Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3
Download 64.69 Kb.
|
Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning nazariy pedagogik asoslari
- “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch”
Kursishning tuzilishi va hajmi: Kursish kirish, ikki bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat bo’lib, umumiy hajmi 54 betni tashkil etadi.
7 BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning nazariy pedagogik asoslari Bolalarni tartib-qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining Vazifalari O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10- moddasida va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim to’g’risida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 11- moddasida ham “Maktabgacha ta’lim muassasalari bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabga o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi” deyiladi [5;6]. “Bu ta’lim olti - yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”, deb ta’kidlansa, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da “Maktabgacha ta’limning samarali psixologik usullarini izlash va joriy etish”, degan talabni qo’yadi [6; 8-9]. Maktabgacha ta’lim bola 6 - 7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat yoki nodavlat Maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Sir emaski, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimiga mamlakatimizda katta e’tibor qaratilgan. Buni butun dunyo rivojlangan mamlakatlari ham tan olmoqda. Bunga sabab Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston kelajagini qurishda asosiy ishtirokchi bo’ladigan bolalarni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berdilar. Jumladan, uning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” nomli asarida ham “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan. Bolaning ongi asosan 5 - 7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi”, deyilgan [3; 54-55]. Ushbu fikrlar nafaqat oila va oila muhitiga ta’luqli, balki Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim - tarbiya jarayonining barcha jabhalariga tegishli. Chunki, 8 bolalar shakllanishining eng muhim - maktabgacha bosqichi ham aynan 5 - 7 yoshdagi bolalarga to’g’ri keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etishdan asosiy maqsad bolalar ta’lim - tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq keladigan hamda har tomonlama yetuk va sog’lom bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart - sharoitlar yaratish va bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota - onalarga yordam berish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda: bolalar sog’lig’ini mustahkamlash va ularning hayotini muhofaza qilish; bola shaxsiga to’g’ri munosabatni shakllantirish; bolaning ma’naviy, jismoniy va intellektual rivojlanishiga hissa qo’shish va ularning bilimga qiziqishini rivojlantirish hamda mehnat ko’nikmalari elementlarini shakllantirishga ko’maklashish; bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o’rgatish; bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari ta’limiga tayyorlash kabilar muhim hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi bo’libgina qolmay, balki u ijodkor, madaniyatli, ma’naviyatli, ijtimoiy faol, fidoyi, ma’naviy jihatdan yetuk shaxsni shakllantirishning asosi hisoblanadi. Tartiblilik tushunchasiga “Oliy talim - lug’at ma’lumotnomasi” da shunday ta’rif berilgan. “Tartiblilik shaxsning bosiqlik, ichki uyg’unlik sifatlari, jamiyat yoki davlat tomonidan belgilangan qoidalarga bo’yso’nishga tayyorgarlik va shunga odatlanganlik bilan xarakterlanadi”[30;110]. Ma’lumki, tartiblilik ma’naviy tarbiya negizida shakllanadigan axloqiy kategoriya bo’lib, uning shakllanishida tarbiyachining xizmati katta. Tarbiyachi maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg’ulotlar davomida va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda ham turli tarbiyaviy usullardan foydalanib, bolalarda ongli tartibni tarbiyalab boradi, guruhda aniq rejim va ichki tartib o'rnatishga kirishadi, jihozlash, tozalik va tartibni joriy etib boradi. 9 Bu ishlarni tarbiyachi bir o'zi emas, balki ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Guruhda tartibni saqlash va joriy qilish faqat tarbiyachining ishi deb tushunuvchilar ham uchrab turadi. Bu mutlaqo noto'g'ri fikr. tartib uchun butun guruh, pedagogik jamoa mas'uldir. tartibni shakllantirish juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Shunisi ham borki, ko'p vaqt qilingan mehnatni bir paytni o'zidayoq yo'qqa chiqarish mumkin. Masalan, ayrim tarbiyachilar guruhida bolalar jim, tartibli o'tirishadi, mashg’ulotni berilib tinglashadi, o'quv yumushlari bilan band bo'lishadi, ba'zi tarbiyachilarda esa buning aksi: bolalar qiy-chuv qilishadi, bir-biriga narsa yoki o’yinchoqlarni bermay to’polon ko’tarishadi va hokazo. Bunday ayanchli manzara har bir maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida uchrab turishi tabiiy. Nega shunday bo'ladi? Bu holatda aynan tarbiyachining o'zi aybdordir. Negaki u dastlabki mashg'ulotlaridayoq o'z «siri»ni bolalarga oldirib qo'ygan. O’ta ko'ngilchan, so'zlari, harakatlari ta'sirsiz, bo'shang, muloyim, bolalarni o'ziga jalb qilolmaydi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega emas. Xo'sh natija nima bo'ladi? Tarbiyachi o'z kayfiyatini buzadi, jismonan charchaydi, bolalarni uradi, mashg’ulot maqsadiga erishish u yoqda tursin, mashg’ulotni to'liq o'tolmaydi, bundan ham yomoni bolalar tartib-qoidalarni buzadi, guruhda tarqoqlikni, boshboshdoqlikni vujudga keltiradi. Mana, sizga birgina bo'shang tarbiyachining keltirgan ziyoni. Bolalarda tartibni tarbiyalamasdan turib, ularni maktabgacha ta’lim muassasalariga, atrof-muhitga, kishilarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, uy vazifalarini bajarishga, saranjomlikka o'rgatish qiyin. Ongli tartibni tarbiyalash - maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tarbiyachilar huddi shunday holatlarga o'z e'tiborlarini qaratishlari lozim. Butun guruh tarbiyachilari oldiga yagona pedagogik talablarni, qattiqqo'llikni, guruhda tartibni saqlash, bolalarga bo'lgan talabchanlikni oshirishni alohida vazifa qilib qo'yish lozim. Sharqning faylasuf shoiri Shayx Sa'diy: Agarda muallim bo'lsa beozor, 10 Bolalar guruhni qilishar bozor, - deb bejiz aytmagan[33; 45]. Yana shuni ham aytish kerakki, tartib-qoidalarga amal qilish deganda bolalarning guruhda qimirlamay o'tirishini emas, balki ongli tartibni tushunish kerak. Ko'pgina tarbiyachilar o'zicha tartib o'rnatmoqchi bo'ladilar. Guruhga qosh- qovog'idan qor yog'dirib kiradilar, dag'-dag'a qilib bolalarni siquvga oladilar, gah desa qo'lga qo'nadigan qilmoqchi bo'ladilar. Bu bilan mutlaqo kelishib bo'lmaydi. Zo'ravonlik asosiga qurilgan tartib yaxshilikka olib bormaydi. Bu murg'ak qalblarga adovat urug'ini sochadi, ularni sovuqqon, qo'rqoq, jur'atsiz, yolg'onchi, qilib qo'yadi. Guruhdagi tartib- tartibni saqlashning eng yaxshi usuli bolalar ishonchini qozonishdir. Mashg’ulotni qizg'in, ijodiy, ko'rgazmali qurollar yordamida, pedagogik texnologiyalarga asoslangan, didaktik o’yinlar asosida ular havasini va hayratini uyg'otish, lol qoldirish, mashg’ulot o'tilgach birorta ham bolalarni «beish» qoldirmaslik - har biriga o'ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir. Tartibli bo'lish nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalarida, balki bolalarning kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so'qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi tartiblilikni tarbiyalashda bolalarning ota-onalari bilan ham ish olib borishi kerak. Guruhning jihozi va ko'rinishi bolalarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyachining ko'rgazmali qurollardan samarali foydalanishi, bolalarni mashg’ulotdan bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda bolalarning jamoat topshiriqlarini bajarishini, to'garaklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak. Bolalarni sevish, ularni hurmat qilish yaxshi xislatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar tarbiyachi o'z bolalariga nisbatan befarq, ayniqsa mensimasdan munosabatda bo'lsa, bunday tarbiyachini bolalar hurmat qilmaydi va obro'si tushib boradi. 11 Guruhdan va maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo'nalishlarini topib joriy etishga bog'liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ko'rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Bolalarda tartiblilikni tarbiyalashda tarbiyachi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi: bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda xalqning boy milliy, ma'naviy tarxiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etish; tartiblilikni tarbiyalashda shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishi; tartiblilikni tarbiyalashda bolalarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi xissini uyg'otish; bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o’z malakalarini tobora o'stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; har bir bolani bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, inson faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko'rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo'llab-quvvatlash uchun shart- sharoitlar yaratish; 12 Download 64.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling