Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodlari
Download 100.96 Kb.
|
Rivojlangan mamlakatlarda ta\'lim tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniya ta’lim tizimi
- “tafakkur ustaxonasi”
Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va 3 yillik o‘rta maktab 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir. Muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo‘lgan hollarda ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga Yaponiyada xususiy maktablar ham mavjud.
Yuqori o‘rta maktab 10,11,12-sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlari mavjud. O‘quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda o‘qiydi. Yaponiyada o‘quv yili -240, AKShda - 180 kun. Yozgi ta’til iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar kuniga 7 soatdan o‘qitiladi. Universitetlarga yuqori va o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipial, 31 tasi xususiydir. 1toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 3 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi, buning uchun eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘qitiladi. Germaniya ta’lim tizimi Germaniya – jahon film fani va madaniyati o‘choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi filmiy maktablarni, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn singari olim va ijodkorlari bilan dunyoga mashhur. Xalqaro doirada e’tirof etilgan olmon ta’lim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida e’tibor berildi. Ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, bir so‘zlilik xislatlari ham aynan ta’lim dargohlarida shakllanadi. Tafakkur ustaxonasi Germaniyada maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. Shu bois ham olmonlar bog‘chalarni “tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. Bepul va majburiy talim Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab ta’limi davlat nazoratidadir. Mamlakatda 16 ta federal hududlar mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga ega. Shu sabali federal hududlarning maktab ta’lim tizimida ayrim farqlar bor. Masalan, aksariyat hududlarda boshlang‘ich ta’lim 4 yil (birinchi sinfdan to‘rtinchiga qadar), poytaxt Berlinda esa – 6 yil. Ammo bu kabi farqlarga qaramasdan, barcha hududlar uchun miliy tartib-qoidalar amal qiladi. Germaniyada maktab ta’limi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda ta’lim olishi shart qilib belgilangan. Maktab ta’lim tizimi esa boshlang‘ich, o‘rta va yuqori bosqichlarga bo‘linadi. Bolalar 56 yoshdan boshlang‘ich maktabga qatnaydi. Boshlang‘ich maktabda o‘qish davri to‘rt yildan olti yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. Pedagoglar baho o‘rniga bolaning individual, psixologiya rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O‘quvchilarga 3sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Bunga ko‘ra, 1 – a’lo 2 – yaxshi 3 – qoniqarli 4 – yetarli, 5 – yetarli emas, 6 – qoniqarsiz. O‘quvchilar fanlarni eng kamida “4” ga o‘zlashtirishi kerak. Boshlang‘ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o‘tiladi. Tanlash imkoniyati Olmon ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchilar boshlang‘ichni tugatgandayoq kelajak yo‘lini aniqlab olishi zarur. Download 100.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling