Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim


Download 4.68 Mb.
bet22/42
Sana08.11.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1755965
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
8-sinf Sinf soati

MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
16-mavzu: Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilda ezgu niyatlarni orzu qilishni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
Prezidentimiz raisligida joriy yil 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar hamda ularni hal qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2017-yilning 10 oyi davomida yurtimizda 22 ming nafar yosh jinoyatga qo‘l urgani, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 875, maktab o‘quvchilari tomonidan 310 og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgani qattiq tanqid qilindi.
Xo‘sh, o‘smirlar nega jinoyatga qo‘l urmoqda? Ularning ota-onasi, ta’lim muassasasi, mahallasi bunday holatga nega befarq, loqayd munosabatda bo‘lmoqda?
Farg‘ona viloyatida bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘quvchilarning darsga muntazam qatnashishi nazoratga olinib, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan har bir huquqbuzarlik va jinoyat chuqur tahlil qilinib, mas’ul rahbarlarga tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, talabchanlikka, ijodkorlikka undab boradi.


Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling