Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi


Kundalik ro‘zgʻorda ishlatiladigan so‘


Download 0.52 Mb.
bet14/22
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1501605
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Jondor shevasi oxirgi МД

3.Kundalik ro‘zgʻorda ishlatiladigan so‘zlar.

Sheva

Adabiy til

Izoh

Muro‘tigardon-




Sigirni bog‘lash uchun ishlatiladigan arqonga ulanadigan aylana shakldagi temir. Bundan arqon bir-biriga chatishib ketmasligi uchun qo‘llaniladi

Yunti,yuvindi,
yuvindiq

chiqindi, qoldiq.

Meva va sabzavotlar po‘chog‘i. Ovqat qoldiqlari.

Qo‘rlik

ivitqi

Qatiq ivitish uchun sutga solinadigan ozgina qatiq; tomizgʻi, oqliq.

Do‘mmiq

chopiq

Oʻsimliklarning tagi, yon-atroflarini chopib yumshatish.

Qitti(gina)

ozgina

Oz miqdordagi narsa va buyumlarga nisbatan aytiladi.

Ushuk

ertak

Hikoya, qissa, voqea.

Kelinbarmoq




O‘rikning uzun va yuzi yaltiroq turi

Qandiro‘gʻan




Saryog‘, yanchilgan novvot, bodiyom solib chaqaloq uchun tayyorlanadigan quvvat beruvchi yegulik.

Jo‘gi

lo‘li

Asli vatani Hindiston boʻlib, turli davrlarda u yerdan tarqalib, dunyoning koʻp joylarida toʻdalashib, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi hayot kechiruvchi, baʼzi joylarda turgʻun yashaydigan boʻlib qolgan xalqning nomi.

Jo‘rob

supurgi

Supurish-sidirish, tozalash uchun burgan, shuvoq, makkasupurgi va shu kabilardan dastalab bogʻlab yasaladigan ro‘zgʻor buyumi.

Kasav

kosov

O‘t, olovni to‘g‘rilash va tortish kabilar uchun ishlatiladigan yog‘och yoki temir tayoq

Suplik

chiqindi,axlat

Kerakli qismi ishlatilgandan so‘ng qolgan narsalar, qoldiq.

Qapchuq

hamyon

Asosan pul solib, yonda, choʻntakda olib yuriladigan xaltacha; karmon.

Birxilchikin

boshqacha

Boshqalardan biror jihatdan yoki butunlay farq qiladigan; oʻzgacha, boshqa, boʻlakcha.

Gavra,gavara

beshik

Chaqaloqni belab va tebratib uxlatish uchun tol yoki tut yogʻochidan yasalgan yoʻrgʻa oyoqli maxsus moslama; tebratma belanchak.

Ittik

yorqin,tiniq

Gard-gʻubor, xiralik va shu kabilardan xoli, ravshan koʻrinishli.

Xo‘skor

Sovchi

Uylanuvchi yigit tomonidan biror xonadonning voyaga yetgan qizini ko‘rish va uni kelin qilib berishga qiz tomon roziligini so‘rash uchun vakil qilingan kishi.

Bultur,biltir

o‘tgan yil

Bir yil oldin bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa.

Ollag,illag,oldag,

oldin,ilgari

Hozirdan oldin sodir bo‘lgan voqea-hodisa.

Oftova,tanqa

qumg‘on,choydish

Suv, choy qaynatiladigan metal idish.

Guppi cholish




Suzmaning tarkibidan yog‘ini olish jarayoni.(Bunda avval suzmani katta chuqur laganga solib qo‘l bilan yaxshilab aylantirib ustidan muzdek suv oz-oz solinadi va suv yuzidagi yog‘lar yig‘ib olovda eritiladi)

Basaka,bakasa

musobaqa

Kim o‘zish, kim yaxshi natijalarga erishish uchun bo‘lgan bellashuv.

Gonago

ba’zan

hamma vaqt ham emas,har zamon har zamonda.

Bobichi,yana bichi

yana ham

Belgining avvalgi holatiga nisbatan kuchli,ortiq ekanini bildiradi.

Nishxo‘rt




Chorva mollarining yemishlaridan qolgan qoldiq.

Ulbayoqi

umuman,biror marta

Umuman sodir bo‘lmagan.

Tappot




Quyoshning eng issiq vaqti.

Digilak,
digilik

G‘ildirak

Arava, mashina yoki biror mexanizmning yurishi, harakat qilishi uchun xizmat qiladigan, oʻqqa oʻrnatilgan, aylanadigan, doira shaklli qismi.

Hamzotta,hamzamotta

halizamon

Ko`p vaqt o‘tmasdan,tez fursatda

hazorsuvan,
dutatki

isiriq

Fors.hazorispond “hazor”-ming+”asp”-ot,pond(band-boylamoq)Ya’ni mingta otga boylangan. Isiriqdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik yovvoyi o‘t, o‘simlik.

Alvonj

belanchak

Chaqaloqlarni yotqizib ovutiladigan yoki uxlatiladigan, argʻimchoqdek yoki beshikdek tebratiladigan moslama.

Choqi

shekilli

Fikrning gumon, taxmin yoki tusmol bilan aytilganini bildiradi; balki, ehtimol, boʻlsa kerak.

Shilgarm

iliq

Juda issiq ham juda sovuq ham emas. Masalan: Shilgarm suv.

Dastpo‘shak

qo‘lqop

Qo‘lni sovuqdan, kir bo‘lishdan, zararlanishdan saqlash uchun qo‘lga kiyiladigan buyum.

Bodbezak

yelpig‘ich

Issiq havoda o‘ziga shamol berish uchun ishlatiladi.

Po‘stak

supra

Un yoyish uchun yoyiladigan mato.

Lo‘blo

loviya

Oq loviya. Yevropaliklar ham uni nafaqat oziq-ovqat uchun, balki dekorativ o‘simlik sifatida ham ishlatishgan.

Davrxona

ko‘rpacha

O‘tirish uchun ostga to‘shaladigan, ichiga paxta solib qavilgan yumshoq to‘shak

Bistar




Kelin va kuyovning chimildiqda ostlariga to‘shaladigan, ichiga paxta solib qavilgan yumshoq to‘shak

Lo‘la,yastuq

yostiq

Bosh ostiga qo‘yib yotish, yon-boshlash, suyalish uchun ishlatiladigan yumshoq buyum; bolish.

Jipiriq




Juda kichkina jismlarga nisbatan aytiladi. Asosan kichkina bolalar uchun qo‘llaniladi.

Kampal

choyshab

Sovuq yeganda ustga olinadigan junli mato.

To‘qimcha




Asosan qishloq buyumi. O‘tirishga mo‘ljallangan kichkina ko‘rpacha turi.

Chag‘ut




Ko‘rpa-yostiq ichidagi eskirib qolgan paxta.

Sarpo‘sh

qopqoq

o‘choq qozonning qopqog‘i

Choshgohlik




Abet va kechki ovqat orasidagi tanovvul.

Qo‘ra

O‘choq

Orqa va yon tomonlari yopiq boʻlib, ichiga oʻt yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon oʻrnatiladigan qurilma.

Norza,noriza

ushoq

Nonning mayda boʻlakchalari; uvoq.

Talqon

nos

Tamakidan tayyorlanadigan va til tagiga tashlab yoki burunga iskab chekiladigan narsa.

Hamsoya

qo‘shni

Yonma-yon hovlida yashovchi insonlarga nisbatan qo‘llaniladi.

4.To‘y va marosimlarga oid so‘zlar.

Sheva

Adabiy til

Izoh

Sarsho‘yon




Forscha sar-bosh+sho‘y-yuvmoq. Ya’ni nikoh to‘yidan so‘ng kelinni boshini yuvish marosimi.

Maraka




Kishilarning biror marosim,ziyofat munosabati bilan to‘planishi.

Padaroshi,nahoroshi




Nikoh kechasidan oldin o‘tkaziladigan erkaklar marosimi. Ertalabdan osh damlab mehmonlarga tortiq qilinadi.

Gavorabandon




Yangi tug‘ilgan chaqaloqni beshikka boylash marosimi.

Bibiseshanbe,
oshbeseshanbe




Seshanba kuni o‘tkaziladigan diniy marosimlardan biri bo‘lib,mehmonlarga milliy taom o‘moch tarqatiladi.

Oshbiyon,
oshbebuyon




Diniy marosimlardan biri bo‘lib,mehmonlarga milliy taom o‘moch tarqatiladi

Jomapo‘shon,
to‘n kiyish




Nikoh to‘yi kechasida kuyovga milliy to‘n kiygizish marosimi

Raxtzanon




Nikoh to‘yi kunida qarindoshlarining kelinga atab keltirgan ko‘rpa-yostiqlarni sandiq ustiga yig‘nash marosimi.

So‘zani,so‘zandi




Ko‘rpa-yostiqlarni sandiq ustiga yig‘nab ustidan yopib qo‘yiladigan bezakli mato.

Belbogʻladi




Biror bir hunarni to‘liq o‘zlashtirib ustozidan qo‘l olish marosimi.

Challadi,talbon




Nikoh to‘yidan keyin kuyov va kelinning qarindoshlari kuyov va kelinni uylariga taklif qilib tanishtirish marosimi.

Ko‘rdi




Nikoh to‘yidan keyin kelinning qarindoshlari kuyovning uyiga sovg‘a-salomlar ila tashrifi.

Beshkecha




Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa minnatdorchilik sifatida xalqqa osh berish.

Uchoqsham




Vafot etganiga uch kun bo‘lganida o‘tkaziladigan marosim.

Mushkulkushod




Mushkulini oson bo‘lishini so‘rab, bibi Mushkulkushod hikoyalarini keltirib, aralash no‘xat va mayizlarni niyat qilib ajratib, mayiz dumchalarini paxta bo‘lagiga o‘rab suvga oqizib yuborish marosimi.

Mavlud




Shukronalik keltirib qur’onxonlik qilish.

Aqiqa




Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa minnatdorchilik sifatida xalqqa osh berish.

Xatim




O‘tganlarni ruhlariga bag‘ishlab xatmi qur’on tushirish.

Xudoyi




Xudoyi-xudoning yo‘lida xalqqa osh berish. Urf-odatga ko‘ra ushbu marosimda milliy taomimiz bo‘lmish xalisa tayyorlanadi.

Sallabandon




Urf-odatga ko‘ra qiz farzandlari oldidagi onaning qarzi - qiz farzandining boshiga salla o‘rash

Hayitlik




Bo‘lajak kelinning uyiga hayit bayramida oq holvalar va shirinliklar olib borish marosimi.

Peshonavan




A’zada ayollarning boshiga ostki qismidan boylanadigan oq mato yoki doka.

Oqliq




Kelinni fotiha qilish. Oq ko‘ylakka qaychi urish marosimi(oq ko‘ylak-chimildiqda kiyiladigan ko‘ylak).

Javob berdi




Kelin tomonning kuyovga rozilik bildirish marosimi. Bunda urf-odatga ko‘ra kuyov tomon keltirgan patirni kelin tomon sindiradi.

Joygʻandaron,
joy yigʻdi




Fors.joy+gundor-yig‘nash, nikoh to‘yidan keyin chimildiqdagi ko‘rpalarni yig‘ish marosimi.

Patir sindirdi




Sovchilarning patirini sindirish marosimi(bu - kelin tomon rozi bo‘lganidan darak).

Sarsho‘yon




Nikoh to‘yidan keyin kelinning boshidan suv olishi

Dommotsalom




nikoh to‘yidan keyin kuyovning kelin uyiga tashrifi

Kayvoni




To‘y va marosimlarga boshchilik qiladigan va ovqat pishiradigan ayol oshpaz.

So‘pi




To‘y va marosimlarga xabar berib yuruvchi shaxs.

Ro‘pokcha

belbog‘

A’zada erkaklar beliga chopon yoki to‘n ustidan boylanadigan to‘rtburchak mato.



5.So‘kinch so‘zlar.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling