Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Download 0.52 Mb.
|
Jondor shevasi oxirgi МД
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon tilshunosligining dialektologiya sohasida shevalarni o‘rganish, dialektal hodisalarning mukammal areal tavsifini yaratish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Shuningdek, turkiyshunoslikda N.Baskakov, M.SHeraliev, E.Sevortyan, N.Gadjieva kabi olimlar tomonidan turkiy tillar va ularning shevalari keng tadqiq qilingan. Areal lingvistika sohasida katta tadqiqot ishlarini amalga oshirgan M.A.Borodinaning ta’kidlashicha, areal lingvistika dialektologiya, lingvistik geografiya va arealogiyaning o‘zaro munosabati va mantiqiy davomi sifatida yuzaga kelgan.
O‘zbek dialektologiyasi sohasida ham juda katta ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilib, o‘zbek shevalarining tasnifi va tavsifi yaratildi. Bunda o‘zbek shevalarini yaxlit holda o‘rganishga bag‘ishlangan V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov, S.Ibrohimov, F.Abdullaev, M.Mirzaev, B.Jo‘rayev, X.Doniyorov, O.Madrahimov, N.Rajabovlarning monografik tadqiqotlari alohida e’tiborga molik. Bu tadqiqotlarda o‘zbek dialektologiyasini areal o‘rganish uchun juda ko‘plab sheva materiallari to‘planib, lug‘atlari yaratildi. Bu ishlar bugungi kunda yaratilayotgan dialektologik atlaslar uchun manba hisoblanadi. O‘zbek shevalarining leksik xususiyatlari O.To‘raqulov, N.Shoyimova, M.Begaliev, R.Yo‘ldoshev, A.Allaberdievlarning tadqiqotlarida tarixiy-qiyosiy usullarda tadqiq etilgan. O‘zbek tilshunosligida arealogiyaning tadqiq usuli bo‘lgan lisoniy-jug‘rofiy usul bilan o‘zbek shevalari A.Jo‘raev, Q.Muhammadjonov, Y.Ibrohimov, N.Murodovalarning doktorlik tadqiqotlarida o‘rganilgan. Keyingi yillarda o‘zbek shevalari I.Darveshov, N.Rahmonovlar tomonidan areal yo‘nalishda tadqiq qilingan. Ammo o‘zbek tilining dialektal atlasi yaratilishi uchun barcha hudud shevalarini areal yo‘nalishda o‘rganishga ehtiyoz seziladi. Tadqiqotning maqsadi Jondor shevarining leksik xususiyatlarini tavsiflash, turkiy tillar va qadimgi yozma yodgorliklar tili materiallari bilan qiyoslash, lisoniy-jug‘rofiy yo‘nalishda mazkur hudud o‘zbek shevalarining o‘rnini belgilash. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling