Mavzu: aqliy ta’lim tushunchasi


MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHNING O‘ZIGA XOSLIGI


Download 239.46 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi239.46 Kb.
#1563539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16. AQLIY TA’LIM TUSHUNCHASI

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHNING O‘ZIGA XOSLIGI.


Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta` tashkilotlarini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli
ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin.
Oʻzbekistonda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining zamonaviy tizimi Maktabgacha ta`lim tashkilotlari, faoliyat yoʻnalishiga koʻra, quyidagi
turlarga boʻlinadi:

  • Bolalar yaslisi, bolalar yasli bogʻchasi, bolalar bogʻchasi, uydagi bolalar bogʻchasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).

  • Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich ta`lim mussasasi (bolalar bogʻchasi-maktab).

  • Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yoʻnalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.

  • Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi ogʻishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bogʻchasi.

  • Tibbiyot gigiena, profilaktika va sogʻlomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sogʻlomlashtirish bogʻchasi.

  • Birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sogʻlomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan koʻrinishda kiradi).

Maktabgacha ta`lim tashkilotlariining ish tartibi va u yerda bolalarning boʻlish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga boʻlgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan boʻlib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sogʻliqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy- tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotlarini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablagʻlari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida oʻquv-ta`lim va sogʻlomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus
maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi toʻliq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari toʻgʻrisidagi Nizom” da koʻrsatilgan.
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o’yin, mеhnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar, bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, еtakchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga kеladi.
Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o’rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.

Download 239.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling