Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning nazariy asoslari. - 1 Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solish asoslari
- 2 Davlat iqtisodiy siyosatining maqadi va vositalari.
- 3 Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari.
1 Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solish asoslari. - Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo’nalishda kechadi.
- Birinchidan, iqtisodiyotning davlat sektorini hosil qiluvchi korxona va tashkilotlar milliy iqtisodiyotning bir bo’g’ini sifatida tovar va xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi.
- Ikkinchidan, davlat umumiy manfaatlarini ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi.
2 Davlat iqtisodiy siyosatning maqsadi va vositalari. - Davlatning siyosati- bu makroiqtisodiy siyosat bo’lib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga taaluqli yo’l-yo’riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-harakatlaridan iboratdir.
- Davlat siyosati belgilangan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishiladi:
- Iqtisodiy vositalar
- Yuridik vositalar
- Siyosiy-ma’muriy vositalar
Davlatning siyosati ma’lum maqsadlarni ko’zlaydi,bulardan asosiylari quyidagilar: Davlatning siyosati ma’lum maqsadlarni ko’zlaydi,bulardan asosiylari quyidagilar: - Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash
- Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash, uni chet elga qaram bo’lishiga yo’l qo’ymaslik
- Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash
- Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash
- Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini to’laroq yuzaga chiqarishga ko’maklashish
- Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq kelajakda o’sib berishiga sharoit hozirlash
3 Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari. - Monetar siyosat- bu davlatning pul-kredit siyosati bo’lib, pul muomalasini tartiblash, iqtisodiyotdagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi.
- Fiskal siyosat- bu davlatning soliq-budjet siyosatidir, unga binoan soliqlar belgilanadi, budjet mablag’lari aniq maqsadlar yo’lida ishlatiladi.
- Budjet siyosati- ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kanda qilmay va kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |