Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika


IV. Mashg`ulotning borishi


Download 386 Kb.
bet2/11
Sana17.02.2023
Hajmi386 Kb.
#1204804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika

IV. Mashg`ulotning borishi
Bu punktda ham metodik usullar yozilmaydi, faqat mashg`ulothaqida batafsil yoziladi.
Mashg`ulotning borishi qismlarga bo`linadi. SHularning hammasini qisqa, aniq va ko`chirma gaplarsiz yozish kerak.
1. Mashg`ulotning nomi: elementar matematika.
1. Bolalar nut?ida "ko`p", "bitta-bittadan", "birorta ham" so`zlarni qo`llanilishini shakllantirish vа aktivlashtirish.
2. Programma mazmuni:
Bolalarni ayrim predmetlarni gruppadan ajratib olishga va ayrim predmetlardan gruppa tuzishga o`rgatishni davom ettirish, gruppadagi, barcha predmetlar uchun umumiy bo`lgan 1-2 belgini topishga bolalarni o`rgatish; bolalar nutqida "ko`p", "bitta", "bittadan", "birorta ham" so`zlarni qo`llanilishini aktivlashtirish, bir soni gapda ot vazifasida kelganida turlash.
Ill. Ko`rgazmali material:
O`yinchoqlar: gruppadagi bolalar soniga teng miqdorda archacha va quyoncha.
IV. Mashg`ulotning borishi:
1 qism: Bolalarni archachalarning ko`pligiga jalb qilaman. Keyin esa bitta archacha olib bolalardan menda nechta archacha borligini so`rayman, ulardan javob olgan har bir bolani bittadan archachа olishga taklif etaman va ularning har biridan nechta archacha olganligini so`rayman.Hammalari archachalarni olib bo`lganlaridan so`ng stolda bitta ham archacha qolmaganligini " ta`kidlayman va bolalarga archachani ko`zdan kechirishni taklif qilaman. Bolalardan archachalarning rangini, har birida nechtadan archacha borligini savollar berib so`rayman, so`ng umumlashtiraman.
Hamma bolalarda bittadan archacha borligini stol ustida bitta ham archacha qolmaganligini ta`kidlayman va bolalarga hammalari birgalikda birorta ham archacha qolmaganligini aytishni taklif qilaman. SHundan so`ng hamma bolalarga bittadan archachani stol ustiga olib kelib qo`yishlarini aytaman va bolalarning har biridan nechta archacha qo`yganligini so`rayman. SHundan so`ng archalar ko`payib qolganligini ularga tushuntiraman. Oxirida esa archalar ko`pligini aytib yakunlayman.
2 qism: Bunda xuddi shunday mashqni quyonchalar bilan o`tqazib, bolalarni gruppadagi predmetlarning hammasi uchun umumiy bilishlarni ko`ra bilishga o`rgataman. Ulardan archacha vа quyonchalar rangini so`rayman. Ularning javoblaridan xulosa qilaman.



Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling