashkilot terapiya va terapevtik harakatlarni moliyalashtiradi.
Ko`ngilli baykerlardan tashkil topgan tashkilot bolalar o`zini bexavotir his qilishlari uchun harakat qiladi. Baykerlar huquq-tartibot idorasi, enagalik qilish agentligi xodimlari va boshqalar bolalarga tazyiq o`tkazgan vaziyatlarda, zo`ravonlik qilganda yordamga etib kelishadi. Ular ko`ngilli “drujinnik”lar emas, balki tansoqchilar vazifasini o`tashadi. Baykerlar bolalarni maktabga, bog`chaga kuzatib qo`yadi va uylariga sog`-omon etishlariga yordam beradi.
Bola huquqlari boʻyicha vakil: Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni toʻxtating!
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 29-mart kuni nomaʼlum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpogʻistonda ayol turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro kelishmovchilik sababli, ikki qizini ayovsiz doʻpposlab, ularga azob berib kelgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Biz ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun masʼuliyatini kuchaytirishimiz, bolalarni shafqatsiz muomala va zoʻravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak.
Biz nafaqat kuzatamiz, balki darhol vakolatli organga murojaat qilamiz va qanday choralar koʻrilayotganini nazorat qilamiz. Eʼlon qilingan videoni koʻrishim bilanoq, bu videoni Respublikamizda tashkil etilgan Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasining telegram kanaliga yubordim. Chunki ushbu organ u bolalarni himoya qilish, ota-onalarini javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning kelajakdagi taqdiri bilan bogʻliq barcha masalalar bilan bevosita shugʻullanadi.
Hozirda onaga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida maʼlumot berildi. Lekin shu bilan birga, hech narsa ota-onalar tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oqlay olmaydi.
Zoʻravonlik nafaqat bolalarning omon qolishi va sogʻligʻiga, balki ularning hissiy farovonligi va kelajak istiqbollariga ham tahdid soladi. Agar bola erta yoshda, tana va miya rivojlanishining muhim bosqichida zoʻravonlikni boshdan kechirgan yoki guvohi boʻlgan boʻlsa, salbiy oqibatlar qaytarilmas boʻlishi mumkin.
Zoʻravonlik bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligiga taʼsir qiladi, ularning taʼlim olish va ijtimoiylashuv qobiliyatini pasaytiradi, psixologik jihatdan sogʻlom voyaga yetishishlari va yaxshi ota-onalar boʻlib shakllanishlariga toʻsqinlik qiladi.
Afsuski, oilada bolalarga nisbatan zoʻravonlik, ijtimoiy norma hisoblanib qolmoqda. Koʻpincha uning oqibatlari muhokama qilinmaydi. Farzandni tarbiyalash uchun zoʻravonlik zarur, jismoniy kuch jazo sifatida ishlatilishi mumkin, deb hisoblaydigan ota-onalar bor.
Ota-onalarning turmush sharoitining ogʻirligi, qashshoq va kambagʻalligi, ularning spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishi va oʻz farzandlarini tashlab ketishi hamda migratsiyasi bolalarning qarovsizligi, tahqirlanishi yoki ekspluatatsiyasi xavfini oshiradi.
Bolalar zoʻravonlik holatlari haqida gapirmaydilar va shuning uchun kamdan-kam hollarda kerakli yordamni olishadi.
Oʻzbekiston bolalar huquqlarini, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilishga sodiqligini namoyish etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya 1992-yil 9-dekabrida ratifikatsiya qilindi. Davlat oʻz zimmasiga mazkur xalqaro hujjatda qayd etilgan bolalarning barcha huquqlarini, shu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonliklardan, qiynoqqa solishlardan yoki shafqatsizlik, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakllardagi muomaladan, himoya qilish majburiyatini oldi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunida bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida (4-modda) bolaning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, bolaning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini taʼminlash, bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash belgilangan.


Shu bilan birgalikda, ushbu qonunda davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrishi (7-modda), har bir bola oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga egaligi, davlat jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan himoya qilinishini amalga oshirishi belgilangan.
Yaqinda YUNICEF Bolalar huquqlari boʻyicha vakil bilan hamkorlikda trening tashkil etdi. U “Oʻzbekistonda bolalarni himoya qilish sohasida favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni oshirish” keng koʻlamli loyihasining bir qismi boʻldi.
Bunda Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi xodimlari uchun treninglar tashkil etildi.
Bizga yoki ommaviy axborot vositalarida bolaga nisbatan zoʻravonlik yoki shafqatsiz munosabatda boʻlgan bironta ham holat bizning eʼtiborimizdan chetda qolmaydi!
Eng yomoni, bolaning huquqlari, afsuski, reallik koʻrsatganidek, ota-onalar va boshqa yaqin qarindoshlar tomonidan poymol etilmoqda.
Shu oʻrinda Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xususiyatidan kelib chiqib masʼul organlarni (prokuratura, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, taʼlimni boshqarish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi va boshqa shu kabi) zudlik bilan xabardor qilishlari lozim.
Ayniqsa, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishi va tarqatilishi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishidan oldin masʼul organlarga xabar berilishi maqsadga muvofiq boʻlardi. Chunki bolalar mavzusining ommaviy axborot vositalarida yoritishning oʻziga xos etikasi va qonun-qoidalari, talablari bor. Jabrlangan bolalarni tanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar berilmasligi kerak.
Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachisiga aylanishadi. Oilada bolalar inson munosabatlari qoidalari bilan tanishadilar, hayotiy munosabat, ma'naviy qadriyatlarni o'rganadilar. Ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlar shaxsning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun ularga psixologiyada katta e'tibor beriladi.

Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling