Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


«Ekosan» jamg'armalari faoliyati


Download 369.14 Kb.
bet74/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

2.«Ekosan» jamg'armalari faoliyati
«EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro jamg'armasi 1992yili Ta'sischilar 
konferensiyasida tashkil qilingan bo'lib, u notijorat, nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi.
Jamg'arma faoliyatidagi konsepsual asoslar: 
—ekologiya va salomatlik, fan, madaniyat, tibbiyotga ishlab chiqarish faoliyatining asosiy
mezoni sifatida qarash; 
—O'rta Osiyoda mintaqaviy biosferaning yaxlitligi tamoyili asosida iqtisodiyekologik
tizimni shakllantirish; 
—ekologiya va salomatlik muammolari — xalqaro hamkorlikning bosh ustuvor
yo'nalishidir. Muhim ekologik muammolarni har taraflama o'rganish, ilmiy konsepsiya ishlab 
chiqish vffl ularni o'rganishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash maqsadida davlat va nodavlat
idoralari, xalqaro tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislarning kuchlarini birlashtirishga 
ko'maklashish;
—O'rta Osiyoda ilmiy asoslangan ekologik siyosatning shakllannishida ishtirok etish; 
—ekologik yo
v
nalishdagi jamoatchilik fikrlarini tashkil qilishda faol ishtirok etish;. 

—ekologik tafakkur va madaniyatni tarbiyalash.



Faoliyat yo’nalishlari; Atrofmuhitni muhofaza qilish masalalari, sogiom turmush tarzi,
ekologiya, sanitariyagigiyena bilimlari va kasallikning oldini olishni targ'ib qilish; 

—ekologik ta'limtarbiya va aholini atrofmuhit holati haqida xabardor qilish;


—ekologik halokat mintaqasida yashovchi aholiga tibbiy maslahatlar berish, davolash
kasallikning oldini olish borasida insonparvarlik yordamlari ko'rsatish;
—ekologiya va aholi salomatligini saqlashning dolzarb muammolari bo'yicha xalqaro 
anjumanlar, uchrashuvlar, seminarlar, simpoziumlar o'tkazish;
—ekologik inqirozga uchragan mintaqalardagi ijtimoiyekologik holatni o'rganish va uni 
yaxshilash bo'yicha hamkorlik choralarini ko'rish maqsadida xalqaro missiya tashkil qilish;
—gumanitar hamkorlik masalalari bo'yicha xalg'aro tashkilotlar, moliya institutlari, 
xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o'rnatish.
—tabiatni muhofaza qilish faoliyati va biznesni ekologiyalashtirishda boshqarishning 
iqtisodiy uslubini joriy etish;
—ekoturizmni rivojlantirish. 



Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling