Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim


Download 4.68 Mb.
bet5/42
Sana08.11.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1755965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
8-sinf Sinf soati

BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT
Do‘stim bekor o‘tmasin kuning, Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit, yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Tabiatni turfa tasvirlab, rasm chizib bera olgin tus.
Yoki qo‘shiq aytgin baralla, seni qo‘llar beshta tashabbus.
Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim, chempion bo‘l, olg‘a yur doim,
Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim, senga yo‘ldosh beshta tashabbus.
Internetdan bilgin jahonni, yangilikni tezda bilib ol.
Charchoqlarni engish chun bir oz, mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.
Kompyuter, texnika asri, rivojlanib bormoqda xanuz.
Sen ham o‘qib, o‘rganib olgin, imkon berar beshta tashabbus.
Kitob bilan do‘st bo‘lib olgin, o‘qib ko‘ngling to‘lsin nurlarga.
Tarix bizni osonlik bilan, etkazmagan ushbu kunlarga.
Kitob o‘qi, kitob sovg‘a qil, yoshlar bizdan olsinlar o‘rnak.
Maktab uchun sovg‘a qilsak gar, bir kitob ham bo‘ladi ko‘mak.
Ishsizlik ham chekinar ortga, har kim halol rizqini terar.
Yangi yangi ish o‘rinlarni, besh tashabbus yaratib berar.
Besh tashabbus besh imkoniyat, do‘stim uni sovurma ko‘kka.
Hammasidan foydalangin kel, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat yurakka.
Topshiriq: Vatanimizni madh etuvchi she’rlar aytiladi


MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
2-mavzu: Yo‘l belgilari (servis va qo‘shimcha axborot belgilari) joylashuvi (Yo‘l harakati qoidalari).
Kun shiori: “Yo`l belgilari”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tabiatni avaylash o`zimizni avaylash degan hikmatni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bilingki, dunyoning ko`zlari yoshlansa, uning boshiga g`am, kulfat tushgan bo`ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig` tutmanglar!”
O`qituvchi:
Yoʻl belgilari — haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va b. transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham takomillashib bordi. Yoʻl belgilaridagi grafiklar, texnik tafsilotlar 1968 y.da Venada oʻtkazilgan "Yoʻl belgilari va signallari haqidagi konvensiya" hamda bu konvensiyani toʻldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasida 2001 y.da xalqaro meʼyorlar asosida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi "Yoʻl harakati qoidalari" ishlab chiqildi. Bu qoidalarga Y.b.ning quyidagi asosiy 4 ta: ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi guruhi va undan tashqari axborot-ishora, servis, qo'shimcha axborot belgilari kiritilgan.
Ogohlantiruvchi belgilar — yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻlning harakatlanishda vaziyatga qarab chora koʻrishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek yoʻlning tor qismida yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qoʻllaniladi. Taqiqlovchi belgilar — yoʻl harakatiga maʼlum cheklashlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllaniladi. Buyuruvchi belgilar — transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishda yoki faqat maʼlum yoʻnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi. Axborot-ishora belgilari — harakat qatnashchilariga yoʻldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Servis belgilari — transport vositalari, yoʻlovchilar va haydovchilarga xizmat koʻrsatish joylari xaqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Qoʻshimcha axborot belgilari — ular bilan birgalikda qoʻllanilgan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini cheklash uchun qoʻllaniladi.



Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling