Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi
Download 0.52 Mb.
|
Jondor shevasi oxirgi МД
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obyekti
- Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqotning vazifalari:
Jondor shevasi o‘zbek xalq shevalarining boshqa o‘zbek shevalari, o‘zbek adabiy tili va til tarixi, turkiy tillar shevalariga munosabati, o‘zaro ta’sirini yoritish; Jondor shevasi o‘zbek shevalariga qardosh va noqardosh tillarning ta’sirini o‘rganish; mazkur voha o‘zbek shevalarining leksik xususiyatlarini qadimgi yozma yodgorliklar bilan qiyoslash orqali tahlil qilish; shevalarning vujudga kelish va rivojlanish tarixini o‘rganish hamda eng muhim leksik-semantik xususiyatlarini aniqlash; mahalliy tojik hamda qozoq tillarining tadqiq etilayotgan hududdagi qarluq va qipchoq guruh shevalarining leksik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish; Jondor shevasi o‘zbek shevalari bo‘yicha to‘plangan sheva materiallari asosida ularning areal tarqalishini belgilash hamda o‘rganish. Tadqiqotning obyekti sifatida Jondor shevasi o‘zbek shevalari bo‘yicha to‘plangan dialektologik materiallar olingan. Tadqiqotning predmetini Jondor shevasi o‘zbek shevalarining o‘ziga xos leksik xususiyatlarini tashkil etadi. Tadqiqot usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda diaxron va sinxron aspektlarda lisoniy-jo‘g‘rofiy, qiyosiy, tavsifiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Jondor shevasi o‘zbek shevalari bo‘yicha tuzilgan xaritalar natijalaridan shevalar voqeligining hozirgi chegaralarini to‘g‘ri talqin etish uchun til taraqqiyotining qadimgi davrida emas, balki eski turkiy til, eski o‘zbek tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili davrlarida ham yuz bergan lisoniy jarayonlar ekanligi aniqlangan; Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Jondor shevasi o‘zbek shevalarini areal yo‘nalishda o‘rganish asosida yuzaga kelgan tadqiqot natijalari nafaqat o‘zbek tili tarixi uchun, balki turkologiya fani uchun ham zarur ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi asoslangan; Jondor shevasi o‘zbek shevalari bo‘yicha to‘plangan dialektologik materiallarning tahliliy natijalari mazkur hudud shevalari lug‘at tarkibidagi so‘zlar o‘zbek adabiy tilini boyitish uchun xizmat qilishi dalillangan; Jondor shevasi o‘zbek shevalari bo‘yicha tuzilgan lisoniy xaritalari tadqiq etilayotgan shevalar lug‘aviy birliklarining tarqalish areallarini belgilash, shevalararo hududiy farqlarni aniqlash, shuningdek, hudud tilining boshqa o‘zbek shevalari bilan munosabatini aniqlash, til tarixiy taraqqiyotining ba’zi masalalarini hal qilishi, o‘zbek tilining dialektologik atlasi uchun manba vazifasini o‘tashga xizmat qilishi asosida yaratilgan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling