Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim


Download 4.68 Mb.
bet21/42
Sana08.11.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1755965
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
8-sinf Sinf soati

MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
15-Mavzu: Temperament tuzilmasini aniqlash.
Kun shiori: “Temperament tuzilmasini aniqlash”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishlikka undash, insonlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri 
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda 
xukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to`g`risidagi 
taassurotlar, o`tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, 
xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy 
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o`zaro o`rin almashtirib turiladi. 
Ruhiy olam kechishi, xususiyati, xislati, mexanizmi olohida individual tarzda 
namoyon bo`lish kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, insonlar tabiat 
hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki 
sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko`rsatadilar. 
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi 
nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham 
bevosita bog`likdir. Misol uchun, inson o`zi temperamentning qaysi tipiga
taalluqli bo`lishidan qat’i nazar, o`z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi 
qat’iy, qiziquvchan bo`lsa, uni tashkillashtirishda va nazorat qilishda 
uyushqoklik, harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatni 
bildirsa, ish sur’ati sekin va sust kechadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli 
individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy 
kechinmalarning dinamik xususiyatlari o`rtasida muayyan darajasida tafovut 
mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko`rsatish 
maqsadida qo`shimcha belgilar kiritiladi va o`ziga xos tarzda tavsiflab 
bsriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiq. 
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling