Bo‘lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa, maydoni 29,2 ming km


Download 176.4 Kb.
bet8/8
Sana12.10.2023
Hajmi176.4 Kb.
#1699696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9

Nam tropik o‘rmonlar. Hindixitoy yarim orolida, Himolay va G‘arbiy Gat tog‘larining sernam yon bag‘rlarida, Malakka yarim orolida, Shri-Lankaning janubi-g‘arbida, Zond orollari va Filippin arxipelagida nam tropik o‘rmonlar yaxshi rivojlangan. Ayniqsa Janubi-Sharqiy Osiyoning nam tropik o‘rmonlari o‘simlik turlariga nihoyatda boy. Birgina palmalarning 300 ga yaqin turi uchraydi. Bu yerda baland tanali palmalardan tortib, uzunligi 300 m gacha yetadigan chirmashib o‘sadigan palma-lianalargacha (rotang palmasi) mavjud. Tropik o‘rmonlarda bulardan tashqari tik, sal terminali hamda bignoniyadoshlar, dipterokarpiyadoshlar va anakardiyadoshlar oilasiga mansub daraxtlar o‘sadi. Nam tropik o‘rmonlarda qimmatbaho mevali daraxtlar ham keng tarqalgan. Bular non daraxti, qovun daraxti, mango, mangustan va boshqalardir. Yer yuzidagi bambuklarning aksariyat turi Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyoga to‘g‘ri keladi. Ular bu yerda yovvoyi va madaniy holda o‘sadi. Suv bosadigan dengiz qirg‘oqlarida nam tropik o‘rmonlar mangra o‘rmonzorlari bilan almashinadi.
O‘simliklarning balandlik mintaqalari. Yevrosiyo o‘simliklari kenglik zonalar bo‘yicha tarqalishdan tashqari tog‘li o‘lkalarda balandlik mintaqalar bo‘yicha ham tarqalgan. Balandlik mintaqalarning tarkibi tog‘lar joylashgan tabiiy zonalarga va ularni o‘rab turgan tabiiy geografik sharoitga qarab o‘zgaradi. Yuqori georafik kengliklardagi tog‘larda balandlik mintaqalar juda oddiy bo‘lib, ular o‘rmon-tundra va tundralardan tarkib topgan. Janubiy kengliklardagi baland tog‘larda esa balandlik mintaqalar ancha murakkab va ko‘p spektrli. Masalan, O‘rta Osiyo tog‘larining quyi qismida cho‘l va chala cho‘l o‘simlik mintaqalari, yuqoriroqda tog‘-dasht o‘simliklari va undan ham balandda tog‘-o‘rmon, subalp va alp mintaqalari joylashgan. Tog‘larning eng baland qismida qor va muzliklar mintaqasi mavjud. Kopetdog‘da quruq kontinental iqlim hukmronlik qilganligi sababli tog‘-o‘rmon mintaqasi uchramaydi.
Tog‘li o‘lkalarda issiqlik inversiyasi tez-tez takrorlanib turadigan joylarda balandlik mintaqalarning aksincha joylashish hollari ham kuzatiladi. Bunday holatlarda issiqsevar o‘simliklar ancha yuqorida va sovuqqa chidamli o‘simliklar pastda tarqalgan bo‘ladi. O‘simliklarning geografik tarqalishidagi inversiya hodisalari ayniqsa Janubiy va Shimoli-Sharqiy Sibir tog‘lari, tog‘oraligi botiqlari uchun harakterli. O‘simliklarning balandlik mintakalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan Yevrosiyo tog‘li o‘lkalarining tabiiy geografik tavsifida batafsil tanishasiz.
Download 176.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling