Bo‘lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa, maydoni 29,2 ming km


Download 176.4 Kb.
bet6/8
Sana12.10.2023
Hajmi176.4 Kb.
#1699696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9

Chala cho‘l. Chala cho‘l o‘simliklari Kaspiybo‘yi pasttekisligidan Oltoygacha va Mongoliya Oltoyidan Katta Xingan tog‘larigacha bo‘lgan polosada iqlimi yanada kontinental va quruq bo‘lgan joylarda rivojlangan. Chala cho‘llarda asosan boshoqli o‘simliklar va shuvoqlar keng tarqalgan. O‘t o‘simliklar dashtlardagiga nisbatan siyrak o‘sadi. Chalovlarga nisbatan betaga ko‘proq uchraydi. Chala cho‘lning shimoliy qismida boshoqli o‘simliklar, janubiy qismida esa shuvoq va sho‘ra o‘tlar keng tarqalgan. Chala cho‘l o‘simliklarining geografik tarqalishi mahalliy sharoitni muayyan ravishda o‘zida aks ettiradi. Masalan, bir oz sho‘r bosgan tuproqli yerlarda shuvoq, ko‘proq sho‘r bosgan yerlarda qora shuvoq, sho‘r yerlarda sho‘ra o‘tlar tarqalgan. Sochilma qumlarda boshoqli o‘simliklardan ayg‘irqiyoq, past-baland qumli yerlarda. qumerkak va chiy, botiq joylarda pakana tol, jiyda o‘sadi. Bahorda chala cho‘llarda lola, boychechak, ayiqtovon, qo‘ng‘irboshlar gullaydi, efemerlar yam-yashil maydonlar hosil qiladi. Chala cho‘l o‘simliklaridan chorva mollarini boqishda foydalaniladi.
Cho‘l. O‘rta va Markaziy Osiyo tekisliklarini hamda tog‘ tizmalarini past yon bag‘rlarini cho‘l o‘simliklari qamrab olgan. Lekin bu yerlarda chala cho‘l va dashtlarga nisbatan o‘simliklar nihoyatda siyrak o‘sadi. O‘simlik bilan qoplangan yerlarga qaraganda ochiq yerlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Cho‘llarda o‘simliklarning turiga, ularning qalin yoki siyrak bo‘lishiga tuproqlarning mexanik tarkibi nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘z tuproqlarda xilma-xil shuvoqlar, sho‘rtob va sho‘rxok yerlarda sho‘ra o‘tlar ko‘p o‘sadi. Gilli cho‘llarda bahor faslida efemer va efemeroidlar barq urib o‘sib, tezda qurib qoladi. Bular boshoqlilar, qiyoqlar va ikki pallali o‘simliklardan iborat. Barxan qumlarida bo‘yi bir metrga yetadigan, ildizi uzun boshoqlilar oilasiga kiradigan selin, bo‘yi 5-7 m gacha yetadigan kuyonsuyak (qum akatsiyasi) o‘sadi. Do‘ng qumlarda qora qandim, daraxtsimon cherkez, oq saksovul, sho‘rxok botiqlarda qora saksovul, elak, qizilchalar keng tarqalgan. Jo‘yak qumlarda bug‘doyiq, elak, yaltirboshlar, daraxtlardan oq saksovul, quyonsuyaklar, qumli tekisliklarda esa shuvoqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Balxashbo‘yi cho‘llarida kumsag‘iz ko‘p uchraydi. Cho‘llardagi yirik daryo vodiylarida to‘qayzorlar yaxshi rivojlangan. Tuqayzorlar daraxt, buta va o‘t o‘simliklaridan tarkib topgan. Daryo qayiri bo‘ylab har xil teraklar, tollar, turangalar keng tarqalgan. Butalardan pakana tollar, jiydalar, yulg‘unlar, xilma-xil oqtikanaklar, chakandalar, jing‘illar o‘sadi. O‘tloq o‘simliklari ildizpoyali boshoqlilardan iborat. Botqoqlangan va suv bosgan qayirlar savag‘ich hamda qamishlar bilan qoplangan.

Download 176.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling