Bolalarning nasl nasabini belgilash reja: 1, Qarindoshlik tushunchasi 2, Bolalarning nasl-nasabini belgilash


Download 0.86 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1546468
1   2   3
Bog'liq
BOLALARNING NASL NASABINI BELGILASH

Yot aralashgan aka-ukalar va opa-singillarni o`gay aka-ukalar va opa-singillardan ajrata bilish lozim. O`gaylar bir oilada yashovchi, lekin otasi ham, onasi ham bir bo`lgan bolalardir. Er va xotinning avvalgi nikohdan (yoki nikohsiz) orttirgan bolalari bir-biriga hisoblanadi.

  • Yot aralashgan aka-ukalar va opa-singillarni o`gay aka-ukalar va opa-singillardan ajrata bilish lozim. O`gaylar bir oilada yashovchi, lekin otasi ham, onasi ham bir bo`lgan bolalardir. Er va xotinning avvalgi nikohdan (yoki nikohsiz) orttirgan bolalari bir-biriga hisoblanadi.
  • Qarindoshlikdan qayin-bo`yinchilik va quda-andachilikni ajrata bilish kerak. Qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik kishining nasl-nasabiga yoki qondoshlikka asoslanmaydi. Balki nikohning yondosh oqibati bo`lgan ijtimoiy bog`lanish hisoblanadi. Er-xotinning qarindoshlari yo`q bo`lsa, qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik vujudga kelmaydi. Qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik munosabatlari oila huquqi orqali boshqarilmaydi.

Bolalarning nasl-nasabini belgilash

  • Bolalarning nasl-nasabini belgilash
  •  
  • Bolaning shu onadan tug`ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko`ra, bola tibbiy muassasada tug`ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
  • Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o`limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tuzilgandan so`ng uch yuz kun ichida tug`ilgan bolasi nikohda tug`ilgan bola hisoblanadi.
  • Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug`ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo`lsa, bola yangi nikohda tug`ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.
  • Bolaning onasi bilan nikohda bo`lmagan shaxsning otaligi o`zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi. Otalikni belgilash faktini mustahkamlash uchun bolaning (bolalarning) aynan shu otadan tug`ilganligini tasdiqlaydigan dalillar bo`lishi shart. Bundan tashqari ota va bola o`rtasida nasl-nasab bilan bog`liq bo`lgan o`zaro huquq va majburiyatlarni ifodalovchi huquqiy munosabatlar ham o`rnatiladi. Otalik, shuningdek, otaning qarindoshlari qatoriga kirganligi ham anglatadi va bolaning ota qarindoshlari, ya`ni buva, buvi, aka-ukalar va opa-singillar bilan qarindoshligini aks ettiradi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling