Bo‘lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa, maydoni 29,2 ming km


Download 176.4 Kb.
bet7/8
Sana12.10.2023
Hajmi176.4 Kb.
#1699696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9

Subtropik o‘simliklar. Subtropik o‘simliklar Pireney, Apennin va Bolqon yarim orollarida, Kichik Osiyo va Eronda, Qrimning janubiy sohilida, Zakavkazening Qora dengiz qirg‘oqlarida, Tolish tog‘lari va Lenkoran pasttekisligida, Sharqiy Osiyoning janubiy qismida, O‘rta dengizdagi orollarda keng tarqalgan. Bu regionlarning iqlimi doimiy yashil nam o‘rmonlar va O‘rta dengiz kserofil florasining o‘sishi uchun juda qulay. Subtropik o‘simliklar O‘rta dengiz o‘simliklari tipidan va doimiy yashil nam subtropik o‘rmon o‘simlik tipidan tashkil topgan. Qrimning O‘rta dengiz tipiga kiradigan kserofil o‘simliklari sershox eman, Qrim qarag‘ayi, pisund qarag‘ayi, daraxtsimon archa, yovvoyi pista, shiblyak va frigana tipidagi dag‘al bargli butazorlardan iborat. Kolxida va Lenkoran pasttekisliklaridagi nam o‘rmonlarda daraxtlarning qadimiy relikt turlari ko‘p uchraydi. Bular uchlamchi davrdan saqlanib qolgan lapina va dzelkva daraxtlaridir. Bulardan tashqari buk, eman, kashtan, grab, xmelegrab va boshqa turlar o‘sadi. Botqoqli joylarda lapina, dala zarangi, shumtollar va zirkzorlar keng tarqalgan. O‘rmonlarning quyi yarusida namsevar doimiy yashil rododendron, lavrgilos, yer daraxt, fillireya buta o‘simliklari o‘sadi.
Subtropiklarda boshqa materik va qit’alardan keltirilgan, iqlimga moslashtirilgan o‘simliklar ham ko‘p. Bular anjir, zaytun, dafna, magnoliya, sarv, yelpig‘ichsimon palma, sambitgul, yahudiy daraxti, Xitoy shumtoli, Avstraliya evkalipti, sitrus o‘simliklari, choy va botqalardan iborat. Binobarin, mahalliy o‘simliklar ham, boshqa joylardan keltirilib iqlimga moslashtirilgan o‘simliklar ham subtropik mintaqaning qimmatli tabiiy resursi hisoblanadi. Sharqiy Osiyoda sinlin tog‘ tizmasidan janubroqda, Yanszi daryosi havzasida mo‘tadil mintaqaning bargini to‘kuvchi o‘rmonlari doimiy yashil nam subtropik o‘rmonlar bilan almashinadi. Bu o‘rmonlar tarkibida keng barglilardan buklar, emanlar, qadimgi issiqsevar tur hisoblangan dafnalar, sagovniklar, xilma-xil magnoliyalar va palmalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo, hozirgi paytda doimiy yashil nam subtropik o‘rmonlar Xitoyning materik qismida juda kam qolgan, ular faqat tog‘larda uchraydi. Tog‘ etaklarida va tekisliklarda nam subtropik o‘rmonlar o‘rnini turli xil madaniy o‘simliklar egallagan.

Download 176.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling