Bolaning sotsiumda rivojlanishi


Download 19.15 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi19.15 Kb.
#1585667
1   2
Bog'liq
Bolaning sotsiumda rivojlanishi

Ijtimoiy omillar Inson bo‘lib yetishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib yetishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi.
Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi. Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum. Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi.
Sotsium (yaqin muhit) — bola sotsiolizatsiyasi uchup muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi — maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqtar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit «hududi» tobora kengayib boradi.
Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi.
Tarbiya tarixan vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.
Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunda y maqomlar tug‘ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda Shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqtanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim
yurtida o‘qigani va diplom olgani uchup oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida ran yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o‘zini tugishini anikdaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda Shaxso‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqap kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.
Jamiyatda pafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchup rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o‘zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘gil yoki qiz, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, yetakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoqkiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqgisodchi, muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tugish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchup yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.

Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi.


Shaxsijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aniqrogi har bir odamning mehnatga, kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham upi boshqalardan ajratib turadi.
Shaxshaqida gapirilganda tabiiy holatda shunday savol tug‘iladi. Har qapday odam Shaxsbo‘la oladimi, Shaxsbo‘lishi uchup nimalar qilishi kerak. Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun eng avvalo ijtimoiy hayot tajribalari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi.
Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko‘p yillik izlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga quyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi va eskiningo‘lib borishi, miqdor o‘zgarishining sifato‘zgarishga olib keluvchi murakkabharakat jarayoni deb qaraydilar. Zero, hayot qonunlarining ko‘rsatishicha ham rivojlanishning asosiy manbai qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Insonning munosabatlar doirasiga nafakdt o‘zga kishilar bilan aloqasi, balki tabiatga, jamiyatga, hayotga, mehnatta bo‘lgan muno- sabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining qobiliyatlarini, aqlini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u, umuman butun borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Shupish uchupham inson rivojlanishini, usha singdirilgan tarbiyaning natijasi deb qarash mumkip.
Shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchup avvalo uning xulqiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxeiy xususiyatini yaxshi o‘rganmoq lozim. Buning uchup shaxsni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi.
«Har bir inson, degan edi Forobiy — o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmos uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi kup insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin».
Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchup uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir.
Bolalarning shaxsiy fazilatlari shakllanishida qaysi omil yetakchi vazifasini bajaradi, degan tabiiy savol tug‘iladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi, qaysi biri yetakchi rol o‘ynaydi, degan savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu savolga turli tarixiy davrlarda turlicha yondashib, turlicha javoblar berilgan. Hozirgi kuplya ham bu masalaga turli puqtai nazarlar bildirilmokda.
Fanda odamning Shaxssifatida rivojlanishiga biologik va sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasidagi munozara ko‘p asrlardan beri davom etib kelmoqda. Ko‘p asrlik mazkur munozara zamirida ikki bir-biriga qarama-qarshi puqtai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining Shaxssifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy voqealar tarbiyaning muhim omil ekanligini ta’kidlaydilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha, odam bolasining rivojlanishi tug‘ma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa o‘sish va tabiiy tug‘ma xususiyatlarning mikdoriy o‘zgarishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona qornida avlod-ayaщodlaridan tug‘ma o‘tgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chiqadi. Bu nuqtai nazar namoyondalari tarbiyaning rolini cheklab, rivojlanishni inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yo‘nalish deb ataladi.
Aytittg joizki, xuddi shunga yaqin nuhtai-nazarni XVII asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» oqimi namoyondalarining fikrlarida ham uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o‘tgan bo‘lsa, faqat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini chegaralab ko‘yishadi.
Inson Shaxsi va uning xulq-atvorining rivojlanishi har bir naslning rolini yuksak baholagan yana bir oqim «bioxervizm» bo‘lib, u XX asrning boshlarida keng tarqaldi.
Bu oqimning ko‘zga ko‘ringan yirik namoyondalari Eduard Torandayk bioxervizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulq-atvori mexanik stimullari organizmda bevosita tug‘diradigan ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan mustahkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi, guyo «odamning ko‘zi, tiiыari va barmoqlari kabi aqliy sobiliyati ham tabiatan berilgandir. Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va shaxsningrivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi», deydi.
Amerikaning «progmatik»larining atoqli vakili D. Dyui va uning nazariyasining davomchisi A. Kombslar ham Shaxsrivoj¬lanishini biologik omil deb izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqsoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashsaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi», — deydi D. Dyui.
Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining Shaxssifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishini o‘ta murakkab va qarama- qarshi jarayon deb biladi. Uning Shaxssifatida shakllanishida nael ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham, o‘z holi va o‘z o‘rni bilan muhim rol o‘ynaydi. Bu har uchala omilning qaysi biri yetakchi ekanligini, pedagogika fani asrlar mobaynida avlod-ajdodlarimiz to‘plagan tajribalarga suyangan holda ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi.
Shaxsma’lum ijimoiy tuzilma mahsuli. Uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. U yashayotgan jamiyatdagi tarixiy sharoit, shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Zero, inson ota-bobolar tajribasini o‘rganadi, Shaxssifatida rivojlanib boradi, o‘rgangan tajribalarni takomil- lashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida qo‘llaydi. Ana shu yashayotgan sharoit va mehnat qilayotgan sharoit unga bo‘layotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi jadallik tufayli shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi, demak, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘zi o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga jadal ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayotini o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Pedagog va psixolog olimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish bilan birga, muhit va tarbiyaning roliga ham yuksak baho berishadi.
Zotan shaxsning kamolga yetishida irsiyat va biologik omil- larning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bu xususiyatlarni bolalardagi o‘zgarmas xususiyatlar deb tushunmaslik kerak. Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamning anatomik belgilari, o‘zgarishlari avloddan-avlodga mustahkamlanib borishi ham nasldan- naslga o‘tishi mumkin.
Ayni vaqtda, odam bolasiga xos xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan o‘tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchup ular insonlar orasida yashashi, aloqa qilishi ahamiyatli ekanligini unutmaslik lozim.
Agar bolada tug‘ma layoqatlar bo‘lsa-yu, lekin, uni o‘stirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti bo‘lmas ekan, inson bo‘lib tug‘ilishning hojati ham yo‘qdir.
Modomiki shunday ekan, demak, bola o‘z layoqatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha, zarur sharoit bo‘lmasa bor qobiliyat ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to‘la-to‘kis hayot sharoitiga bogliq ekanligini ko‘rsatadi.
Odam bolasidagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi avvalo ijtimoiy muhitga bogliq ekan. Yana shu narsani ham aytib o‘tittg kerakki, ijtimoiy muhit qulay va noqulay bo‘lishi ham mumkin.
Shaxsijtimoiylashuvida ijtimoiy muhitning ta’siri sharq va g‘arb olimlarining diqqat markazida bo‘lgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda oilanning sog‘lomligi, jamiyat fa- rovonligi belgisi ekanligi qayd etilgan.
Download 19.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling