Bolaning dunyoqarashi


Bola dunyoqarashini shakllanishiga ta’sir etuvchi omilar


Download 99.04 Kb.
bet19/21
Sana05.01.2022
Hajmi99.04 Kb.
#207324
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Bolaning dunyoqarashi

Bola dunyoqarashini shakllanishiga ta’sir etuvchi omilar.

Har qaysi zamonda ham bola shaxsiga ta’sir etuvchi omillar mavjud bo’gan. Bola dunyoqarashiga ta’sir etuvchi omillardan ehg etakchilari bu irsiyat, oila, maktab, ta’lim-tarbiya, muhit hisoblanadi. Chunki bola ana shu jamiyat ichida tug’iladi ulg’ayadi na’lim oladi. Quyida bola tarbiyasida oilani o’rni beqiyosligini sharq mutafakkirlari fikrlarida ko’rib chiqamiz. Sharq mutafakkirlari bola tarbiyasida va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning salohiyatini asosiy deb hisoblashgan. Ayniqsa, shaxsning aqliy va ahloqiy shakllanishida oila, ota-ona va yaqin kishilarning ibratli tomonlariga alohida e`tibor berishgan. Ular oiladagi urf-odatlar ta`sirida shakllanishi mumkin bo`lgan sifatlar: halollik, poklik, mardlik, kelishuvchanlik, uyatchanlik, sermulohazalilik, mehribonlik, haqgo`ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo`yganlar. Insoniy munosabatlarda namoyon bo`ladigan yuksak fazilatlar, eng avvalo, ota-onadan bolaga o`tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta`siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko`rsatmalar Sharq mutafakkirlarining falsafiy-etuk, ijtimoiy qarashlarida o`z aksini topgan. Ma`lumki, Islom dinining muqaddas manbalaridan bo`lmish Qur`oni Karim va Hadislarda ham odob, ahloq, bolalar tarbiyasi masalalariga keng o`rin berilgan. «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga ahloq-odobini ham yaxshilangiz». «Hech bir ota-ona o`z farzandiga xulqi odobdan buyukroq meros bera olmaydi». Bu keltirilgan namunalardan diniy manbalarda ham oilaning muqaddas ekanligi, ota-onaning farzand oldidagi, farzandning ota-ona oldidagi burchlari bayon etilgan. Musulmonchilik ruhida tarbiya topgan ota-bobolarimiz turmushda ularga amal qilingan. Bola tarbiyasida sharoit ko`rsatmalarining aks etishi, ularning xarakterida ijobiy sifatlarini tarkib topishiga ta`sir ko`rsatib, boshqa xalqlarga nisbatan musulmon ahli o`rtasida turli tartibsizliklar, jumladan, o`g`rilik, ta`magarlik, shaxs haqqiga xiyonat qilish kabi salbiy xattiharakatlarning kam bo`lishi fikrimiz dalilidir.


Download 99.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling