Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim
Download 4.68 Mb.
|
8-sinf Sinf soati
Navoiy ruhi madadkor bo`lg`ay!
O`zbekiston Milliy bog`ida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan barpo etilgan haykalning tantanali ochilish marosimida Yurtboshimiz so`zlagan nutqidan: Mana, salkam bir yildirki, O`zbekistonimizda, O`rta Osiyoda, barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to`ylari- qutlug` ma’raka davom etmoqda. Bu to`y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulug`laydigan bayramdir. Bu to`y xalqimiz, O`zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi. Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlug` keldi, unutilmas sana bo`lib qoldi. Bu yil xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oshdi. O`zbekistonimiz davlat mustaqilligini e’lon qildi va o`z taqdirini endi o`zi hal qiladigan bo`lib qoldi. Biz bugun unutilmas, tarixiy voqeaning guvohi bo`lib turibmiz. Mustaqil O`zbekistonning poytaxti-aziz va jonajon Toshkentimiz bag`rida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va ulkan xalq milliy bog`ining ochilishida qatnashmoqdamiz. Mana shu fursatdan foydalanib, Alisher Navoiy haykalini yaratgan haykaltarosh, me’mor va quruvchilarimizni, bog`ni bezatuvchi qo`li oltin mehnatchilarimizni sizlarning, aziz do`stlar, nomingizdan qutlashga va minnatdorlik bildirishga ruxsat bergaysiz. Chindan ham, quruvchilar samarali mehnat qildilar, to`rt-besh oy mobaynida to`rt-besh yillik olijanob ishni ado etdilar. Bunda men xalqimizning o`z ulug` farzandiga bo`lgan ulkan mehr-oqibatini ko`raman. Alisher Navoiy yurtni, diyorni ko`rkam, hosildor bog`lar og`ushida ko`rishni orzu qilar edi: Kim bu bog` ichra xiromon erur, Barchasi bir-biriga mehmon erur,-deb Odamlarni bir-biriga mehribonu shafiq bo`lishga, umr, hayot qadrini bilishga, do`st-birodarlikka chaqirgan edi.. Navoiy haykali, Navoiy bog`i shahrimizning, diyorimizning eng go`zal va asosiy ziyoratgohi bo`lib qoladi. Bu yer yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimizga, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli va maroqli bir oromgohga aylanadi. bugun bu bog` ijod ahli uchun ilhom va kamolot maskaniga aylanib ketgan. Alisher Navoiy bobomizga atab asarlar, she’rlar, kinolar, spektakllar va videofilmlar xalqimizga taqdim etilib bormoqda Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling