Mavzu: aqliy ta’lim tushunchasi


Download 239.46 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi239.46 Kb.
#1563539
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16. AQLIY TA’LIM TUSHUNCHASI

MAVZU: AQLIY TA’LIM TUSHUNCHASI


REJA:
  1. KIRISH


  2. ASOSIY QISM

  1. Aqliy ta’lim haqida tushuncha.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi

  3. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashda innovatsion tеxnologiyalardan foydalanish.
  1. XULOSA


  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qo`shilishini ta'minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni etuk va malakali yoshlarsiz hal etib bo`lmaydi. Shu bois respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va vazifasi inson va uning har tomonlama o`sib ulg`ayishi, kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini, ularning ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirishga qaratiladi.
Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o`zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Shu jihatdan olib qaralganda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida muhim o`rin tutadi. Maktabgacha ta'lim – bola tug`ilganidan to etti yoshgacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini, maktabgacha ta'lim muassasa sharoitida talim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini o`z ichiga oladi.
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da esa “...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart- sharoitlar yaratish” masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yildi”.1 Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi.

Download 239.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling