Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi


Download 0.52 Mb.
bet6/22
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1501605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Jondor shevasi oxirgi МД

Lingvistik atlaslar, dialektologik atlaslar — maxsus dastur-soʻroqlik asosida tayyorlangan, maʼlum bir yoki bir necha oʻzaro yaqin tillarga xos dialektal xususiyatlarning hududiy tarqalish chegarasini aks ettiradigan dialektologik xaritalarning albom shaklida tartibga solingan toʻplami. Lingvistik atlaslar tuzish ishlari maʼlum tilning asosiy dialektik xususiyatlari oldindan maʼlum boʻlgandan soʻng boshlanishi mumkin. Material to’plashga mo’ljallangan dastur-soʻroqlikning xususiyati, materialni toʻplash va yozib olish usuli, xaritalashtirish tartibi atlas tuzuvchilarning maqsadi, ish hajmi, mavjud imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Dastur tilning barcha sathlarini yoki ulardan birini — leksika yoki fonetikani — qamrab olishi mumkin. U yoki bu til hodisasini aniqlashga qaratilgan savollar miqdori 40—50 tadan bir necha mingtagacha bo’ladi. Lingvistik atlaslar tuzish har bir milliy til dialektologiyasining rivojlanishidagi muhim bosqich boʻlib, u tilni lingvistik geografiya usuli bilan oʻrganish uchun asos vazifasini bajaradi.[1]
Lingvistik karta. Bunday kartalarning xususiy va umumiy turlari amalda bor. Aksariyat hollarda lingvistik kartalar kontur kartalarda amalga oshiriladi. Bir izoglossaning tarqalishi ko‘rsatilgan karta xususiy lingvistik kartadir. Bir guruh izoglossalar aks ettirilgan karta esa umumiy lingvistik karta hisoblanadi. Lingvistik kartada sheva yoki til hodisalarini - izoglossalarni shartli belgilar vositasida ham, bevosita o‘zini ham yozish mumkin. Sheva yoki til hodisalarini kompleks joylashtirgan va ranglar vositasida jilo berilgan kartaning turi lingvistik atlas deyiladi. Lingvistik atlas umumlashtirish xarakteriga ega bo’lib, u sheva yoki biror tilning tarqalish chegarasini ko‘rsatgan rangli kartalar yig‘indisidir. Dunyo amaliyotida lingvistik atlasning klassik namunalari bor. Bular quyidagilar:

  1. Venker G. Shimoliy va markaziy Germaniyaning dialektologik atlasi - 1881 (6 karta).

  2. Vrede F. Nemis lingvistik atlasi. 1926-1932 (6 jild).

  3. Jilyeron J., Edmon E. Fransiya lingvistik atlasi.

  4. 1896-1908 yillar Yaberga K., Yuda I. Italiya va Janubiy Shvetsariya dialektlari atlasi.

Metadologiya Areal lingvistika (lingvistik geografiya) shunday sohaki, u har bir sheva va dialekt haqida, uning madaniy, tarixiy xususiyatilri, o‘ziga xosligi bilan yaxlit ravishda tilshunoslik, tarix, etnografiya bilan shug‘ullanadigan xodimlar, mutaxassislarni keng tanishtirish imkonini beradi. Lingvistik geografiyada, avvalo, o‘rganilayotgan sheva kartasi uchun asos sifatida aholi geografiyasini aks ettirishga mo‘ljallangan kontur karta olinadi va aholi punktlari raqamlari belgilab chiqiladi. Sheva faktlari uchun shartli belgilar tizimi ishlab chiqiladi. Izoglossalarning tarqalishini ko‘rsatuvchi chiziqlarni tortish rejasi tayin qilinadi. Ranglar tanlanadi va bo‘yash texnikasi belgilab olinadi. O‘rganilayotgan til yoki shevalarining aloqada bo‘lgan (qo‘shni) til va shevalar bilan interferensiyasi natijalarini talqin qilinadi. Avvalgi sahifalarda ta’kidlanganidek, o‘zbek tili qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq, turkman va tojik tili hamda shevalari bilan kesishgan. Shevalar kesishgan joyda har ikkala til shevalariga o‘xshamagan shevalar paydo bo‘ladi. So‘zsiz, bu shevalardagi o‘zbek tiliga xos bo‘lgan xususiyatni ajratib olish muammosi paydo bo’ladi. Ijtimoiy omillarni hisobga olish. Interferentsiya natijalariga baho berishda turli xildagi ijtimoiy omillarni hisobga olish katta ahamiyatga egadir. Bunda ikki sheva yoki tilning interferensiya sharoitida qo‘shilib ketishi chog‘idagi til qarshiligi bo‘lishi hisobga olinadi. Muayyan hududda turg‘unlashmagan til hodisalarini sharhlash. Ikki sheva yoki dialektga xos xususiyatlarning shu sheva va dialektlarda qo‘llanishi hamda ulardan birining g‘olib kelmasligi interferentsiyaning tugallanmaganligini, ya’ni bir sheva ikkinchi shevaga singib ketmaganligini bildiradi. Innovatsion markazni aniqlash. Bu tamoyil, albatta, til tarixi bilan bog‘langan. U yoki bu izoglossaning paydo bo‘lish nuqtasini aniqlashda til tarixi faktlariga tayaniladi. Dialektal so‘zlarni badiiy adabiyotda qo‘llashda yozuvchilar turli usullardan foydalanadilar. Ayrim mualliflar shevaga oid so‘zni izohsiz ishlatib ketsalar, ayrimlari sahifa tagida uning ma’nosini keltirib boradilar (masalan, “Xorazm” romanida). Dialektal so‘zning ma’nosini izohlashda yana quyidagicha usullardan foydalanilgan: - dialogik nutqdagi dialektal so‘z nuallif gapida reallashtiriladi: - Buvijon, - dedi u onasining ma’yus yuziga termilib. - Shirmon xoladan qarz olib tursangiz bo‘lmasmikan (“Farg‘ona tong otguncha”). O‘zbek korpus lingvistikasida shevalar korpusini belgilash bir qadar murakkab jarayonlardan biridir. O‘zbek tili agglyutinativ tillar guruhiga kirishi bilan dialektal korpusning teglash orqali korpus tuzish kerak deb hisoblasak, boy milliy madaniyatga ega yashash tarzi, tarix va an’anaga egaligi bilan mavzuviy metarazmetkalangan shevalar korpusi tuzish birinchi planga chiqishi tabiiy. Bunda, albatta, dunyoda hozirda foydalanilayotgan dialektal korpuslarga yondashgan holda ish olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Rus tili milliy korpusining dialektal matnlar korpusiga murojaat qilamiz, u hozirga qadar erkin foydalanishga mo’ljallagan korpuslar sirasiga kiradi. Ushbu korpus ustida tadqiqotlarni ikki bosqichga bo‘lib amalga oshirilgan. Ya’ni birinchi bosqich 2006-yilda boshlangan va unda grammatik metarazmetkali orfografik me’yorlarga bo’ysundirilgan sheva matnlar ko’rinishida berilgan, ammo bu kabi matnlardan har doim ham to’laqonli ma’lumot bazasi mavjud bo‘lmagan. Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va xalq madaniyatini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u sotsiolingvistika bilan uzviy bog‘liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini o‘rganishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Lingvistikaning yangi yо‘nalishi – lingvomadaniyat- til va madaniyat о‘rtasidagi bog‘liqlikni о‘rganadi. Bu yо‘nalishning о‘zining shunday kategorial apparati mavjudki, uning markaziy obyekti konsept tushunchasidir. Professor N.Mahmudov lingvokulturologiyada (lingvomadaniyat) konseptning о‘rganilishi xususida shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunoslikda bu yо‘nalish nihoyatda keng tarqalganini kо‘rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog‘iga yetish mushkul. Hatto sо‘nggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan”. Demak, konsept lingvomadaniyatda eng faol qо‘llanuvchi birlik sanaladi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining о‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan, “uy” konsepti о‘zbek kishilarining tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi: a) yashash joyi – bino – kо‘p qavatli uy – hovli – xonadon – oila; b) katta, kichik, chiroyli, shinam, yorug‘, yangi, eski; v) mehribonlik uyi, dam olish uyi, madaniyat uyi… Yuqorida berilgan ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, til bu insoniyatni bir-biri bilan muloqot qilishi, millatni borligini isbotlovchi vosita ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Tilning bir bo‘lagi bo‘lgan dialektal korpusni yaratish esa ancha muhim ish ekanligni anglashimiz kerak.
Jahon tilshunosligida shevalar turli nuqtayi nazardan o‘rganilgan. Xususan, fan nomzodi A.Konolov “Zamonaviy Britaniya shevalarini sotsikulturologik tadqiqi” nomli tadqiqotida Britaniyada yashovchi xalqlarning va umuman, mazkur shevada so‘zlovchi xalqlar tilini sotsiomadaniy tahlil etadi. Shevalarni ham fonetik, ham leksik qo‘llanilishi jihatdan tahlil qiladi1.
M.M.Makovskiy ham “Zamonaviy ingliz tilining dialektal maydoni” nomli nomzodlik ishida Kononovning tadqiqoti bir qadar chuqurroq o‘rganilgan. Ingliz tilining qisqacha atlasini chizishda nazariy ma’lumotlar yig‘ilgan2.
M.I.Kalandarov Bulg‘or xalqining leksikasidagi qadimiy dialektlarni chog‘ishtirma usulda o‘rganadi. Bir til doirasida uni sinxron hamda diaxron tadqiq qiladi. Dialektlarning fonetik o‘zgarishi, unlilar va undoshlar talaffuziga alohida e’tibor qaratadi3.
N.V.Kuznesovaning “Rossiyada yashovchi rus xalqining nutqida dialektlar tadqiqi” nomli nomzodlik ishida dialektlarni so‘zdan farqli jihatlarini va o‘ziga xosligini sanab o‘tadi. Uning nazariy asoslarini keltirib, shevalarning o‘ziga xos uslubi haqida fikr yuritadi4.




    1. Download 0.52 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling