5-mavzu : Milliy g’oya- o’zbekiston demokratik taraqqiyotining muhim omili. Nazorat savollari


Download 60.58 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi60.58 Kb.
#119444
Bog'liq
milliygoya5


5-MAVZU : Milliy g’oya- O’zbekiston demokratik taraqqiyotining muhim omili.

Nazorat savollari

 1.     Demokratiya va milliy g‘oya aloqadorligini asoslab bering

2.     Demokratik prinsiplarning milliy g‘oya maqsadlari bilan o‘zaro bog‘liqligi nimada?

3.     Demokratiyaning Sharqona va G‘arbona talqinlari mohiyati qanday?

4.     Mafkuralar xilma-xilligi muhim demokratik prinsip ekanligini izohlang.

5.     Plyuralizmning inson qadr-qimmati, manfaatlari, fikr erkinligi bilan bog‘liqligi nimada?

6.     Paternalizmning mohiyati nimada?

7.     Demokratiya eksporti deganda nimani tushunasiz?

8.     Individualizm madaniyatini qanday baholaysiz?

9.     Qanday demokratik institutlarni bilasiz?

10.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Davlat hokimiyati idoralarining xalq uchun ishlashi - demokratik taraqqiyot talabi ekanligi haqidagi fikrlarini izohlang.

1.Demokratiya va milliy g‘oya aloqadorligini asoslab bering.

Istiqlol, demokratiya va taraqqiyot — o‘zaro bog‘liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois O‘zbekiston o‘tgan asr boshlarida istiqlolni qo‘lga kiritganda bir-biri bilan bog‘liq 2 vazifa kun tartibida turardi: biri — mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchisi — bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Yana shu narsa ham aniq bo‘ldiki, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi shart ekan. Boshqacha aytganda, iqtisodiy taraqqiyot osmondan tushadigan mo‘jiza emas, balki uni O‘zbekiston xalqining o‘zi amalga oshiradi. YA’ni, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland bo‘lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, "Erkin, farovon hayotni ta’minlashga shart-sharoit yaratiladi".

Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi anglab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. Davlatni shunchaki ma’muriy instrument, boshkaruv apparati, deb talqin etish yetarli emas. Bu ta’rif demokratiya sharoitida ham milliy birlik va xalqning ma’naviy yaxlitligi, demak, uyushib, jipslashib, rivojlanish yo‘liga chiqishiga xalaqit beradi. Qolaversa, taraqqiyot ham, demokratiya ham o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Mamlakat xavfsizligini, osoyishtaligini ta’minlash, siyosiy manfaatlar to‘qnashuvida dadil turib, milliy manfaatni himoya qilish davlat zimmasidadir. Demokratiya sharoitida, albatta davlat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan hokimiyatga munosabat o‘zgaradi. Chunki hokimiyat jamiyat nazorati ostida bo‘ladi. Saylash va saylanish mexanizmining amal qilishi, davlat rahbarlarining hisob berib turishi, matbuot erkinligi, jamoat tashkilotlarining faolligi _ bularning hammasi davlatning mutlaq g‘oyalarga berilishiga yo‘l qo‘ymaydi. YA’ni, shaxs, jamiyat va davlat o‘zaro yaqinlashib boradi, bir-biriga hisob berish kuchayadi. Natijada shaxs va davlat manfaatlari uyg‘unlashib boradi.

Ana shunday sharoitda milliy g‘oya qanday ahamiyatga ega bo‘ladi, u demokratik qadriyatlarning xalq ongiga singishi va joriylanishiga to‘sqinlik qiladimi yoki davlatning ilohiylashuviga sabab bo‘ladimi? Bunga faqat "yo‘q" deb javob berish mumkin.

Birinchidan, milliy g‘oya — bu har bir shaxs va butun jamiyatga tegishli g‘oyadir. Milliy g‘oya fikrlar va mafkuralar xilma-xilligiga asoslanadi; milliy g‘oya — jamiyat mafkurasi, davlat mafkurasi emas.

Ikkinchidan, milliy g‘oya negizida vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usi yotadi. Demak, milliy g‘oya va milliy taraqqiyot, yurt rivoji aloqador. Shu nuqtai nazardan ham birinchi Prezidentimizning "Ozod, va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish — pirovard maqsadimiz" degan hikmatli so‘zida ma’no ko‘p. Bu jumlada mustaqillikning abadiyligi, demokratik erkinliklar, Vatan ravnaqi, har bir fuqaro hayotining farovonlashuvi ko‘zda tutiladi.

Uchinchidan, milliy g‘oya hech narsani, jumladan davlatni ham, alohida shaxslarni ham ilohiylashtirishni nazarda tutmaydi, balki xalqning eng ezgu his-tuyg‘ulari, intilishlarini ifodalab, bunyodkorlik ishlariga rag‘batlantiradi.

To‘rtinchidan, milliy g‘oya allaqanday totalitar xususiyatga ega mafkura emas, u biron bir shaxs ishlab chiqqan va zo‘rlab jamiyatga tiqishtirayotgan yoki tepadan tushirilgan "yagona g‘oya" ham emas. U xalqning o‘z tafakkuri mevasi bo‘lib, milliy-ma’naviy negizga tayanadi.

Beshinchidan, milliy g‘oya umumbashariy fikrlar, ilmiy yutuqlarni jamlab singdirinshi ham ko‘zda tutadi.

Yevropa mutafakkirlaridan biri K.Gelvetsiy yozishicha, "Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan muvofiq keladi. Ilm-u ma’rifat nuridan bahramand bo‘lgan har bir xalq bu bilan o‘z qo‘shnilariga zarar yetkazmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma’rifatli bo‘lsalar, ular o‘zaro g‘oyalar, bilimlar almashishga moyil bo‘ladilar va oqibatda shu tufayli butun dunyo aqli ortib boraveradi". Shu bois milliy g‘oya mamlakatni yakkalab qo‘yadi, taraqqiyotni susaytiradi, deguvchilar xato qiladi.

2.Demokratik prinsiplarning milliy g‘oya maqsadlari bilan o‘zaro bog‘liqligi nimada?

Milliy g‘oya — milliy rivojlanish lokomotivi. Bunda davlatchilik g‘oyasi, davlat va uning rahbariga hurmat, milliy davlat salohiyati bilan faxrlanish ham muhim o‘rin tutadi. "Bu — mening xalqim, bu — mening "Vatanim", deb faxrlangan odam "Bu — mening davlatim" deya faxrlana olishi ham keraк. Davlat bir organizm sifatida o‘zini takomillashtirib, demokratik jamiyatni tashkil etuvchi kuch sifatida har doim millat ravnaqiga rahnamo bo‘lib turadi. O‘zbekistonning istiqlol davridagi rivojlanishi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li buni isbotlab turibdi. Demak, milliy rivojlanish omillari quyidagilardan iborat:

1.Milliy g‘oyaga asoslangan bunyodkorlik, fidoyilik va vatanparvarlik.

2.Milliy-ma’naviy yuksalish va ilmiy salohiyat, madaniy darajaning balandligi.

3.Milliy yakdillik, siyosiy barqarorlik.

4.Mustahkam milliy davlatchilik asoslarining mavjudligi.

5.Milliy o‘zlikni anglashning yuksak darajada bo‘lishi va boshkalar.

Milliy g‘oya demokratiya va milliy davlatchilikning negizlarini tashkil etadi. Xo‘sh, buning eng ustuvor yo‘nalish hisoblanmish "mamlakat siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish" vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish mumkinki, bevosita aloqasi bor. Chunki siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish degan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish demakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning o‘zi. Shunday ekan, fuqarolar o‘z haq-huquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar, fidoyi bo‘lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol bo‘lishi lozim. Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi to‘rt jihatni, ya’ni:

1) haq-huquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan;

2) o‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini ko‘radigan;

3) atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan;

4) shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritadigan bo‘lishi lozim.

Shunday qilib, milliy g‘oya hayotiy va istiqbolli g‘oyadir. U taraqqiyotga va mamlakat fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma’rifatga olib boradigan insonparvar va taraqqiyparvar g‘oyadir.

Albatta, yurtimizda demokratiyaning fundamental tamoyillarini, rivojlangan mamlakatlarning bu borada erishgan yutuqlarini inkor etadigan birorta odam bo‘lmasa kerak. Bu o‘rinda so‘z faqat har bir mamlakat va xalqqa xos xususiyatlar, milliy qadriyat va an’analarning demokratiya unsurlari bilan qay tarzda uyg‘unlashuvi hamda ularning amaliyotga tatbiq etish bosqichlari xususida bormoqda. Qolaversa, Uinston Cherchil bundan qariyb olmish yil muqaddam "Demokratiya ham kamchiliklardan holi emas, ammo insoniyat undan mukammalroq tuzumni hali o‘ylab topmagan" deganida masalaning aynan shu jihatini ham nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Shu bois O‘zbekistonda islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq, yurtimizning o‘ziga xos tarixi, geostrategik o‘rni, tabiiy-madaniy zaxiralari, xalqimizning boy ilmiy, falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligiga tayangan holda demokratiya tamoyillari bosqichma-bosqich izchil joriy etilmoqda hamda bu borada muayyan yutuqlarga ham erishilmoqda.

3.     Demokratiyaning Sharqona va G‘arbona talqinlari mohiyati qanday?

Umuman olganda, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya — yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzidir. Ammo uning amalga eshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyillarini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Fransiya (boshqa Yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin xar biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy-e’tiqodiy udumlar negizida amal qilmoqda. Shubhasiz, bizda ham ana shunday bo‘lishi uchun intilmokdamiz.

Ma’lumki, sobiq sho‘rolar davrida sharq xalqlariga, jumladan, bizga nisbatan Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko‘riladi degan qarash hukmron edi. Bu nazariyaning mohiyati Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan despotizmga, ya’ni zo‘ravonlikka asoslanadi, degan fikrdan iborat edi. Yevropatsentristik qarashlar (Gegel), Yevropani jo‘g‘rofiy jihatdan ustun qo‘yish (Monteskye), kapitalizmning tarixan aynan Yevropada paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi osiyocha turmush tarzi uchun demokratiya mutlaqo yot narsa, degan bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi kunda Sharqning ham o‘ziga xos davlatchilik an’analari, boshkaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u g‘arbdan sira kam emasligi barchata ayon bo‘lib qoldi. Xususan, sharqona demokratiyaning qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu — g‘oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlikdir. Masalan, bizning Forobiy, Amir Temur, Nizomulmulk, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizning siyosiy qarashlari negizida turli davrlarda o‘ziga xos siyosiy madaniyat shakllangan. Sharq siyosiy falsafasining muhim jihatlaridan biri — «meyor» tushunchasiga katta ahamiyat berilishidir. Aslida demokratiya — meyorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. Bu meyor huquq va burch, erkinlik va tenglik o‘rtasida bo‘lgan muvozanatni ham anglatadi.

Sharqda siyosiy jarayon ishtirokchilari, ayniqsa, siyosiy yetakchilarning o‘ziga xos maqomi bor. Siyosiy rahbar nafaqat o‘ziga tegishli alohida imtiyozlarga, balki alohida mas’uliyatga ham ega. U nafaqat o‘z huquqlari, balki majburiyatlari bo‘yicha ham asosiy og‘irlikni o‘z zimmasiga olgan. Shu ma’noda Sharq xalqlari hayotida adolat bosh mezonga aylanganki, odil va dono shoh, hukmdor g‘oyasi «Avesto»dan hozirgi kungacha orzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun Amir Temur faoliyatida «Kuch — adolatda» degan qoida ustuvor bo‘lgan. Shu tariqa Sharq mutafakkirlari davlatni, avvalo, jamiyat taraqqiyotidagi ikki muhim omil — ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy adolat mezonlarini amalga oshirish quroli deb tushungan. Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, Sharqda qonunchilik va meyoriy tizimlar ham ana shu maqsadlarga xizmat qilgan. Bunday an’ana Sohibqiron Amir Temur davridayoq butun dunyo meyoriy tizimiga va konstitutsiyachiligiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda rivojlanib borgan. Uning muhim bir shakli esa aynan sharqona demokratiyadir. Shu ma’noda turlicha modellarda namoyon bo‘ladi. Buni o‘z davrining ilg‘or mutafakkirlari ham teran anglaganlar, ular demokratiya uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit, ya’ni mustaqil milliy taraqqiyot zaruratini alohida ta’kidlaganlar. Xususan, Zaki Validiy To‘g‘on bu haqda shunday deb yozgan edi: «Demokratiyaning birdan-bir, yagona retsepti yo‘q. Uning maqsadi millatlarga va jamiyatlarga o‘z ixtiyorlariga muvofik, hayot kechirish imkoniyatini berishdadir. Demokratiya turli millatda turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin uning asosiy bir sharti bor: millat va jamiyat orasidagi mas’uliyatga sheriklashib, shunga muvofik, ravishda ish qonunlariga bo‘ysunish kerak bo‘ladi. Davlat ishida mas’uliyat hissining umumiyligi xalqning madaniy kamolotiga bog‘liq tarbiya va odat masalasi hamdир».

Bugungi sharqona demokratiyada qadr, oqibat, andisha, kattalarga hurmat, ona zaminni ardoqlash borasida o‘ziga xoslik yaqqol namoyon bo‘ladi. Bular esa milliy g‘oya amal qilishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

4.     Mafkuralar xilma-xilligi muhim demokratik prinsip ekanligini izohlang.

Milliy g‘oyaning mustaqillik yillarida ishlab chiqilgan tamoyillari bir-biri bilan uzviy aloqadordir. Ular umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi talablariga to‘la-to‘kis mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitstuiyasida jamiyat hayotining, xususan, mafkuraviy jarayonlarning ham huquqiy meyorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 12-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» deyilgan. Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish — demokratik jamiyat barpo etishning asosiy shartidir. Demokratiya davlat va jamiyat kurilishi, uni idora etishning eng maqbul shakli sifatida har bir fuqaroga o‘z qarashlarini, fikrini erkin ifoda etish uchun sharoit yaratadi. Bu esa insonning mamlakat siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayotidagi ishtirokini, qonunlarni ishlab chiqishda, uni hayotga joriy etishdagi faolligini ta’minlaydi. Milliy g‘oyaning ushbu tamoyili olamdagi turlitumanlik bilan insoniyat dunyosidagi xilma-xillikning, odamlar fikrlashi, orzu-umidlari, g‘oya va

maqsadlari sohasidagi rang-baranglikning uyg‘unligini ifodalaydi. Fikrlar rang-barangligi milliy g‘oyaga jon bag‘ishlaydi, uning takomillashishiga yordam beradi. Ana shu asosda bu mafkura xilma-xil fikrlar bilan boyib boradi, turli g‘oyalarni o‘ziga doimiy singdirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu tamoyil O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylashi, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarini hurmat qilishni ta’minlash milliy g‘oyaning amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo‘lishi uchun asos yaratadi. Shaxs erkinligini ta’minlashda siyosiy va huquqiy institutlarning demokratik asosdagi tizimini shakllantirish muhimdir. Shu bilan birga bunda xususiy tadbirkorlik faoliyati, bozor munosabatlari jarayonida shaxsning ijtimoiy faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson erkinligi o‘zining to‘g‘ri, maqbul talqinini topgan, ya’ni unda erkinlik boshqalarga zarar keltirmaydigan faoliyat sifatida baholangan. Zero, jamiyat va davlat, ijtimoiy tuzum va siyosiy institutlar o‘rtasidagi munosabat individ, ijtimoiy birliklar va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, ularning barchasi milliy g‘oya tamoyillari asosida uyg‘unlashtirishni talab etadi.

Milliy mafkura shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Erkinlashtirish jarayonida inson haq-huquqini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga rioya etib yashash jamiyatimiz hayotining asosiy mezoniga aylanib bormoqda. Jamiyatda loqaydlik, beparvolik, boqimandalik, poraxo‘rlik kabi illatlarning payini qirqish, odamlar qalbida yuksak ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, axloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan baquvvat avlodni voyaga yetkazish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalash milliy g‘oya ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo etish borasidagi intilishlarimiz samaradorligini ham oshiradi.

5.     Plyuralizmning inson qadr-qimmati, manfaatlari, fikr erkinligi bilan bog‘liqligi nimada?

Istiqlol tufayli demokratik taraqkiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekiston jamiyat hayotida plyuralizmni qaror toptirish yo‘lidan bordi. Siyosiy plyuralizmni qaror toptirish jamiyatda turli g‘oyalar, qarashlar, mafkuralar, konsepsiyalarning hamda ularni ilgari surgan siyosiy kuchlar, partiyalar va boshqa institutlarning erkin raqobati muhitining yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilardi. Bu esa, o‘z navbatida, kishilarning turfa xil manfaatlarini qondirish, samarali siyosiy qarorlar qabul qilish, mavjud nuqtai nazar-larni yanada boyitish, jamiyat hayotini yangilash imkonini berar edi. Biroq siyosiy plyuralizm tamoyili amal qilishida qonun doirasidan chiqmaslik, o‘zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan hurmat va bag‘rikenglikni qaror toptirish talab etiladi. Bu jihatdan siyosiy plyuralizm jamiyatda demokratiyaning yetukligi darajasi ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, plyuralizm tafovutlarni inkor etmagan holda siyosiy jarayonning barcha ishtirokchilari tomonidan qabul qilinadigan umumiy tamoyillar va qoidalar bo‘lishini hamda ularga itoat etishni shartlab qo‘yadi. Ayniqsa, fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylik qaror topgan muhitda muloqot odobiga amal qilish, o‘zgacha fikrlaydi-ganlar mulohazalariga hurmat bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi.

6.     Paternalizmning mohiyati nimada?

Paternalizm  — davlatning oʻz fuqarolariga, firmalarning uz xodimlariga, bir mamlakatning boshqa mamlakatga homiylik, gʻamxoʻrlik munosabati; ijtimoiy va mehnat munosabatlarini davlatlar oʻrtasida, shuningdek, davlat va firma darajasida tartibga solish shakli. Davlat, firmaning ularga qaram boʻlgan subʼyektlar — davlatlar, xalklar, xodimlarga homiylik munosabatlarida, shuningdek, shunday gʻamxoʻrlik va homiylikka ishonch bilan qarash shakllarida namoyon boʻladi.

Paternalizm butun jamiyat boshligʻi davlat boʻlgan bir oila tarzida tasavvur etiladi. Nimaning yaxshiligi va yomonligini davlat belgilaydi, har bir kishining hokimiyat boʻgʻinlari tizimida egallagan oʻrnini hisobga olgan holda neʼmatlarni taqsimlaydi. Paternalizm munosabatlari jamoatchilik anʼanalari kuchli boʻlgan mamlakatlar (Yaponiya, Koreya Respublikasi, Ispaniya, Italiya, Portugaliya va boshqalar)da koʻproq saqlanib qolgan, sobiq sovet maʼmuriy-buyruqbozlik iqtisodiyotida paternalizm unsurlari boʻlgan .

Sho‘rolar Ittifoqi parchalanganidan so‘ng postsovet hududida davlatchilik borasida ikki yo‘nalish juda tez shakllandi.Birida piramida uslubidagi boshqaruv usuli hukm suradigan diktaturalar vujudga keldi va bularda ochiqdan-ochiq paternalistik mentalitetning ustuvorligi sezildi. Ikkinchi yo‘nalishda o‘z yutuqlarini o‘tmishdan axtarishga vaqtlarini bekor ketqizmay, bor kuch-e‘tiborni ko‘proq bugungi kunga va kelajkka qaratishga qaror qilgan Boltiqbo‘yi mamlakatlari sahnaga chiqdi.Huquq faolining aytishicha, "Amir Temur davri kabi tarixiy o‘tmishga asoslangan yo-da go‘yoki jamiyat mentaliteti va milliy an‘analarga asoslangan butun mafkuraviy ustqurma aynan mazkur isbotsiz paternalizm qoidasiga borib taqaladi. Xalqimizni "Yurtboshi", "Ota", "Doda" boshqaradi, "u hamma narsadan xabardor va hamma narsani bashorat qila oladi va oxir-oqibat adolat qaror topadi" degan tushuncha odamlarning ongiga mahkam singdirilgan".

Hokimiyatning boshqa mexanizmlari esa prezidentlik hokimiyatiga ilova sifatidagina ko‘riladi, xolos. Bunday tuzum 1990-yillar boshlarida ma‘lum darajada o‘zini oqlagan deb ko‘pgina kuzatuvchilar tan olishadi. Bu kabi xulosalar ortida jiddiy va o‘z isbotini topgan sabablar turadi.

"Qarib borayotgan rahbarga "urushdan ko‘ra, tinchlik bo‘lsin" shiori ostida har qanday qarorni o‘tkazishlari bilan bir vaqtda tazyiqlar kuchayib, korruptsiya chuqur ildiz ortgan davrni eslatadi". O‘zbekistonning davlat nazorati ostidagi ommaviy axborot vositalari milliy o‘zlikni anglash, tarixdagi buyuk ajdodlar bilan faxrlanish tuyg‘usini yoshlar ongiga singdirishni o‘zlarining asosiy vazifalari deb biladilar.
7.     Demokratiya eksporti daganda nimani tushunasiz?

Har qanday jamiyat bebaho va takrorlanmas qadriyat. Bu esa, o’z navbatida, jamiyatning tarixiy shakllangan an’analari, qadriyatlari, mentalitetini, shuningdek o’chmas madaniy va ma’rifiy merosini asrab-avaylash hamda unga hurmat bajo keltirishni taqozo etadi. Biroq, mana shunday boyliklarga, ya’ni jamiyatning boyliklariga tamomila to’g’ri kelmaydigan boshqa bir “boylik”larni olib kelish har doim va har davrda noxush oqibatlarga olib keladi. Bunday holat bugungi kunda deyarli urf bo’lishga ulgurgan “demokratiya eksporti” iborasi bilan ifodalanadi. Mana shu iboraga qo’shimcha ravishda yana bir iborani aytib o’tishimiz maqsadga muvofiq. Bu ibora “demokratiya importi”dir. Bu iboralarning birinchisi bir jamiyatda amal qiluvchi tamoyillarning boshqa bir jamiyatga nusxa ko’chirishga bo’lgan urinish bo’lsa, ikkinchisi ma’lum bir jamiyatning qaysidir jamiyatning ma’lum bir o’xshash xususiyatlariga tayanib, o’sha jamiyatning demokratik jarayonlarini o’z jamiyatida joriy etishiga urinishi, deb ta’riflash mumkin. Tarix tajribasidan ma’lumki, demokratiyani eksport yoki import qilish jiddiy fojiali oqibatlarga olib kelishi shubhasiz. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Ishonchimiz komilki, demokratiyani va “turli ochiq jamiyat modellari”ni eksport qilib bo’lmaganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham chetdan import qilish yoki tiqishtirish mumkin emas. Aslida, hammaga birdek ma’qul bo’ladigan bunaqa modelning o’zi umuman yo’q”

Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda demokratiya shiori bilan niqoblangan keskin g’oyaviy kurashlar, turli mafkuralar to’qnashuvi yuzaga kelmoqda. “Demokratiyani eksport” qilish tarafdorlari jamiyat hayotining barcha sohalarini liberallashtirish va demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi tamoyillarni ilgari surishlariga qaramay, muayyan mamlakatning tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy urfodat, an’ana va qadriyatlari, kishilar dunyoqarashi va tafakkurini umuman hisobga olmaydi yoki ularni ikkinchi darajali deb hisoblaydi. Shuningdek, shunga o’xshash g’oya va qarashlar tarafdorlari demokratik jarayonlarni tezlik bilan sun’iy ravishda jadallashtirishga asosiy e’tiborini qaratadi. Vaholanki, ular zamonamizning eng rivojlangan mamlakatlari sifatida e’tirof etiladigan, deyarli uch yoki to’rt asrlik tajribaga ega AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiyada bu jarayon demokratiya unsurlari o’zaro bahs va munozaralar va kurashlar natijasida shakllangaligini unutgan ko’rinadi. Masalan, AQSHda XIX asrning 30-yillariga ham, ya’ni mamlakat konstitutsiyasi qabul qilinganligidan 50 yil o’tib ham ayollar, hindular va qora tanli kishilar fuqarolik va siyosiy huquqlarga ega bo’lmagan. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, demokratiya davlat, xalq va jamiyat taraqqiyoti bilan birga yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, vaqt o’tgan sari takomillashib boradi.
8.     Individualizm madaniyatini qanday baholaysiz?

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, obrazli qi-lib aytganda, mamlakatga jahon sivilizatsiyasining eshiklarini ochib berdi. Mamlakat rahbari ta’kidlaganidek, “bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi sifatida rivojlanib borayotgani va bu jarayon tobora kuchayib bori-shini yaxshi anglab olish darkor.” Buning natijasida jahon sivilizatsiya-siga xos bo‘lgan xususiyatlar, jarayonlar, tendensiyalar O‘zbekistonda ham na-moyon bo‘la boshladi. Ayni paytda G‘arb mamlakatlariga xos bo‘lgan madaniyat tiplari va artefaktlari, g‘oyalar va mafkuralar ham mamlakatimizga kirib kelayotganini e’tirof etmoq darkor. Ana shunday g‘oyalardan biri G‘arbda bir necha asrdan buyon rivojlanib kelayotgan, bugungi kunda undagi ijtimoiy hayotning xarakterini belgilab berayotgan individualizm g‘oyasidir. Shu mu-nosabat bilan individualizmning mohiyatini to‘g‘ri talqin qilish, uning G‘arb jamiyatidagi ijtimoiy oqibatlarini umumlashtirish, jamiyatimizga, shaxs ongi va faoliyatiga solayotgan tahdidini tahlil etish zaruriyati tug‘il-moqda.

Shaxs individualligi bilan bog‘liq mulohazalar uzoq tarixga ega. U individ manfaatlarining jamiyat yoki jamoa manfaatlaridan ustuvorligi-ni ifodalovchi g‘oya darajasiga ko‘tarilguniga qadar uzoq davr mobaynida pozitiv yoki loaqal neytral pozitsiyadan talqin etib kelingan. 

Individualizmning G‘arb jamiyati ijtimoiy hayoti va iqtisodiyoti-ning mafkuraviy asosiga aylanishi insonning farovon turmushini ta’min-lagani rost. Biroq farovonlik darajasi oshgani sayin jamiyatda shaxs ehtiyoj va manfaatlarini ulug‘lash, ularni tobora to‘laroq qondirish kay-fiyati qaror topa bordi. Oqibatda shaxs jamiyat manfaatlari xususida qay-g‘urmaslikka, faqat o‘z ehtiyoj va manfaatlari bilan yashashga odatlandi. Bun-day shaxsning ruhiyati birmuncha avvalroq F. Dostoyevskiyning “Zapiski iz podpolya” nomli asarida ayniqsa yorqin  ifodalab berilgandi. “Osmon yerga qulab tushsinmi yoki men choy ichmaymi?- deydi asar qahramoni.- Men sizga aytsam, osmon o‘pirilib tushsa-tushsin, lekin men doim choy ichib tursam bo‘lgani”. Tafovut shundaki, asar yozilgan vaqtda bunday kishilar soni ko‘p-chilikni tashkil qilmasdi. Yigirmanchi asrning ikkinchi yarmiga kelib esa G‘arbning o‘z manfaatlari xususida qayg‘urishdan nari o‘tmaydigan yangi kishisi uchun bu tipik holga aylandi. G‘arbning yangi kishisi sof indivi-dualistga aylandi: u o‘zini boshqalardan ajratishga, ulardan  uzoqlashishga intila boshladi, iste’molchilik ruhi va gedonizm tamoyillari ufurib turgan bozordan boshqa hech narsaga sajda qilmay qo‘ydi.

Individualizmga asoslangan jamiyat shaxs yolg‘izligini kuchaytirib, uning muloqot doirasini toraytirib yubordi. AQSH aholini ro‘yxatga olish Byurosining hisob-kitoblariga qaraganda, San-Fransisko aholisining 53 foizi, Sietl aholisining 48 foizi, Va­shington aholisining 45 foizi, Oklend aholisining 44 foizi, Los-Anjeles aholisining 39 foizi, Nyu-York aholisining 37 foizi yolg‘izlikda umr kechirmoqdalar. Umuman olgan-da, 27 foiz amerikaliklar yolg‘iz yashashadi. Mutlaq yolg‘izlik kishilarda depressiya kasalligining (kayfiyatning tushkunligi) ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida atrof-muhitga befarqlik vujudga keldi, hayotga bo‘lgan qiziqish yo‘qola boshladi.

9.     Qanday demokratik institutlarni bilasiz?

Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega boʼlgan anʼanaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OАV)hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini taʼminlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin .

Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining oʼziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng oʼrin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning eʼtiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Misol sifatida siyosiy partiyalarni keltirish mumkin:

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi

2003 yil 15 noyabrda bo'lib o4gan Ta'sis qurultoyida tashkil topgan.

2013 yil 1 yanvar holatiga OʻzLiDeP a'zolarining soni 175951 nafarni tashkil etadi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining boshlang'ich partiya tashkilotlari soni 7737 tani tashkil etadi.

OʻzLiDePning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari:



  • siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta'minlash;

  • partiyaning kuch va imkoniyatlarini boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda mamalakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik institutlarining rivojiga keng yo’l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalqimiz, avvalo, yoshlar ongi va hayotiga singdirishga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

  • partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta'sir o'tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta'minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog’liq muammolarni hal qilish, Oʻzbekistonning xalqaro obro'yini oshirishda, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarini Vatanga muhabbat va sadoqat, o'z elim, o'z yurtim, jon Oʻzbekistonim, deya g’ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo'shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo’li, qadriyatlari, milliy va diniy an'analari, urf-odatlarini qadrlash, shu bilan birga, bircha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo’l qo'ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish;

  • o’zi uchun siyosiy platforma deb tanlab olgan liberal-demokratik g'oya va maqsadlarni o'z faoliyati orqali keng omma ongiga singdirish, bu borada safini kengaytirishga yo’naltirilgan har tomonlama chuqur o’ylangan partiya siyosatini targ'ib qilish ishlarini amalga oshirish.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi - Oʻzbekiston XDP) 1991 yil 1 noyabrdagi partiyaning Ta'sis qurultoyida asos solindi.

2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko'ra, partiya 378 ming 227 nafar a'zoni birlashtiradi. Partiya a'zolarini bevosita birlashtiradigan 10150 ta boshlang'ich tashkilot faoliyat ko'rsatadi.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasinining ijtimoiy qollab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolarining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Eng avvalo, bular iqtisodiyotda band bo’lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlardir. Bular - pedagoglar, vrachlar, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalar, pensionerlar hamda, imkoniyatlari cheklangan kishilar.



Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi

2008 yil 20 iyun kuni Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va Oʻzbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo"lib o’tib, ikki partiya negizida yangi Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topdi.

2013 yilning 1 yanvar holatiga a'zolar soni 160814 nafar, Partiya 4882 boshlang'ich tashkilotlariga ega.

Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining asosiy maqsadlari:

- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o'zlikni anglashning o'sishi, milliy g'urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg'usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

- o'z safida yurtning vatanparvarlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini, Oʻzbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro’-e'tiborini oshirish yolida safarbar etish;

- yoshlarni oz Vatanini hurmat qilish, sevish va u bilan faxrlanish, har qanday sharoitda milliy mustaqillikni, xalqning qadriyatlari, an'analari va urf-odatlarini asrash va himoya qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, uning ma'naviy ehtiyojlari va qiziqishlarini cheklashga bo'lgan urinishlarga qarshi kurashishga ta'sirchan hissa qo'shish.

Oʻzbekiston «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi

Oʻzbekiston «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil 18 fevralda partiyaning birinchi Ta’sis qurultoyida tashkil topdi.

2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra, Oʻzbekiston "Adolat" SDP o'z safida 93586 a'zoni birlashtirgan 3005 boshlang'ich partiya tashkilotlariga ega. Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:


  • kuchli ijtimoiy-huquqiy davlat barpo etish;

  • adolatli fuqarolik jamiyatini yaratish;

  • ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qilish;

  • jamiyatda ijtimoiy adolat printsiplarini, inson huquq va erkinliklarini mustahkamlash.

Shu jihatdan, ular jamiyat sohalari boʼyicha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va maʼnaviy-maʼrifiy tasniflarga boʼlinadi.

10.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Davlat hokimiyati idoralarining xalq uchun ishlashi - demokratik taraqqiyot talabi ekanligi haqidagi fikrlarini izohlang.



Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar хalqimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bu oʻzgarishlarning dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida oʻzining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi oʻsib bormoqda.
Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni хalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak” degan gʻoya bu borada faoliyatimiz mezonigaaylanmoqda.
Davlat хodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda oʻtirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shugʻullanmoqda.
Shu ma’noda 2017 yil хalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish boʻyicha yangi tizim yaratilgan yil boʻldi, deb aytishga toʻla haqlimiz.
Bu tizimning asosi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari va Virtual qabulхonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning oʻziga хos demokratik instituti sifatida amalda oʻzini oqlamoqda.
Qisqa muddatda ana shu qabulхonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani va qancha-qancha odamning yillar davomida hal etilmagan muammolari ijobiy yechilgani Oʻzbekistonda хalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini koʻrsatmoqda. Joylarda rahbarlarning yoʻl qoʻyilgan хato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaхsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi boʻldi.
Aynan хalqimiz manfaatlarini hisobga olib, ijtimoiy adolatni ta’minlash boʻyicha eng muhim institut boʻlgan sud-huquq sohasida, prokuratura va ichki ishlar organlari tizimida ham katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda atroflicha soʻz yuritilgani uchun, oʻylaymanki, bugun bu mavzuda ortiqcha toʻхtalib oʻtirishgazaruratyoʻq.
Joriy yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalari ishini yanada faollashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi boʻlmagan 1100 dan ortiq shaхsga Oʻzbekiston fuqaroligi berildi. Oʻylaymanki, bu inson huquq va erkinliklarini amalda ta’minlashga qaratilgan ishlarimizning yana bir tasdigʻidir.

Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish boʻyicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puхta oʻylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda.

Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan хomхayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta koʻrib chiqildiAmaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.





Download 60.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling