Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish
OPERATSIYADAN KEYIN YUZ BERADIGAN ASORATLAR
Download 38.17 Kb.
|
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hiqildoqning shishishi
- O‘pka shishi.
- Birinchi yordam
OPERATSIYADAN KEYIN YUZ BERADIGAN ASORATLAR
Qon ketishi operatsiyadan keyin qon oqishini to‘xtatish yetar- licha bo‘lmasligi, qon tomirdan ligatura surilib tushishi va qon ivishining buzilishi natijasida ro‘y beradi. Agar qon ketishi birinchi ikki holat tufayli kelib chiqsa, bemor operatsiya stoliga darhol qaytadan yotqiziladi va jarohat ochilib sinchiklab ko‘zdan kechiriladi va qon oqishi uzil-kesil to‘xtatiladi. Qonning ivish xususiyati buzilganda antikoagulantlar, kalsiy xlorid, vikasol, amino- kapron kislota, yangi sitrat qon va boshqalar qo‘llash lozim bo‘ladi. Hiqildoqning shishishi aksariyat endotraxeal narkozdan keyin paydo bo‘ladi. Bunda tovush bo‘g‘iq bo‘lib chiqadi yoki butun- lay yo‘qoladi, nafas olish va chiqarish qiyinlashadi, bezovtalik oshib boradi, nafasda qo‘shimcha mushaklar qatnasha boshlaydi. Bu xatarli asoratning profilaktikasi narkoz berishni texnik jihat- dan to‘g‘ri o‘tkazish hisoblanadi. Davosi antigistamin preparatlardan dimedrol, pipolfen, sup- rastin; shishga qarshi dorilardan kalsiy xlorid, gidrokortizon qo‘l- lash; mentol, sodali eritma, nam kislorod bilan ingalatsiya qilish, ko‘krakka gorchichniklar, oyoqqa isitgichlar qo‘yish hisoblanadi. Konservativ davo foyda bermagan taqdirda traxeostomiya qo‘yiladi. O‘pka shishi. O‘tkir yurak-tomirlar yetishmovchiligi va o‘p- kada qon dimlanib qolishi bo‘g‘ilish xuruji bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘ilish xurujida nafas olish ham, nafas chiqarish ham qiyin- lashadi, bu holat bemorda o‘lim vahimasi bilan kechadi. Bunda bemor, odatda, majburiy holatni egallaydi, oyoqlarini pastga tu- shirib o‘tiradi, terisining rangi ko‘kimtir tusda bo‘ladi, ter bosadi, nafas olish va puls keskin tezlashadi. Xuruj quruq yo‘tal yoki ko‘- pikli balg‘am ajralishi bilan o‘tadi. Birinchi yordam ko‘rsatishda operatsiya hamshirasi bemorni o‘tqazib, oyoqlarini o‘rindan tushirib qo‘yishi, kislorod ingala- tsiyasini ta’minlashi lozim. Venaga 0,5 ml 0,05% li strofantin eritmasi yoki 1 ml 0,06% li korglikon eritmasi 20 ml osh tuzi- ning izotonik eritmasi yoki 5% li glukoza eritmasi bilan yuboriladi. Shu vaqtning o‘zida 2 ml (40 mg) laziks yuboriladi. Shular bilan birga 10 ml 24% li eufillin eritmasini birga qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarurat bo‘lganda qon olinadi (500 ml gacha) yoki oyoq- qo‘lga venoz jgutlar qo‘yiladi. Parotit — quloq oldi bezining yallig‘lanishi aksariyat operatsiyadan keyingi davrda darmonsizlangan va yoshi ulg‘aygan kishilarda paydo bo‘ladi. Ko‘pincha og‘iz orqali ovqatlanmay- digan yoki suyuq ovqat ichadigan bemorlarda chaynov mushak- lari funksiyasi yo‘qolib, so‘lak bezlari sekretsiyasi buziladi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘ida mikroblar rivojlanishiga va ularning so‘lak yo‘l- lari orqali bezga o‘tishiga sharoit yaratadi. Bunda bezning ikkalasi yoki bittasi yallig‘lanadi. Bez og‘riydi, shishadi, og‘izni ochish, chaynash, gaplashish qiyin bo‘lib qoladi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashib, harorati ko‘tariladi. Parotit profilaktikasi uchun so‘lak bezlari funksiyasini quv- vatlab turishga e’tibor berish; og‘izni limon bo‘lakchasi bilan ar- tish, og‘izni kuchsiz antiseptik eritma bilan chayib turish, til ostiga 1% li pilokarpin eritmasidan 3—4 tomchidan kuniga 3 mahal tomizish lozim. Davolashda mahalliy isituvchi kompresslar, kontrikalni 20000—30000 TB dan venaga tomchilab yuborish, fizioterapiya muolajalari, kasallikning boshlang‘ich davrida antibakterial preparatlar tayinlash lozim. So‘lak bezi yiringlab ketganda kesiladi va yiringdon bo‘shliq drenaj qilinadi. Download 38.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling