Boltaboyev Muhammadali 125-guruh
Назорат саволлари:
1.Нима учун чор Россияси Туркистонни осонлик билан босиб олди?
2.Туркистон генерал-губернаторлиги қачон ташкил топди ва генерал-
губернатор қилиб тайинланган?
3.Чор Россияси томонидан маъмурий идора усули қандай ташкил
қилинган?
4.Чоризмнинг темир йўллар қурилишидан мақсад нима эди?
5.Жадидлар ҳаракати қандай юзага келди?
6.Туркистон Мухторияти қачон ташкил топди?
7.Жадидлар ташаббуси билан биринчи Миллий университет қачон
ташкил этилди?
8.Жадидлар ҳаракатининг тарихий аҳамияти нималардан иборат?
Javoblar
1. Rossiya O‘rta Osiyo yerlarini tez muddat ichida bosib olganligining asosiy sabablari quydagilardan iborat.
1. Rossiyadan farqli o‘laroq O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy jihatidan
ortda qolganligi;
2. Tinimsiz davom etgan feodal nizolar natijasida markaziy hokimyatning
zaiflashib qolganligi;
3. O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikning yo‘qligi;
4. Xalq orasidan chiqqan ko‘ngillilarning yomon uyushganligi;
5. Xonliklardagi muntazam armiyaning yomon qurollanganli gi va h.k.
Asosan ana shu sabablar uchta yirik davlatning o‘z erkidan osonlik bilan
mahrum bo‘lishiga olib keldi. O‘rta Osiyo Rossiyaning mustamlakasiga aylandi
2. 1867 yilda 2 iyulda Aleksandr II ning farmoni bilan Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi va K.P. Kaufman birishchi general-gubernator etib tayinlandi.
3. Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olgandan keyin ma’muriy boshqarish
masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 1886 yilda imperator Aleksandr II
tasdiqlagan «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»da boshqaruv
tartibi qonuniy jihatdan rasmiylashtirildi. Unga ko‘ra Turkiston general-
gubernator ligi beshta viloyatga bo‘lindi: Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand,
Yettisuv, Kaspiy orti viloyatlari shaxsan imperatorning o‘zi tayinlagan rus
harbiy gubernatorlari boshqarar edi. Bu beshta davlat o‘z navbatida uyezd
va volostlarga bo‘lib boshqarilgan. Sirdaryo viloyati quyidagi uyezdlarga
bo‘lib boshqarilgan: Toshkent, Avliyoota, Chimkent, Amudaryo bo‘limi ham
uyezdlarga bo‘lingan. Farg‘ona viloyatiga Marg‘ilon, Qo‘qon, Namangan,
O‘sh uyezdlari kirgan. Samarqand viloyatiga Jizzax, Xo‘jand, Samarqand
uyezdlari, Yettisuvga esa Jarkent, Kopal, Lepsin, Pishpak, Prjevalsk
uyezdlari, Kaspiyorti viloyatiga Ashxobod, Krasnovodsk, Marv, uyezdlari kirgan
4. Rossiya O‘rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini avj oldirish uchun avvalo temir yo‘l qurishga alohida ahamiyat berdi. 1880 yil noyabrida
Kaspiyorti temir yo‘li qurilishiga kirishildi. U Qizil-Arvat va Ashxobod orqali
1888-yil 15 mayda Samarqandga yetib keldi. 1889yil Marikadan Qushgacha
1899 yilda Toshkent va Andijonga temir yo‘l o‘tdi. 1900-1906 yillarda
Toshkent-Orenburg temir yo‘li qurildi. Natijada o‘lkadan ko‘plab xomashyo,
tabiiy boyliklarni Rossiyaga mashaqatsiz tashib ketish imkoniyati kengaydi
5. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik harakat
bo‘lib, o‘sha davr Turkiston iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sharoitda
yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va
madaniy islohatlar o‘tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g‘oyalarini
hayotga tadbiq etish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan edi.
6. 1917-yilda Turkiston muxtoriyati tashkil topgan va bor yoʻgʻi 3 oygina mavjud boʻldi bu hokimiyat
7. 1918-yil may oyida Toshkentda ilk bor milliy universitet ochilgan
8. Jadidlar, ijtimoiy va hududiy birlik to'g'risidagi masalalami ko'tarib, xalqni
milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni
XX asr darajasiga ko'tarishga intildilar. Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib
ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma’murlar qarshilik
ko‘rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko'targan barcha yangiliklarga
qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa: «Bu xil
maktabda o‘quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o‘qiy boshlaydi, Ikkinchi yili
ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag'darib,
turmaga tiqib qo'yishadi», der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o'qitish
be’manilik, dahriylik deb hisoblashdi. M .Behbudiy ularni fosh qilar ekan,
«Qur’oni Karim» ham, Muhammad(s.a.v) payg‘ambarning hadislari ham
tarixga daxldor ekanligini, «Qur’oni Karim»ning chorak qismi tarixiy
ma'lumotlardan iboratligini asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |