Bolalik va o`smirlik davrlari
Maktabgacha tarbiya yoshi davri
Download 27.18 Kb.
|
Bolaning o`sishi va rivojlanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab yoshi davri.
Maktabgacha tarbiya yoshi davri 2-6 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og`irligi har oyda 200-250 g dan ortib boradi, bo`yi 1 sm dan o`sadi.Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg, bo`yi 7-8 sm ga ortadi.Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3 yosh oxirida so`z boyligi 1000 tagacha yetishi mumkin. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas bo`ladi.Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste`mol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi.Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaslik kerak.
4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg.ga ortadi, bo`yining o`sishi bir oz sekinlashib, 1 yilda 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda 8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib, ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi, ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq, bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining buzilishiga sabab bo`ladi.
O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Download 27.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling