Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi


Download 0.52 Mb.
bet13/22
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1501605
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Jondor shevasi oxirgi МД

1.Taom nomlari.

Sheva

Adabiy til

Izoh

Is,chakalak

bo‘gʻirsoq

Sut, tuxum yogʻ solingan va xamirdan yumaloqlab yogʻga pishirilgan taom.

Brinjova

mastava

Forscha brinj-guruch+ob-suv so‘zlarining qo‘shilmasidan hosil bo‘lgan. Ushbu taom guruch va suvdan tayyorlanadi .

Biqqi

tuzlama

Sof o‘zbekcha so‘z bo‘lib, biq-biq taqlid so‘zidan olingan. Chunki biqillab pishadi. Qish uchun tayyorlanadigan tuzlama.

Gʻilvindi




Shirinlik nomi(orasiga massa solib tayyorlanadi)

Laxchak, unoshi

ugra

Un+osh tojikcha so‘zlardan olingan. Undan tayyorlangan taom bo‘lganligi uchun unoshi deyiladi .

Tano‘r bichak


Tandirda pishiriladigan somsaning turi. Qovoq va xamirdan tayyorlanadi. Bichak -bich tugmoq, bukmoq degani bo‘lib, -ak ot yasovchi qo‘shimcha yordamida yasalgan yasama ot.

Tokoshi

do‘lma

Tokoshi tok- forscha+osh

O‘toshi




o‘t+osh xamir orasiga ismaloq solib qaynatiladigan taom turi

Sambo‘sa, bepirri




Xamir orasiga kartoshka,pishgan oq loviya solib qovuriladigan taom turi.



Gʻilak sho‘rvo,g‘elak sho‘rvo



qiymali sho‘rva

Chopqi bilan chopib, yoki go‘sht-qiymalagichdan o‘tkazib tayyorlanadigan taom.

Yoz-yozdi

quymoq

Tuxumga un chalib biroz yog‘ga qovurib tayyorlanadigan taom.

O‘moch




Marosim taomlaridan biri. Sut, mosh, un, loviya solib tayyorlanadigan suyuq taom.

Bichak




Xamir yupqa yoyiladi va to‘rtburchak shaklda kesilib orasiga ismaloq va ozgina sut solib tovada qovuriladigan taom.

Piyova




tojikcha piyoz+oba-suv. Piyozni qovurib ustidan suv solib tayyorlanadign suyuq taom.

Moshova




Mosh, loviya, guruch solib tayyorlanadigan suyuq taom. Ya’ni mosh+oba-suv.

Qayish,
shilpildoq

beshbarmoq

To‘rtburchak shaklda kesilgan xamirdan go‘sht, dumba solib tayyorlanadigan suyuq taom

Chakka

suzma

Sutli mahsulot.

Moskichiri




mosh, loviya,guruch solib tayyorlanadigan quyuq taom.

2. Oshxona anjomlari.

Sheva

Adabiy til

Izoh

Cho‘lpi




Jondor shevasida ushbu so‘z suvga solib qaynatiladigan va yog‘da qovuriladigan xamirli taomlarni suv va yog‘ ichidan olish uchun ishlatiladign oshxona anjomi

Kaftgir, kapkir

kapgir

Tojik. kaft-qo‘l, gir-olmoq) so‘zidan olingan. Quyuq ovqatlarni kovlash va idishga solish uchun ishlatiladigan teshikli, yapaloq kaftli oshxona buyumi.

Choygardon, choygordon
choydorgon

cho‘mich

Suyuq ovqatni suzish uchun ishlatiladigan uzun dastali oshxona buyumi. Adabiy tilda “cho‘mich” deb yuritiladi.

Qazon

qozon

Jondor shevasida birinchi bo‘gʻindagi “o” unlisi “a” unlisi tarzida talaffuz qilinadi.

Tavax

tovoq

Turli o‘lchamdagi idishlar, yuzi yoyiq shakldagi oshxona buyumi. Sof o‘zbekcha so‘z.

Chuqur tavax

lagan

Aylana shakldagi chuqur idish.

Taba/tapa

Tova

Fors.– ro‘zgʻor buyumi. Asosan cho‘yan, alyumini, sopoldan yasaladi.

Satil

chelak

Jondor shevasida ishlatiladigan so‘z. Adabiy tilda – chelak, paqir.

Sarpo‘sh

qopqoq

Tojikcha sar-bosh, po‘sh-yopmoq, ya’ni ustini yopmoq. Adabiy tilda – qopqoq.

Aqlav/o‘qlav

O‘qlogʻi/
o‘qlov

Shevaga oid so‘z. Oshxamir yoyish uchun ishlatiladigan silliq tayoqcha.

Choynik



choynak

Jondor shevasida fonetik tovush o‘zgarishiga uchragan. Choynak o‘zb.so‘z.

Parchuq, nonpar, chuqqi,tikanch,tikach




Xamir shishib chiqmaslik uchun ustidan uriladigan uchi ignasimon buyum. Ushbu so‘z Jondor hududlarida turlicha nomlar bilan aytiladi.

Sxak

qirg‘ich

Jondor shevasiga oid so‘z bo‘lib, meva, sabzavotlarni maydalashda ishlatiladi.

Ochar,ochqich




konserva mahsulotlarini ochishda ishlatiladigan tigʻlik buyum.

Obgardon




Fors.ob-suv+gardon-bo‘yin. Cho‘michsimon mis asbob; To‘y hamda katta yigʻinlarda katta qozonlarga suv quyish, olishda, taom pishirish (guruch va suvni o‘lchash)da qo‘llaniladi.

Bitoncha




Ichi chuqur, chelaksimon, qopqoqli buyum.

Po‘stak,surpa

supra

Xamir yoyish, non yasash uchun mo‘ljallangan, odatda oshlangan teridan qilinadigan dasturxonsimon ro‘zgʻor buyumi.

Go‘shkovak




Go‘shtni qiymalashda ishlatiladigan anjom

Chakaxalta




Ivigan sutni zardobidan ajratib suzma tayyorlash uchun ishlatiladigan matoli qopcha.

Dasmol




Idish-tovoqlarni yuvish uchun ishlatiladigan kichkina mato bo‘lagi.

Juva




Kichkina oshxamirlarni yoyishda ishlatiladigan kalta va qalin o‘qlov




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling