Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim


Download 4.68 Mb.
bet42/42
Sana08.11.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1755965
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
8-sinf Sinf soati

III.Yakuniy qism:Kitob o`qish odob-qoidalari bilan tanishtirish.
Ajdodlarimizdan o`rnak olib,bo`sh vaqtingizni kitob o`qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o`qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi mehnatingiz kitob o`qishdir.Kitob o`qish uchun mehnat sarflasangiz o`qimishli kishi,hatto katta olim bo`lib,O`zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz.
O`quvchilarni rag`batlantirish.

MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
33-Mavzu: Sinf o‘quvchilari ikki guruhga ajratilib, “Yo‘l qoidasi-umr foydasi” nomli musobaqa o‘tkazishni tashkillashtirish.(1soat amaliy mashg‘ulot)
34-Mavzu: Yozgi ta’tildagi rejalarim.
Kun shiori: “Yaxshi dam, mehnatga hamdam”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ta’tilni maroqli o`tkazish uchun tavsiyalar berish, ta’til o`quvchilar uchun keng imkoniyatlar davri ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ta’tilni kitoblar olamiga sayohat bilan boyitaman!”.


O`qituvchi:
Mana, hademay imtihonlar tugab, yozgi ta’tilga chiqasizlar. Lekin bu ta’tilda siz ko`proq, o`z maqsadlaringiz sari qadam tashlaysizlar. Yangi o`quv yilidan siz bitiruvchi hisoblanasiz va qanday kasb egasi bo`lasiz-u, qaysi akademik-litseyga yoki kasb-hunar kollejiga hujjatlaringizni topshirasiz. Shuning uchun ta’tilda imkon darajada mana shu masalalarga oydinlik kiritsangiz, ertaga qiynalmaysiz.
Ta’til asosan aqliy mehnat qiluvchilar uchun miyani dam oldirish.
Albatta, dam olish maskanlariga borasiz. Bundan tashqari kimlardir ota-onasiga yordam berish uchun ishlaydilar. Imkoni bo`lsa, qizlarimiz, o`g`il bolalarimiz ham ta’tilda birorta o`quv markazlarida til o`rgansa, hunar o`rgansa, bo`sh vaqtlarini foydali ish bilan o`tkazsa maqsadga muvofiq bo`lardi.
Aziz o`quvchilar, har bir kuningizni baddiy kitoblar, gazeta, jurnallar bilan o`tkazsangiz bu dunyoqarashingiz kengayshiga va mustaqil fikrlashingiz va nutqingizga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Hammangizga ta’tilni maroqli o`tkazishingizga omadlar tilab, quyidagi topshiriqni bajarishni boshlang.
O`qituvchi tomonidan har bir o`quvchiga oq qog`oz tarqatiladi.
O`quvchilar “Mening ta’til uchun rejalarim” mavzusida o`z rejalarini yozib beradilar.

MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling