Bolalik va o`smirlik davrlari


Jismoniy tarbiya darsida o`quvchi va talabalarning sog`liq guruhlari


Download 27.18 Kb.
bet11/11
Sana24.12.2022
Hajmi27.18 Kb.
#1054495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolaning o`sishi va rivojlanishi.

Jismoniy tarbiya darsida o`quvchi va talabalarning sog`liq guruhlari.

Maktab, kollej, litsey o`quvchilari va Oliy ta`lim muassasasi talabalari har o`quv yilining boshida tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, jismoniy tarbiya darsiga qatnashishi bo`yicha 3 ta sog`liq guruhiga bo`linadilar:



Birinchi asosiy sog`liq guruhiga - jismoniy rivojlanishi me`yorida bo`lgan, sog`lom bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya fanining o`quv dasturi bo`yicha hamma mashg`ulotlarni to`liq hajmda bajaradilar, sinov va imtihon topshiradilar;

Ikkinchi tayyorlov sog`liq guruhiga - jismoniy rivojlanishi kuchsiz, qandaydir surunkali kasalligi bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya darsiga asosiy guruh bilan qatnashadilar. Lekin, tez bajarilish va katta kuch talab qiladigan mashg`ulotlardan ozod etiladilar. Shuningdek, sinov va imtihondan ham ozod etiladilar. Ular o`quv yurti shifokorining nazoratida turadilar va vaqti-vaqti bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkaziladi. Jismoniy rivojlanishi va sog`lig`i tiklanganidan keyin, kelgusi o`quv yilidagi tibbiy ko`rik xulosasiga ko`ra, ular asosiy guruhiga o`tkazilishlari mumkin;

Uchinchi maxsus sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasallik, tez-tez xuruj qilib turadigan, shikastlanish (bug`im chiqishi, suyak sinishi, miya chayqalishi va hokazo) tufayli sog`lig`ida jiddiy o`zgarish bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya fani darsidan ozod etiladilar. Kasalligining turiga qarab, mutaxassis shifokorlarning nazoratida, vaqti-vaqti bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkazib turiladi. Bundan tashqari kasalligining turiga qarab, ularda alohida jadval bo`yicha darsdan tashqari paytda haftada 1-2 marta davolash jismoniy mashg`uloti o`tkaziladi. Mashg`ulotni jismoniy tarbiya o`qituvchisi shifokor maslahati bilan o`tkazadi.
Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling