Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar


Download 369.14 Kb.
bet61/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

2.4.Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar. Dekabr oyida ko'pgina yowoyi hayvonlar
qishlash uchun o'z uyalariga kirib oladilar. Toshkent viloyatining shahardan chetdagi ba'zi bir 
tumanlaridagina shu vaqtda oziqovqat qidirib o'z uyalaridan chiqqan hayvonlarni (qaragan
tulki, qo'shoyoqlarni) uchratish mumkin. Dekabr oyida oziqovqat topish maqsadida tog'lardan 
sahro bo'rilari tushib keladilar va ko'pgina mollarga hujum qiladilar, itlarni g'ajib, ba'zi
vaqtlarda qishloq chetidagi poliz, hovlilarga kirishga urinadilar. Sahro bo'rilari unchalik katta 
boimay, juni kalta, dag'al tusda bo'ladi. Uning rangi atrof muhitga qarab o'zgarib turishi
mumkin.

Yanvar, fevral oylarida tabiat burchagi sharoitida ba'zan toshbaqalar uyg'ona


boshlaydilar. Shu vaqt ularga ovqat berish zarur. Bolalar esa toshbaqalarni zo'r qiziqish bilan 
boqadilar. Toshbaqa karam barglarini, qirilgan sabzi, ko'k suli, sutda ivitilgan non, grechiha va suli
bo'tqalarini zo'r ishtaha bilan yeydi. 
Qish faslida Sirdaryo vohasidagi cho'llarda uchraydigan mahalliy karagan tulkilar
junining tusi o'zgaradi. Odatda uning juni och kul rang bo'lib, sahro va cho'llardagi loylarning 
tusiga mos keladi. Qish faslida esa uning beli, bo'yni va yelkasi zang tusini beruvchi och sariq
tusga kiradi. Dumining uchi va qorni oqaradi. Karagan tulki, asosan, cho'ldagi yumronqoziq va 
qumsichqonlar singari kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Ba’zan tovuqlarga ham hujum qilib
qoladi. U qishloq xo'jaligi zararkunandalari bo'lgan kemiruvchilarni yeb tugatishi va yaxshi 
mo'yna berishi bilan bizga foyda keltiradi.
Fevral oyida yovvoyi hayvonlar hamda uy hayvonlarida bahorgi tullash boshlanadi. 
Tulkilar, qo'shoyoqlar, bo'rilar, quyonlar, qumsichqonlar va boshqa hayvonlar po'st tashlaydilar.
Ularning yungi tushib, terilari ko'rimsiz bo'lib qoladi. Uy parrandalari, ayniqsa tovuqlarda katta 
jonlanish boshlanib, ular tuxum qilishga kirishadilar.





Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling