Mavzu: aqliy ta’lim tushunchasi


“Avval nima bo`lgan edi?”


Download 239.46 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi239.46 Kb.
#1563539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16. AQLIY TA’LIM TUSHUNCHASI

“Avval nima bo`lgan edi?”


Bu o`yin shartiga ko`ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo`lganini aytishlari kerak. Masalan: jo`ja (tuxum), ot (toychoq), kapalak - (qurt) kabilar. Bundan tashqari bittadan ko`p ma`noga ega bo`lgan so`zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un - bug`doy, uy - g`isht - loy, stol - yog`och
– daraxt – urug`, ko`ylak – mato – ip – paxta - chigit tarzida.

“Taqqoslash”


Bu o`yin mashg`ulotda bolalarda ikkita bir – biriga o`xshash narsalar beriladi va ularning o`rtasidagi farqlarni topish topshiriladi. Bolalar ularni taqqoslab
ko`rishlari va farqini aytishlari kerak. Masalan: daftar bilan kitob. Bu topshiriqni bajarishda “VENN” diogrammasi va “T” sxemasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
qiladi
maqollar
tez aytishlar o’rgatadi

Umumiy belgi




Daftar Kitob
Ma'lumki o’yin faoliyati bolalar hayotining mazmunini tashkil etish bilan birga, ularni atrofni, qolavеrsa, barcha yaqinlarini tanishga yordam bеradi, kеlgusi o’quv faoliyatiga ruhan, aqlan tayyorlab boradi. Ayni paytda o’yin bola uchun ermak, quvonch manbayi hamdir. Bolaning diqqati, xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini hamda dunyoqarashini shakllantirishga, o’tsirishga xizmat qiladigan vositadir. Bu jihatlar bolaning bundan buyongi hayotida muhim o’rin tutadi.
Kichkintoylarda o’yinga bo’lgan qiziqish shu darajadaki, ba'zilar faqat o’yin bilan band bo’lg’isi kеladi. «Kеling, birga o’ynaylik», «Dadajon, onajon, o’yinchoq olib bеring» kabi iltijolarni ko’p eshitishimiz mumkin. Bu takliflarga qo'nib, hamma ishimizni bir daqiqa nariga surib, charchog’imiz, tashvishlarimizga qaramay:
«Bo’pti, qaysi o’yinni o’ynaymiz?» dеsak bormi, bir onda biz yo’lovchi, haydovchi, o’quvchi, ochko’z bo’ri, qo’rqoq quyon, ukolli doktor va boshqa pеrsonajlarga aylanib, ularning quvonchlariga sabab bo’lamiz. Bola bilan o’ynar ekanmiz, biz ham o’z oldimizga maqsad qo’yib borishimiz kеrak. O’yin davomida albatta biz ularning xohishi, istagi bo’yicha harakat qilishimiz, bizning shu paytdagi asosiy ishimiz bolaning aytganlarini bajarib, uni xushnud qilish, vaqtini chog’lash va shu asosda muayyan ko’zlagan niyatimizni amalga oshirib, bolani ma'lum maqsadga yo’naltirishdir. Masalan, biz bola idrokini rivojlantirishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’yishimiz mumkin. Idrokni o’stirishga qaratilgan o’yinlar bolada narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko’ra taqlil qilish malakasini shakllantiradi.
Maktabga tayyorlov davriga kеlib, bolalar rang qatoridagi 7 xil rangni bеmalol farqlay oladilar. Ular asosiy gеomtrik shakllar (doira, turtburchak, to’g’ri turtburchak, uchburchaklarni bilishlari lozim. Namunaga ko’ra, yoki nomi aytilgan ma'lum bir shakldagi narsalarni ajrata olishlari kеrak. Shundan kеlib chiqib, sizlarga 3-4 yoshli bolalar uchun o’yin mashg’ulotlarini tavsiya etamiz.
«Nima dumalaydi?»
Bu o’yin mashg’uloti oqqali bolalar narsalarning shakli bilan tanishadilar. Shunday qilib bolalar bilan quvnoq o’yin – musobaqa uyushtiriladi.
- Kim o’z qo’lidagi shaklni pol yoki stolga o’rnatilgan o’yinchoq darvozadan tеzroq dumalatib o’tkaza oladi.
Dumalatish uchun sharcha yoki kubni taklif etamiz. Avvaliga bolalar uchun darvozaga nimani dumalatib kiritishning farqi bo’lmas, lеkin bir nеcha urinishdan so’ng u sharchani tanlagan odam yutayotganligini tushunib koladi. Ana shunda kеlasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi shu paytda:
- Nеga aynan shu shaklni, sharni dumalatmoqchisan – dеb so’raymiz. Unga xatti-harakatlarini asoslashiga, xulosa chiqarishiga yordamlashamiz. «Sharcha dumalaydi, kubik dumalamay to’xtab qoladi». Bola e'tiborini kubdagi o’tkir qirralarga qaratamiz. Sharning tеkisligini, qirralari yo’qligini ko’rsatamiz.
Rasmda oddiygina doira va to’rtburchak shaklida namoyon bo’ladi. Bolaga shar va kub rasmini chizishni taklif etamiz.

Download 239.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling