Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika


Bolalarda matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash


Download 386 Kb.
bet7/11
Sana17.02.2023
Hajmi386 Kb.
#1204804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika

Bolalarda matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash
Bolalar olgan bilimlari kundalik hayotda, o‘yinda, mehnatda, turmushda, shuningdek boshqa mashg‘ulotlarda doim mustahkamlanishi juda muhim.
Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o‘yinlar, jumladan, xalq didaktik o‘yinlari, piramidachalar va boshqa o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Fazoda mo‘ljal (oriyentatsiya) olish mashqlarini ta’minlovchi o‘yinlarga katta ahamiyat beriladi.
Jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlarida bolalarning tartib sanoq bilan shug‘ullanishlariga, harakat yo‘nalishlarini aniqlashlari va hokazolarga to‘g‘ri keladi.
Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular orasida o‘lchov munosabatlarini o‘rnata olish malakasi, buyumlar orasida fazoviy munosabatlar o‘rnata olishdan tashqari bolalar har doim rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruksiyalash va boshqa mashg‘ulotlarida foydalanishlari lozim.
Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va ta’sirchanroq bo‘lib boradi, yangi sharoitlarga o‘tkaziladi, bolalar ularni mustaqil qo‘llashga o‘rganadilar, ularning foydasiga tushunadigan bo‘ladilar.
Bolalarning sanashning, o‘lchay olishning muhim ekaniga ishonch hosil qilishlarida ularga yordam berish zarur. Kattalar o‘zlarining matematik bilimlaridan qanday foydalanishlari (masofani o‘lchashlarini, o‘lchovni qanday olishlari buyumlarni sanashlarini va h. k.)ni kuzatish tashkil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o‘lchay olish, sanash va hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg‘otish zarur. Bu maktabda matematikani muvaffaqiyatli o‘rgatishning garovi bo‘ladi.

Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o‘qitishning har xil usullari — amaliy, ko‘rsatmali, og‘zaki, o‘yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar— mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshkalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e’tibor berib turishi quyidagilarni ta’minlaydi:
-elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;
-tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o‘lchami, shakli bo‘yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o‘lchami yoki soni bo‘yicha orttirish yoki kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan obyektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog‘lanishlarini aniqlash malakasi;
-bolalar o‘zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo‘yish, sanash, o‘lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo‘llashga yo‘naltirish va mazkur v аziyatda ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xossalar, bog‘lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo‘naltirish. Masalan, o‘yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish konuniyatini, umumiy xossalarni topishni o‘rgatish mumkin.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling