Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Download 369.14 Kb.
bet58/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

2. Qish fasliga tavsifnoma

2.1. Ob-havodagi o'zgarishlar. 
Kalendar bo'yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi. Aslini olib qaraganda, qish ba'zi 
hollarda ilgariroq boshlanishi ham nuimkin, chunki xalq maqolida aytilganidek: «Yil yilga to'g'ri
kelmaydi». 


Ob-havodagi o'zgarishlar. Ycrning ustki qatlamini qor qoplashi va suvlarning muzlashi
qishning boshlanishidan darakdir. 
O'zbekistonda qish o'ziga xos xususiyatga ega. Qor qatlamlari mumtoz bo'lmay, tez eriydi
va qishda bir necha martagina yog'adi. Odatda qor dekabr oyining boshlarida yog'adi. Qishning 
ikkinchi yarmida — yanvar oyida, fevral oyining boshlarida ko'proq qor yog'adi, mart oyida ham
bir oz yog'ishi mumkin. 
Dekabr oyida sovuq tushib, teztez shamol esib turadi. Dekabr oyida barvaqt qor yog'ishi
Toshkent sharoiti uchun xos bo'lgani bilan, bunday hoi kamdankam bo'ladi. Hatto, dekabr oyida 
shunday kunlar bo'ladiki, bunda harorat +20+25 darajagacha ko'tariladi. Masalan, 1955 yilning
dekabr oyida mahalliy vaqt bilan soat 6 dan 12 minut o'tganda bahordagi singari momaqaldiroq, 
chaqmoq bo'lib, do'l aralash yomg'ir yog'gan.
Yanvar oyida odatda qor yog'adi, lekin tez erib ketadi. O'rtacha harorat butun oy davomida 
+4—6°C atrofida bo'ladi, biroq ba'zan janubisharqdan iliq shamol «garmsel» esishi natijasida
haroratning keskin ko'tarilishini payqash mumkin. Kunduz kunlari harorat +17+20 darajagacha 
isiydi. Vaqtincha iliq va quyoshli havo bo'ladi. Shunday vaqtlarda daraxtlar va butalar kurtak
chiqarib qoladi. Keyinchalik yengil ayoz ta'siri ostida astasekin yana havo sovib qoladi. 
Fevral oyida quyosh yuqoriroq ko'tariladi, kun ancha uzayadi. Fevralning birinchi o'n
kunida odatda kun iliq, quruq bo'ladi, harorat +17+19 darajagacha ko'tariladi. Ikkinchi o'n 
kunlikda unchalik qattiq sovuq boimay, kuchli qor yog'ib o'tadi. Ba'zi vaqtlarda uchinchi o'n
kunlikda ham qattiq sovuq tushib, qor quruq yog'adi. Daraxtlarning shoxlari oqarib, qattiqqina 
qor qatlami hosil bo'ladi. Qushlar ovqat topib yeyishga qiynaladilar.


Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling