Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3
Download 69.29 Kb.
|
Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning nazariy pedagogik asoslari 8
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 51 Ilovalar 1-3 2 KIRISH
Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3 Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari MUNDARIJA: Kirish 3 BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning nazariy pedagogik asoslari 8 Bolalarni tartib-qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining Vazifalari Maktabgacha yoshdagi bolalarni ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari BOB. Bolalar ruhiyatni o'rganishning pedagogik asoslari 25 Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari Tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi 1 Umumiy xulosa va tavsiyalar 48 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 51 Ilovalar 1-3 2
Kursish mavzusining dolzarbligi. Jamiyatning ravnaqi uning o'sib kelayotgan yosh avlodga bo'lgan munosabati va ularga yaratayotgan imkoniyatlarga bog'liq. Har qanday mamlakat sog'lom va barkamol, el - yurtiga sadoqatli, iymon - e'tiqodli farzandlari bilan faxrlanadi, ularga suyanadi. Shunday fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalq kelajakka katta ishonch bilan qaraydi, istiqboli porloq bo'ladi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo„ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa bu maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo’lmog’i lozim deya ta’kidlab o’tdilar. Ushbu fikrning isboti sifatida mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yaqqol misol bo’la oladi. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni ustuvor ravishda tayyorlash va joy-joyiga qo’yish kabi muammolarning hal etilayotganligi barchamizni quvontirmoqda. Bu borada mamlakatimizning birinchi Prezidenti I. Karimov aytganlaridek, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo„lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko„ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo„lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo„qotsak, bu o„ta muhim ishni o„z holiga, o„zi bo„larchilikka tashlab qo„yadigan bo„lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo„g„rilgan va ulardan oziqlanadigan ma’naviyatimizdan, tarixiy 3
Dunyoda sodir bo„layotgan voqealar, inson ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko„rsatishga intilishlar, xalqaro terrorizmning avj olishi albatta ma’naviy tarbiyaga salbiy ta’sir ko„rsatmay qolmaydi, biroq xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni ushbu ta’sirlardan himoya qilish bugungi kunda kechiktirib bo„lmas masaladir. Maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri - bu “Ta’lim to„g„risida”gi Qonun [5] va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”[6] asosida Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar yoshlarni o„z xohishi, irodasi va intilishiga qarab, ularga chuqur bilimlar berish, o„tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to„la xoli bo„lgan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashdir. O’zbekiton Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi, psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota - onalar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu tarbiyaviy jarayonda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini o’rganish, ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishga xizmat qiladi. O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o’stirish, jamiyat ravnaqi va rivojlanishi yo’lida fidoiylik ruxi bilan singdirilgan xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha ta’lim oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Xususan har tomonlama rivojlangan barkamol insonni 1 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008, 3-b. 4
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma„naviy va milliy sifatlarni tarbiyalash ham muhim ahamiyatga ega. Ta„lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta„minlash, tarbiyachi va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishdagina emas, balki bolalarni milliy- ma’naviy meros materiallaridan foydalanib ularni tartib qoidalarga o’rgatib borishda ham katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi: Tartib-qoidalar - shaxsning bosiqlik, ichki uyg’unlik sifatlari, jamiyat yoki davlat tomonidan belgilangan qoidalarga bo’yso’nishga tayyorgarlik va shunga odatlanganlik bilan xarakterlanadi. Tartib-qoidalarga o’rgatish juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Muammoni o’rganish zamonaviy sharoitda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning milliy qiyofasida aqliy, ma„naviy - axloqiy, jismoniy, badiiy-estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik madaniyat hamda, kasbiy malaka hamda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalariga ega bo’lish bilan bir qatorda tartib-qoidalarga bo’yso’nish sifatlarini tarbiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 69.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling