Bolalarni maktabga tayyorlashda muloqot masalalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1094129
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bolalarni-maktabga-tayyorlashda-muloqot-masalalari-ilm-yo-li-dasturi-misolida

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 246
turlarini tashkil etadi.Mashg’ulotlardan tashqari sayr va kuzatish , ovqatlanish
davomida mulqoqotga kirishadi.Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti 
uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib 
xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy 
faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda 
pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning 
qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli 
harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga 
maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi [22]. Agarda 
pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, 
matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali 
bo‘ladi [23]. 
Pedagog kun davomida olib borilgan ta’limiy faoliyatlarni xulosalash bo’yicha 
kun yakunida kun natijalari bo’yicha qisqacha suhbat o’tkazishi bolalarni xotirasini 
mustahkamlash va muloqot faolligiga erishishga sabab bo’ladi [24]. Muloqot faolligiga 
erishish uchun “Ilm yo’li ‘ dasturida pedagogning ta’lim tarbiyaviy faoliyati va 
ertalabki doira suhbatlari ,rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlarning to’g’ri 
qo’yilishi bolalarni maktabga tayyorlashda muloqotni shakllantirish uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi [25]. Ta’lim va tarbiya faoliyatida didaktik o’yinlar orqali bolalarning
lug’ati faollashtiriladi ,to’gri va chiroyli tilda o’z fikrlarini ifoda etishga 
o’rgatiladi.xulosa qilib aytganda “Ilm yo’li ‘variativ dasturi orqali inklyuzif 
tamoyillarga tayanilib ta’lim tarbiya jarayonlari tashkil etiladi Muloqotda 
tashabbuskorlik , sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik va emotsiyalar shakllanib 
boradi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling