Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot:
Agar qon ketishi og’ir bo’lsa, jarohat olgan odamni yotqizib, oyoqlarini ko’tarish kerak.
Qonni vaqtincha to’xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin.
Darhol shoshilinch yordamni chaqirish.
Jarohatga tegish, yuvish, undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.
Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa, uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak; jarohat atrofiga yod, xlorgeksidin, vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor; yod jarohatga tushmasligi kerak.
Mashg’ulotni yakunlash::
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2.. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
20-Mavzu: Buyuk siymolarni yod etib. (Hazrat Alisher Navoiy va Bobur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “Alisher Navoiy-barcha zamonlar buyuk daho ijodkori, o`zbek adabiy tili asoschisi”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Alisher Navoiyga uning asarlariga bo`lgan hurmatni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Bir olamni istaymanki, unda bu olam odamlari bo`lmasa,
Va bu olam kishilari jafosidan unda g`am bo`lmasa.
Alisher Navoiy
O`qituvchi:
Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom yuzasidan bugun Navoiy bobomiz nomi bilan Navoiy viloyati, Navoiy kutubxonasi, Navoiy nomidagi teatr, Navoiy nomidagi stependiya, Navoiy nomi bilan ko`chalar, maktablar atalmoqda.
O`zbek xalqimiz Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom, ixlos va havas qilib o`z farzandlariga Alisher ismlarini qo`ymoqdalar. Bu ham xalqimizning yuksak ma’rifat va ma’naviyat sohiblari ekanligidan dalolat.
Do'stlaringiz bilan baham: |