Bolani shakllantiruvchi uch omil. Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar


Download 22.4 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi22.4 Kb.
#1023448

Reja:

  1. Bolani shakllantiruvchi uch omil.

  2. Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar.


Bolani shakllantiruvchi uch omil. Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin. Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi G'arb faylasuflarining fikrlari. Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi. Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati. Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi.Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”. Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz. O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar. Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati. Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak. Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati. Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi. Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi. Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi.
Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling